• A hm ad Tarbay. Marra seniki Anqara, 27-aprel, 1964-yil.
  • Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/47
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #145731
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
    Bog'liq
    sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

    Ahmad Tarbay.
    Bolalar romani uchun konkurs
    Istanbul, 25-aprel, 1964-yil.
    Qadrdonim Zaynab!
    Kuni kecha senga xat jo ‘natgan edim, mana bugun 
    esa yana yozyapman. Rosa hayron bo‘lsang kerak. 
    Ketma-ket yozishimning sababi bor — bir narsaga sen 
    qandoq qaraysan, shuni bilmoqchiman. Agar mening 
    fikrim senga ma’qul tushsa, bir ish qilamiz.
    Yaqinda bir gap eshitib qoldim. Bolalar romani 
    uchun konkurs e’lon qilinganmish. Shuni eshitdim-u, 
    lop etib miyamga bir fikr keldi. Bir-birimizga yozgan 
    xatlarimizni tartib bilan to‘plab chiqsak, shuning o‘zi 
    roman bo‘lmaydimi? Men hamma xatlaringni yig‘ib 
    yuribman. Sen ham mendan olgan xatlaringni tartib- 
    ga solib, papkaga joylab qo'yganingni bilaman. Buni 
    o‘zing aytgan eding.
    Xo‘sh, bunga nima deysan? Senga ma’qulmi shu 
    gap? Agar konkursga qatnashishga rozi bo'lsang, jami- 
    ki xatlami bir konvertga solib, aviapochta orqali tezda 
    menga yubor. Ikkovimiz sherik bo‘lib qatnashamiz.
    Agar sen shu takliflmga qo‘shilmaydigan bo‘lsang, 
    u holda menga darhol xabar qil. Yana bir iltimosim 
    bor. Taklifni ma’qul topsang, bu haqda hozircha hech
    156


    kimga gapirmay tur. Konkursda yutib chiqsak, uyi- 
    mizdagilarga bu sovg‘a bo‘ladi. Bordi-yu, omadimiz 
    kelmasa, u holda yopig'lik qozon yopig‘lig'icha qola- 
    veradi. Hech kim buni yuzimizga sololmaydi.
    Javobingni kutaman.
    Hurmat ila sinfdoshing:
    A hm ad Tarbay.
    Marra seniki
    Anqara, 27-aprel, 1964-yil.
    Aziz do‘stim Ahmad!
    Hozirgina xatingni oldim. Darhol javobga o ‘tirdim. 
    Bo‘lishim bilanoq hamma xatlaringni senga banderol 
    qilib jo ‘nataman.
    Sen konkursga qatnashaylik, deb yozibsan. Rozi- 
    man. Ko‘nglingga kelmasin-u, lckin bundan bir ish 
    chiqishiga ko‘zim yetmay turibdi. Sababini aytaymi? 
    Gap shundaki, biz o‘z maktublarimizda katta odam- 
    larni, ota-onalarimiz va o‘qituvchilarimizni bir 
    g‘alvirdan o‘tkazib ko‘rdik. Endi buyog‘ini so‘rasang, 
    konkursga kelgan romanlami o‘qib, hukm chiqaradi- 
    gan ham shulaming o‘zi. 0 ‘zlari haqida yozilgan 
    romanga bular ijobiy baho berishiga aslo ishonmay- 
    man. «Rosa beadab bolalar ekan», deb bizga o‘cha- 
    kishib qolishlari ham mumkin. Qolaversa, romanni 
    konkursga yuborayotganingda ism va adreslarimizni 
    yozsang, yana baloga qolamiz. Shuning uchun ism- 
    larimizni o‘zgartirib, xatlarning ostiga bittadan taxal- 
    lus qo'ygan ma’qul. Meniki Zaynab bo‘lsin. Sen ham 
    birorta ism topib qo‘y.
    Men bu bilan konkursga qatnashmaylik, demoqchi 
    emasman. Bir-birimizga yozgan xatlarimizni to‘pla- 
    sak, bitta roman bo‘lishiga imonim komil. Mayli, 
    bularni konkursga jo ‘nat. G ‘olib chiqmasak, o‘zimiz- 
    ga tan. Biz hech narsa yo‘qotmaymiz.


    Bundan ikki-uch kun oldin ba’zi xatlaringni yana 
    bir o‘qib ko‘rgandim. Bilishimcha, kattalarni kuzatish 
    bobida biz xiyla chegaradan chiqib ketibmiz. 
    Xatlaringda nimalarni yozmagan ekansan... Ehtimol, 
    meniki ham shundaydir. Shu xatlarimiz yaxlit bir 
    holga kelsa, qalampirday achchiq haqiqat oshkor 
    bo‘ladi. Ochig'i, ko'rgan va eshitgan narsalarimizni 
    ba’zan oshirib ham yuborgan ekanmiz...
    Konkursning jyuri a’zolari katta yoshdagi odamlar- 
    dan emas, balki bolalardan iborat bo'lganida biz biror 
    mukofotga ilinib qolardik, deb o‘ylayman. Ammo 
    shunday bo‘lsa ham, bizning bir yutuq tomonimiz 
    bor. Men bolalar uchun yozilgan ba’zi romanlami 
    beixtiyor eslab qoldim. Hammasida o‘sha siyqa gaplar: 
    qishloqda tug‘ilgan qashshoq bola qiynalib o‘qiydi, 
    sayohatga chiqqan bolalar ajobtovur savdolarga qoladi 
    yoki kambag‘al oilaning farzandi bemor yotgan onasi- 
    ga qarashish uchun ishga kirib ketadi. Xullas, pand-u 
    nasihat bilan tugaydigan kitoblar. Bizniki esa bularga 
    sira o‘xshamaydi.
    Mabodo konkursda yutib chiqmasak ham, senga 
    buning hech ahamiyati yo‘q. Baribir birinchi o‘rinni 
    oigan bo‘lasan: zotan, sen ham ota bo‘lganingda 
    hammaga o‘xshab farzandlaringga shu gapni aytasan 
    (iltimos qilaman, loaqal shu oxirgi xatimni konkursga 
    yubora ko‘rma).
    Senga tasalli berib o‘tirmayman. Roman uchun 
    mukofot olmasak, ko'pam qayg‘urib yurma. Katta 
    bo'lsam yozuvchi bo‘laman, deb yurarding. Xatlami 
    o‘shanda bir kitob qilib chiqararsan.
    Senga chin yurakdan omad tilayman. Mendan 
    hamma o'rtoqlarga salom.

    Download 2,74 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish