Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

A hm ad Tarbay.
Yomon odat
Anqara, 16-fevral, 1964-yil.
Qadrdon do‘stim Ahmad!
Xatga qo‘shib yuborgan 
rasmingni 
oldim. 
Qanchalik suyunganimni bilsang edi! Sinfdosh o‘rtoq- 
larimning hammasini yana bir ko‘rganday bo‘ldim.
Suratda yoningda turgan qiz Mine bo‘lsa kerak. 
Husayn uni to‘sib olibdi, zo‘rg‘a tanidim. Yashar 
bo‘lsa Chingizning odatini qilib, eng oldinga o‘tib 
olibdi. Shu suratni yuborb, zap ish qilibsan-da. Juda 
xursand bo'ldim. Ammo rasmdan Damimi topol- 
madim. Harholda suratga tushmagan bo‘lsa kerak, 
yangi o‘qituvchingiz ancha yoshga borib qolgan odam 
ekan, ko'rinib turibdi.
Men ham senga rasm yuboryapman. Ukam bilan 
birga tushganmiz. Qo‘shni bola o‘zining apparatida 
oigan edi.
Mana shu hafta men uchun og‘ir keldi — quruq 
tuhmatga qoldim. Hech qanday asos bo‘lmagan holda 
badnom bo‘ldim. Aslida-ku, mendan ham o‘tgan joyi 
bor-a, lekin...
131


Voqeani bir boshdan gapirib beray. Mana, eshit.
0 ‘qituvchimiz birovdan yozma ishni ko‘chirib 
oigan yoki shpargalka ishlatgan bolalami juda yomon 
ko‘radi. Ko‘chinnachilik — yaxshi o‘qiyotgan o‘rtoq- 
qa nisbatan xiyonatdir, deydi nuqul. Esi butun odam 
bu ishni qilmasligi kerak, ko‘chirmachilik mug‘ambir- 
larga xos narsa ekan.
Dadamning ham fikri shu. Birovdan ko'chirib 
yozish yomon odat, bu bilan o‘qituvchini emas, 
o‘zingni aldaysan, deydilar.
Dadam jo ‘ralari bilan yig‘ilib qolishsa, nuqul mak- 
tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana shunday 
bo‘ldi. 0 ‘sha kuni buvam ham biznikida edilar. 
Ulfatlar o‘qish yillarini eslab o'tirishgan edi, Nurton 
baqaloqning dadasi to‘satdan:
— Hov, esingizdami, algebra o‘qituvchisi Sabribey 
bo‘lardi. 0 ‘shaning etagiga boplab shpargalka osib 
qo‘yuvdik-a? — deb qoldi.
— Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — 
yalindi xotini.
— Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. 
0 ‘zi litseyda bizga algebradan dars berardi. Imtihonda 
yuragimizni hovuchlab o‘tirardik. Juda johil odam 
edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda hech kim 
shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilma- 
gan», deb kerilib ham yurardi. Bizga imtihon savol- 
larini berganidan keyin bir joyda o‘tirmas, nuqul 
oldimizda o‘ralashib yurardi. Bir kuni imtihon keta- 
yotgan edi, ichimizdan bir bola...
— Najdod so'takmidi o‘sha? — uning gapini bo‘ldi 
dadam.
— Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir 
qayergayam elchi bo‘lib ketgan. 0 ‘sha Najdod 
masalaning tayyor javobini kitobdan ko‘chirib, kal 
Sabrining orqa etagiga qadab qo‘ydi. Orqasida bir par­
cha qog‘oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo 
xabari yo‘q. Bolalaming hammasi ishga tushib ketdi.
132


Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt 
tushgan odamday nari borib, bed keladi. Shuning 
uchun orqasidagi qog‘ozda bor narsani ko‘chirib olish 
xiyla mushkul bo‘ldi. Buning ham yo‘lini topdik, 
birortamiz uni gapga chalg‘itib turamiz-da, boshqalar 
ko‘chirib oladi. Mening ishim yurishmay qoldi — endi 
ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq- 
buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda shubha tug‘dirdim. 
Meni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi shekilli, tepamga 
kelib, hech narsa bilmagan kishiday orqasini o‘girib 
turaverdi. Men ham boplab ko‘chirib oldim.
Ishini bitirganlar qog‘ozini topshirib, birin-ketin 
chiqib ketishdi. Qo‘ng‘iroq chalingach, qolganlar ham 
sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning 
orqasidagi shpargalkani olib qo‘yish hech qaysimiz- 
ning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlami 
yig‘ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni likillatib to‘g‘ri 
o‘qituvchilar xonasiga kirib ketdi.
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq 
ko‘ngil odam ekan, ko‘p yalinishganidan keyin 
bolalardan yangidan imtihon olibdi.
— Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab 
qo‘lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana 
biri.
Usmon qassob deganlari tarix o‘qituvchisi ekan. 
Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay o‘tirar- 
kan-u, ammo ko‘zi xuddi o‘tkir projektorga o ‘xshar- 
kan. Hamma narsani shundoqqina ko‘rib turarkan. 
Shuning uchun imtihon bo‘lib qolsa, oldingi qatorda 
o‘tirgan bolalar nuqul past baho olisharkan. Orqada 
o‘tirganlaming ishi durust bo‘larkan: ular oldingi 
qatorda o‘tirgan bolalarning orqasiga kitobni qo‘yib, 
bemalol ko'chirib olishaverarkan..
Navbat dadamga keldi.
— Nofis quruqning imtihoni yodingizdami?
— Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo‘ladimi 
uni...
133


M a’lum bo‘lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyo- 
dan dars berarkan. Ko‘zi ojiz bo‘lgani uchun uzoqni 
yaxshi ko‘rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin 
o'quvchilardan bin katta-katta pashshadan tutib, 
qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi 
bola yupqa qog‘ozdan shpargalka tayyorlapti, keyin 
uni ingichka ip bilan pashshaning oyog‘iga bog‘lab, 
uchiraveripti. M a’lumki, yuki bor pashsha uzoqqa 
ucholmaydi, bir ko‘tarilib, bir qo'nadi. Bolalar 
pashshani tutib, shpargalkani ko‘chirib olishar, keyin 
esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hamma- 
lari shunday qilishibdi. Bir payt to‘satdan eshik ochi- 
lib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qara- 
ki, oyog‘iga shpargalka bog‘langan bir pashsha ikki 
marta havoda gir aylanibdi-da, to‘g‘ri borib direktor- 
ning tepakaliga qo‘nibdi.
— Sizlarga hech narsa bo‘lmadimi o'shanda? — 
so‘radi Metin.
— Bir bolani maktabdan haydashmoqchi bo‘li- 
shuvdi, arang qutulib qoldi.
— 0 ‘sha o‘rtog‘imiz hozir professor bo'lgan, — 
qo‘shimcha qildi Nurtonning dadasi.
— Siz ham maktabda shu ishni qilganmisiz, 
beyafandim? — so‘rashdi buvamdan.
— E, qaysi maktab ko‘rgan bola shpargalkani bil- 
maydi, janoblar, — deb buvam boshqa bir voqeani 
gapirib berdi.
Kimyodan og‘zaki imtihon ketayotgan ekan. Ich- 
kariga uch kishidan kirib turishibdi. Navbat buvamga 
kelibdi. Ikki o‘rtog‘i bilan ichkari kiribdi. Ikkitasi 
orqaroqda-yu, bir bola oldinda turgan ekan. 0 ‘sha 
eng oldinda turgan bola sinfning eng qoloq o'quvchisi 
ekan. 0 ‘qituvchining savollariga sirayam javob berol- 
mabdi. Nimani so'ramasin, churq etmay turaveribdi. 
Buni ko‘rib o‘qituvchining xunobi oshibdi. Qani, 
osonroq narsani so‘ray-chi, zora javob bersa, degan 
fikrda stolda turgan grafinni ko‘rsatibdi-da: «Xo‘sh,
Q M ] ---------------------------------------------------------


buning ichidagi nima?» deb so'rabdi. Bola bezrayib 
turaveribdi. Shunda orqaroqda turgan o‘rtog‘i g‘ijinib: 
«To‘nka», debdi sekingina.
— Grafmda nima bor, o‘g‘lim?
— To'nka, afandim...
0 ‘sha kuni eshitgan gaplarim meni qattiq o‘ylan- 
tirib qo‘ydi. Ertasiga tanaflusda voleybol o‘ynab tur­
gan edik, o‘qituvchimiz ham bizga qo‘shildi. 0 ‘yindan 
keyin dam olib o‘tirgan edik, miyamdan nari ketmay 
turgan savolni o‘qituvchiga berdim.
— Nima, shpargalka deysanmi? Bu ishni men ham 
qilganman, albatta. Ammo bir o‘zim emas, — deb 
javob berdi o‘qituvchi. — Sinfimizda bir a’lochi bola 
bo‘lardi. Bir kuni yozma imtihon paytida o‘sha bola 
hammamizdan oldin ishini yozib tugatdi-da, tashqari 
chiqib ketdi. Keyin katta karton qog'ozga butun 
javoblami yozib, tayoqqa ilibdi. Hovli tomondagi de- 
razaning oldiga borib, tayoqni baland ko‘tarib turdi. 
Biz ham javoblarni boplab ko‘chirib oldik...
Ertasi kuni o‘qituvchi oilashunoslik darsidan 
yozma ish oladigan bo‘lib qoldi. 0 ‘ng tomonida 
Turkon, chapda esa Murod o'tiradi. Murodni bilsang 
kerak, qaysi bir xatimdayam uni senga gapirib bergan 
edim. 0 ‘qituvchi chaqirib qolsa, menmi, deb 
anqovsiraydigan bola-chi? Endi esingga tushdimi? 
Murod sinfdan o‘tolmay, o‘tgan yili sheriklaridan 
qolib ketgan. Endi biz blan o‘qiyapti. 0 ‘zi ancha 
tirishqoq bola-yu, lekin miyasiga dars kirmaydi. 
Ammo yaxshigina o‘rtoq u. 0 ‘sha kuni Turkon ham 
nimagadir dars qilmay kelgan ekan. Yozma ish bo‘- 
lishini eshitib, ikkovi mendan najot so‘rab qolishdi.
— Shpargalka uzatolmayman-u, ammo kerak 
bo‘lsa sekin aytib turishim mumkin, — dedim ularga.
0 ‘qituvchi savollarni aytib turdi, hammamiz yozib 
oldik. Mana o‘sha savollar:
«Bolani kasaldan saqlash uchun nima qilmoq 
kerak?»
135


«Kasalning oldini olish uchun bolaning o‘zi nima 
qilmog‘i kerak?»
«Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinlar bilan 
o‘yinchoqlami aytib bering?»
«Jismoniy jazoning biror tarbiyaviy ahamiyati 
bormi?»
Kecha kechqurun va bugun ertalab oilashunoslik 
kitobi qo‘limdan tushmagan edi, shuning uchun qaysi 
savolga qaysi betdan javob topish mumkirüigini bila- 
man. Bundoq qarasam, Turkon kitobni tizzasiga 
qo‘yib oigan ekan.
— Elliginchi sahifani ochinglar. Elliginchidan ellik 
ikkinchi betgacha ko‘chiraveringlar, — sekin shipshib 
qo‘ydim Turkon bilan Murod ikkoviga.
0 ‘zim ham ishga kirishib ketdim.
— Meni laqillatibsan-ku, — deb qoldi bir payt 
Murod.
— Ha, nima bo‘ldi?

Download 2,74 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish