«Beyo‘g ‘lining qizlari, yor-ey,
Beyo ‘g ‘lining qizlari, yor-ey,
Suzilib turar ko'zlari, yor-ey...»
Qiz dam-badam to‘xtab qoladi. Onasi uyog‘ini
ulab yuboradi. Shundagina nimjon ovoz quloqqa cha-
linadi.
Qo'shiq tugagach, hamma chapak chaldi. Keli-
noyim injeneming xotinidan uzr so‘ragan bo‘ldi:
— Bugun tobi qochib turibdi, xolasi, ovozining
mazasi yo‘q.
— Juda binoyidek ovozlari bor ekan, ko‘z teg-
masin, — dedi u e’tiroz bildirib.
Kichik amakim navbatni o‘g‘liga olib bermoqchi
bo‘ldi.
— Qani, o‘g‘lim, sen endi she’r o‘qib ber-chi.
Bola bir burchakka biqinib oldi.
— Iya, iya, o‘g‘lim, bo‘la qol endi.
Bolani toza qistashdi, yalinib-yolvorishdi hamki,
bo‘lmadi. Amakimning jahli qo‘zg‘adi:
— Aytavermaysanmi, shumtaka, nega injiqlik
qilasan?
0 ‘g‘li yig'lab yubordi. Keyin yig‘lab-siqtab zo‘rg‘a
she’m i boshladi. Oyisi bilan dadasi unga qarashib
turdi. Bola bitta so‘z aytganidan so‘ng keyingisi esidan
chiqib qolar ekan. Amakim bilan kelinoyim dalda
berishadi yoki so‘zlami aytib turishadi.
— Mushukcham... Mushukcham... Mushuk
cham...
— X o‘sh, xo‘sh, uyog‘iniyam ayt-chi, — qistaydi
uni amakim.
— Mushukcham... Mushukcham...
Kelinoyim hayron.
— Bugun senga bir narsa bo‘ldimi o‘zi, o‘g‘lim?
Bolaginamga ko‘z tekkanga o‘xshaydi...
— Mushukcham... Mushukcham... Mushukcham...
— Mingta mushuging bormi o‘zi, ovsar! — deb
o'shqirdi amakim. Hamma kulib yubordi.
— Bolani o‘z holiga qo‘ysang bo'lmaydimi? Nega
unga hadeb baqirasan? Esini kirdi-chiqdi qilib
qo‘yganing yetmaydimi! — dedi kelinoyim o‘g‘lining
yonini olib.
B o l a : «Mushukcham...»
A m a k i m: «Bor...»
Bola: «Bir kichkina... Kichkina... Kichkina...»
K e 1 i n o y i m: «Ichganlari...»
B o l a : «Ichganlari...»
A m a k i m: «Sutgina...»
B o l a : «Sutgina...»
K e 1 i n o y i m: «Miyov, miyov...»
B o l a : «Miyov, miyov qiladi».
A m a k i m: «Ko‘zin...»
B o l a : «Ko‘zin suzib turadi. Bersam...»
A m a k i m: Xo‘sh, nimani bersam?
B o l a : «Bersam nonni yemaydi,
0 ‘zi sichqon tutmaydi».
K e 1 i n o y i m: Yasha, o‘g‘lim.
B o l a : «Dangasa ekan bilsam,
Mening baroq mushukcham».
Bola yengil tin oldi. She’r tugaganiga bola ham,
biz ham xursand bo‘ldik. Ammo amakimning ko'ng-
lidagidek bo‘lmadi chamasi, «ho‘kiz!» deb o‘g‘lini jer-
kib berdi.
— Begona odamlarning oldida yotsiraganga
o‘xshaydi.
Injenerning xotini kelinoyimning bu gapini
ma’qulladi.
— Ha, ko‘pchilik o‘tiribdi, uyalgan bo‘lsa kerak.
Biz chapak chalib turgan edik, amakivachcham
yengiga ko‘zyoshini artib, tashqariga chiqib ketdi.
— Rasmlaringni olib kelganmisan, qizim? —
Qo‘shnimiz qo‘li gul qizidan so‘radi. — Bor bo‘lmasa,
olib chiq, amakilaring bir ko‘rishsin.
— E-e... — dedi qizi erinib.
Oyisi luqma tashladi:
— Bo‘yoqlar topilsa, shu yeming o'zidayam rasm
solaveradi qizim.
Dadam menga qaradi:
— Bo‘yoqlaringni olib chiq, o‘g‘lim.
G ‘ijinib ketdim. Lekin ilojim qancha. Dadamning
o‘zi yangi yilda sovg‘a qilgan bo‘yoqlami zo‘rg‘a olib
chiqdim. Ro'yxush bermay qutichani qizga uzatdim.
M 6
Qizcha stol ustiga munkayib olgach, qog‘oz betiga
bo‘yoqlami chaplay boshladi. Buni ko‘rib diqqinafas
bo‘ldim. Chetroqqa borib turdim.
Shu orada injener mehmon fransuzchani sharilla-
tib gapiradigan qizini yoniga chaqirdi. Keyin fran-
suzchalab unga bir nima dedi.
— U i1, — deb javob berdi qizcha.
Otasining keyingi savoligayam u xuddi shu javobni
berdi. Injener nima demasin, qizi shu bitta so‘zni
aytadi. Oxiri otasining xunobi oshdi.
— «Ui»dan boshqa so‘z qurib qolganmi?
— Bo‘lmasa «No»2 deb aytaymi? «No»ga kelgan-
midik?
— Ha, albatta. «No» deb javob berish kerak. Shu-
ning navbati.
Qizcha «No»ga o‘tib oldi. Dadasi nimani
so‘ramasin hammasiga «no» deb javob qaytarib turdi.
Ota-bolaning gapiga diqqat bilan quloq soiib turdim.
Chunki bo‘lgan voqeani senga yozib yuborishga ahd
qilgan edim. Ammo injeneming fransuzcha aytgan
gaplariga sira tushunmadim. Esimda qolgan ba’zi
jumlalami esa litseyda o‘qiydigan bir boladan so‘rab
bilib oldim.
— Ferm la port3, — dedi to‘satdan otasi.
Qizi «voy» deganicha yugurib borib onasini betidan
o‘pdi.
— «Ferm la port» — onangni o‘p, degan gap emas,
qizim. Senga aytgan narsa «bez la mer»4 bo‘ladi.
— Bolaning ham jinnisini chiqarasan, — dedi ona-
si qizining yonini olib.
— Bo‘lmasa «ferm la port» deganda nima qilish
kerak?
— Ha, shuniyam bilmaysanmi, derazani och,
degani-da! — Bilag‘onlik qildi onasi.
1 U i O ui — (— fransuzcha, «ha» degan m a’noda.)
(Tarj.).
1
H o (N o n ) — fransuzcha, «yo‘q» degan m a’noda
(Tarj.).
3 Ferme la porte (fran.) — eshikni yop.
(Tarj.).
4Baisela mere (fran.) — oyingni o ‘p.
(Tarj.).
— Sen bizga xalaqit berma, xotin, — dedi injener
uni bosib. — «Uvr la fnetr»'ni aytyapsan sen. Ferm la
port — eshikni yopib kel, degani!
Xotiniyam bo‘sh kelmadi.
— Hech-da. Maktabda bizga shundoq deyishgan
edi.
Er-xotin tortishib ketishdi.
— Fransuzcha bilaman deb kerilmay qo‘yaqol. Biz
ham o‘qiganmiz fransuzchani. Istagan odaming-
dan borib so‘ray qol. Ferm la port — derazani och
degani, — dedi xotini yana gap bermay.
— Men axir o‘qishdan tashqari Fransiyada ham
yashaganman-ku.
— Voy, birga boruvdik-ku. Hov, esingdami,
ikkovimiz bir kuni magazinga kiruvdik. Menga siyna-
band olib bermoqchi bo‘luvding-ku! Esingga tushdi-
mi? 0 ‘shanda sotuvchi qizga imo-ishora bilan
tushuntirganingda ovbop to‘rva ko‘rsatuvdi-ya?!
— Gaping qiziq bo‘ldi-ku, jonim, — dedi norozi
bo‘lib injener. — Axir Fransiya bilan Germaniyani
chalkashtirib yubording-ku. Bu voqea Germaniyada
bo‘lgan edi. Fransuzlaming o‘zlari qoyil qolishadi-ku,
menga...
Er-xotinning tortishuviga rassom qizning dadasi
chek qo‘ydi.
— Surating bo‘ldimi, qizim? — so‘radi u qizidan.
— Tamom bo‘ldi.
To'satdan qizning onasi chirqillab qoldi.
— Voy, rasmlaring ordona qolgur... Yap-yangi
ko‘ylakni rasvo qilibdi-ku.
Bundoq qarasak, mohir rassomimiz sirkdagi qi-
ziqchilarga o ‘xshab hammayog‘iga bo‘yoq surib
chiqibdi.
— Barakalla, qizim, juda boplabsan, — dedi cho-
rasiz qolgan ota.
Zakiy bolani ko‘rsa, dadam ayniqsa erib ketadi.
Iste’dodini ko'rsatmagan bitta bizning Fato‘sh qoldi.
1 Oubre lafenet re (fran.) — derazani och.
(Tarj.).
— Qizimdan ajoyib raqqosa chiqadi,— dedi dadam
mehmonlarga qarab. Keyin singlimga o‘girildi. —
Qani, qizim, bir tvistga tushgin, bulaming og‘zi ochi-
lib qolsin.
Bir burchakka tiqilib oigan Fato‘sh qimir etmadi.
— Bo‘l endi, oppoq qizim.
Singlim boshini ko‘tarmay, yerga qarab turaverdi.
Uni o‘yinga tortish uchun dadamning o‘zi tvistni
boshlab yubordi. Injener bilan xotiniyam davraga
qo‘shildi.
— Qani yur, biz bilan o‘yna, — deb rosa Fato‘shni
qistashdi.
«Bor, o‘ynab bera qol», deb oyim sekingina Fa-
to‘shning orqasidan itargan edi, singlim boyadan beri
nega bo‘zrayib turgani ma’lum bo‘ldi.
— Voy o‘lmasam, ishni o‘xshatib qo‘yibdi-ku
qizim!— deganicha oyim Fato‘shni dast ko‘tarib
tashqariga olib chiqib ketdi.
— Iya, bunaqa odati yo‘q edi-ku, — hayron bo'ldi
dadam.
Injeneming xotini yupatgan bo‘ldi:
— Bola bolaligiga boradi-da, afandim. Mayli,
hechqisi yo‘q.
— Ko‘pchilikning salobati bosgandir...
Zakiy bolalarning musobaqasi mana shunday
yakunlandi. Bu musobaqada singlim Fato‘sh g‘olib
chiqqaniga imonim komil.
Mehmonlar tarqalishdi. Daftarimni olib, dadam
ning oldiga bordim.
— Manavini eshiting, dada, juda qiziq gap ekan, —
dedim daftami ochib. — Bir kitobda ko‘rib, ko‘chirib
oigan edim. Mana: «Mabodo eshak odamga o'xshab
gapirsa va odam bolasi uning o‘miga yuk tashisa, buni
normal hol deb bo‘lmaydi... Vaholanki, ba’zi kishilar,
«falonchining eshagi tilga kirganmish», deb kamay
chalib yurishadi. Odam bolasi gapiradi, eshak yuk
tashiydi. Buning hech ajablanadigan joyi yo‘q».
— Xo‘sh, buni menga nimaga o‘qib beryapsan?
---------------------------------------------------------------------------------------------- 1 1191
— Aytmoqchi bo'lgan gapim shuki, yosh bola kat-
taning ishini qilmasligi kerak. Bola bolaligicha qolgani
ma’qul.
— Ko‘p valdirama!
Xullas, zukkolar musobaqasi ham sen aytgan maj-
lisdan qolishmadi. Toza miriqib kuldik.
Xatingni kutaman. Omon bo‘l, do‘stim.
|