Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Zaynab Yolqir.


Uy qaysi holatda
Istanbul, 26-fevrai, 1964-yil.
Jigarim Zaynab!
12-fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating 
uchun katta rahmat.
Sinfmgda bo'lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqeadan qattiq 
ranjibsan. Ha, haqlisan. 0 ‘rtog‘ingga yaxshilik qila- 
man deb o‘zing yomonotliq bo‘libsan. Murodni 
eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan ishi 
uchun undan o‘pkalayman.
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga o‘x- 
shab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo‘ldi. Ammo u 
aybini birovga to‘nkagani yo‘q. Chunki mard bola u. 
Ilgari senga ham yozgan edim. Bir kuni joy talashib 
daraxtdan yiqilib tushganida kim uni itarib yuborgani- 
ni hech kimga aytmagan edi.
Sen Istanbulda o‘qib yurganingda Husaynlaming 
uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada turishadi. 
Uylarini ko‘rmagan boísang ham, turmushlari juda 
nochor ekanini bilsang kerak. Men ulamikiga har 
zamonda borib turaman, shuning uchun uylaridagi 
ahvoldan yaxshi xabardorman. Katalakka o‘xshagan 
ikkita kichkina xonada yetti jon turishadi. Shu joy 
tanqisligi sababmi yoki qattiq muhtojlikdanmi, 
ishqilib, uylarida hecham halovat yo‘q. Menga o‘zini 
yaqin tutib, Husayn ba’zan oiladagi nochorlikdan has- 
rat qilib gapiradi. Bechoraning holiga achinaman. 
Ayrim kunlari maktabga qovog‘i shishib, ko‘zi 
qizargan holda keladi. Bilamanki, o‘sha kuni uyda 
yana janjal bo‘lgan. Husayn ko‘pam ochilib-sochilib 
yurmaydi, ammo odamovi ham emas.
Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog‘i 
shishib keldi. Yig‘laganini birovga sezdirmaslik uchun 
jimgina joyiga borib o‘tirdi, hech kim bilan gaplash- 
madi ham. Shu orada qo‘ng‘iroq chalinib, dars bosh- 
lanib ketdi.
139


Til darsi edi. 0 ‘qituvchi otlaming kelishiklarda 
turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklami yodlab 
ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o‘rin-pat 
va chiqish kelishiklari.
Kelishiklami yaxshilab tushuntirib bergach, o‘qi- 
tuvchi Damirni turg‘izib, «Oltin derazali uy» hiko- 
yasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o‘zing ham 
bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. Bir 
o‘rmon bo‘larkan. Shu o‘rmon ichidagi kichkinagina 
kulbada chol-kampir turisharkan. Ulaming bitta qizi 
bo‘larkan. Juda kambag‘al bo‘lib, qo‘l uchida kun 
ko‘risharkan. Har kuni qizcha kechki payt ostonaga 
chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko‘rinib turarkan. 
Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda chiroyli 
ko‘rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi 
kelibdi, nima bo'lsayam uni bir ko‘rmoqchi bo‘libdi. 
Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o‘sha tomonga 
qarab yuraveribdi. Yo‘l yuribdi, yo‘l yursayam mo‘l 
yuribdi, oxiri o‘sha joyga yetib boribdi. Lekin shu 
payt to‘satdan atrofga qorong‘i tushibdi. Qizcha 
o‘rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg‘onib 
qarasa, o‘zi kelgan tomonda yana bir uy charaqlab 
yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga 
o‘xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha oldiniga 
hayron bo‘libdi, ke-yin bu uy o‘zlariniki ekanini, 
oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini tushu- 
nibdi.
Damir hikoyani o‘qib bo‘ldi:
— 
Qani, qissadan hissa nima? — so‘radi o'qituv- 
chi. Bizni kutmay, o‘zi javob berdi: — Har kim o‘z 
turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga 
o‘xshab, biz ham ko‘pincha o'zimiz yashab turgan 
hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan 
taqdirdagina o‘zimiz qanchalik baxtli, turmushimiz 
qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim 
qanday uyda yashayotgana bo‘lsa, uning uchun eng 
soz uy o‘sha.


Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o‘qib 
berdi. Ichida «uy» degan so‘z bor ekan.
— Qani Husayn, sen ayt-chi, shu jumlada «uy» 
so‘zi qaysi kelishikda kelgan?
Orqa partada o‘z yog‘iga o‘zi qovurilib o'tirgan 
Husayn o‘qituvchining gapini eshitmadi. 0 ‘mi- 
dan turishga turdi-yu, lekin churq etib og‘iz och- 
madi.
Uy qaysi kelishikda, Husayn?
Husayn endi savolni eshitdi, ammo boshqacha 
tushundi.
— Yaxshi deb bo‘lmaydi, afandim, — dedi u 
o‘ksinib. 0 ‘qituvchi tayoqdek qotib qoldi.
— Nima deyapsan o‘zing? Men sendan «uy»ni 
so'rayapman?
Bolalaming oldida ahvolidan nolib, kalaka bo‘lish- 
ni istamagan Husayn:
— Yaxshi emas, afandim, — dedi o‘pkasi to‘lib.
— Nega endi yaxshi emas?
— Hech qachon yaxshi bo‘lmagan... Hozir ilga- 
rigidan ham battar.
Husayn nima demoqchi bo'lganini yolg‘iz men 
tushunib turibman. Bolalar bo‘lsa nima gapligiga 
tushunmay kulib yotishibdi.
— Nimaga battar bo‘larkan?
Husaynning tomog‘iga bir narsa qadalganday
ovozi titrab ketdi.
— Chunki... chunki uyning egasi bizni ko‘chaga 
haydayapti. Ijara haqini berolmovdik.
Sinfda kulgi ko'tarildi. Husayn joyiga o‘tirib, ikki 
qo‘li bilan boshini changallab oldi.
0 ‘qituvchi jumlani yana qaytarib o‘qidi: «Qizcha 
uzoqdan oltin derazali uyni ko‘rdi».
— Qani, Damir, sen javob ber. Shu jumlada uy 
qaysi kelishikda?
— Tushumda, afandim.
— Xo‘sh, qaysida ekan?


Bu gal ham Husayn tushunmadi. Damiming javo- 
bini o'zicha yo‘ydi.
— Tushida ekan, afandim.
Yana kulgi bo‘ldi. Husayn tushum kelishigini «tu- 
shim» deb eshitgan edi.
Husaynning ko‘nglidan nima kechayotganini o‘qi- 
tuvchi juda kech fahmladi. Keyin mavzuni o‘zgar- 
tirishga majbur bo‘ldi.
— Kim qayerda yashayotgan bo‘lsa, shunga shukur 
qilishi kerak. Biz qaysi uyda turgan bo‘lsak, o‘sha uy 
biz uchun hisoblanadi.
Kechqurun maktabdan qaytishimizda Husaynni 
yupatib keldim.
Anqarada ob-havo qalay? Bizda yana sovuq turdi. 
Kecha ozroq qor yog‘gan edi, darrov erib ketdi. Biz 
turgan uyning holati chakki emas-u, lekin men noro- 
ziman — zaldagi katta pechka men yotgan xonani 
yaxshi isitmaydi. Xo‘sh, sizlamiki qalay?
Xatingni kutaman, Zaynab.
Seni bir umr esdan chiqarmaydigan o‘rtog‘ing:

Download 2,74 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish