Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana25.01.2024
Hajmi2,74 Mb.
#145731
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
sDZk1cb46U8rwYX9r7J8

Zaynab Yolqir.


Donishmand
Zaynab!
Sengayam, ukanggayam salomatlik tilayman. Bun- 
dan keyin kasal bo‘lmanglar. Oying meni eslabdilar. 
Rahmat. Juda xursand bo‘ldim.
Atamanning tug‘ilgan kuni qanday o‘tganini juda 
chiroyli qilib ta’riflabsan.
Bilasanmi, men shu vaqtga qadar biror marta ham 
tug‘ilgan kunimni nishonlagan emasman. Bizning 
uyimizda bunaqa odat yo‘q, qolaversa, men ham 
boshqalarning tug‘ilgan kuniga bormayman. Rostini 
aytsam, umrimda bir marta shunaqa marosimda 
bo‘lganman. 0 ‘shanda oyim bilan qarindoshimizniki- 
ga mehmonga borgan edik. Qarindoshimizning qizi 
meni bir dugonasining tug‘ilgan kuniga olib bordi. 
Mehmonga borganimizda ikkita qiziq voqea ro‘y 
berdi. Hali-hali buni eslab yuraman.
Kelganlaming orasida bir shum bola bor ekan, 
o‘sha ko‘p mashmashalarga sababchi bo‘ldi. Bu bola 
shunaqayam bezori ekanki, uyni birpasda ag‘dar- 
to‘ntar qilib tashladi. Shumligining cheki yo‘q ekan. 
Hamma o ‘tirgan edi, bir payt hojatxonaning eshigi 
ichkaridan gumburlab qoldi. 0 ‘tirganlar yugurib bo- 
rishdi. Eshikni birov qulflab qo‘yibdi. Qamalib qolgan 
ayol bir tomondan jonholatda eshikni gumbirlatib 
ursa, ikkinchi tomondan:
— Kimdir ustimdan qulflab ketibdi! Oching tez- 
roq, — deb dod solardi.
Uy egalari gir aylanib kalitni qidirishdi.
— Mening o‘g‘lim qilgan bu ishni... 0 ‘g‘ilchani 
topinglar, o ‘g‘ilchani, — deydi zo‘r berib baq-baqaloq 
pakana bir odam.
Hamma qidirish bilan ovora-yu, u bo‘lsa og‘zini 
ko‘pirtirib arzandasini maqtaydi:
— Zang‘ar juda o‘tkir bola chiqdi-da, turgan-bit- 
gani o‘t-a, o‘t... Meni aytdi deysiz, xonim afandimni 
ustidan qulflab ketgan ham o‘sha.
69


Juvon hojatxona eshigini teshib yuboray deyapti- 
yu, buning bo‘lsa jag‘i tinmaydi.
— Ishqilib, ko‘z tegmasin-u juda aqlli bola-da. 
Qo'liga kitob olganini bilmayman-u, ammo-lekin 
imtihondan o‘tib ketaveradi. Kitobga bir qarasa 
bo'ldi, miyasiga yopishib qoladi. Yoshlik paytimda 
men ham shunaqa edim. Kitob o‘qib o‘tirmasdim. 
Otasiga tortgan bachchag‘ar. 0 ‘rtoqlari kitobdan bosh 
ko'tarmaydi, nuqul o'qigani o‘qigan. Bizning o‘g‘il 
kitob betini ko‘rmaydi-yu, lekin sinfda ham qolmay- 
di. Aslida o‘zim muk tushib dars qiladigan bolalarni 
yoqtirmayman...
Uydagilarning hammasi mana shu miyasi o‘tkir 
bolani qidirish bilan ovora.
— Karavotning tagini qarab ko‘ringlar. Uyda 
hamisha karavotning tagiga bekinib olar edi, — deb 
qoldi bir payt baqaloq odam.
Uyning egasi uning aytganini qilib endi engashgan 
ham ediki, tepadan bir narsa taraq etib boshiga tush- 
di. Xayriyat, kalit ekan. Shu zahotiyoq shkaf tepasidan 
bir bola o‘zini karavotga otdi.
— Ana, aytmadimmi, bu o‘shaning qilig‘i deb. Aqli 
ko‘p-da, nuqul sho‘xlik qiladi.
Otasi suygan bezori o‘sha kuni hammaning joniga 
tegdi...
Ikkinchi bir voqeaning qahramoni — donishmand- 
lik maktabini o‘tayotgan bola.
O ‘sha kuni memonda bir bola bilan tanishdim. 
Ko‘zoynak taqib oigan chuvakkina ekan. Qo‘l berib 
so‘rashdik. Ismini so'rasam, g'ing demadi. Ham 
ko‘zdan, ham quloqdan qolgan bo‘lsa kerak, deb 
o‘yladim. Balandroq ovoz bilan savolni qaytardim. 
Xuddi nozik masalani yechib berayotgan odamday 
o‘ylanib qoldi, anchadan keyin zo‘rg‘a ismini aytdi. 
Men nechanchi sinfda o‘qishini so‘radim. Bu gal ham 
rosa o'ylab, keyin javob berdi. 0 ‘zicha biror gap ayt- 
maydi-yu, lekin savol bersang, javob olguncha xunob 
bo'lib ketasan. Birpas gaplashib, yuragim siqilib ketdi, 
yonidan sekin jilvordim.
70


— Bu bolang ovsarga o‘xshaydi, — dedim meni bu 
yerga olib kelgan qarindoshimga.
Qarindoshim kulib yubordi.
— Bu nima deganing. Axir otasi uni donishmand 
qilmoqchi-ku.
Gapga uning o‘rtog‘i aralashdi.
— Maktabda hamma uni kichik donishmand deb 
chaqiradi.
— Iya, ismini so‘rasang, topolmay anqayib turadi- 
yu, bu qanaqa donishmand bo‘ldi?
— Hamma gap shunda emish. Donishmandlar 
sukut saqlab turishi kerak ekan. Otasi aytibdi. Birov 
isming nima deb so‘rasayam darhol javob berma, 
picha o ‘ylab ol, donolar: «Oldin o‘yla, keyin so‘yla», 
deyishgan deb uqtiribdi.
Qizlar bu kichkina donishmandni menga rosa 
ta’riflab berishdi. Aytishlaricha, uning otasi ancha 
bama’ni odam emish. Ko‘p yil zahmat chekib dunyo- 
da o‘tgan jamiki dorishmandlaming taijimayi holini 
o‘rganib chiqibdi. Shundan keyin unda donishmand 
bolaning otasi bo‘lish havasi uyg‘onibdi. Uzoq yillik 
tadqiqot ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p donish­
mandlar otalari qartayib qolganda dunyoga kelgan 
ekanlar. 0 ‘ylab qo‘ygan niyatini amalga oshirish 
uchun u ham sochiga oq tushib, yoshi anchaga borib 
qolgandan keyin uylanibdi.
— Bu gaplami sizga kim aytdi? Donishmandning 
o‘zimi? — hayron bo‘lib so‘radim.
Ma’lum bo‘lishicha, bundan butun mahalla xabar- 
dor ekan. Buni qizlar kattalardan eshitishibdi.
Bo‘lg‘usi 
donishmandning 
otasi 
uylanishga 
uylanibdi-yu, lekin ancha vaqt farzand ko‘rolmay 
yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom 
chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan 
ekanmi, xullas, farzand hasratida ko‘p kuyunib yurib­
di. Oxiri, kunlardan birida xotini boshqorong‘i bo‘l- 
ganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola zaif tug‘ilsin», 
deb iltijo qiladigan bo‘libdi. Nega deganda, aksariyat 
donishmandlar nimjon chaqaloqlardan yetishib chiq-


qan ekan. Xotinning ko‘zi yoribdi. Tilab oigan chaqa- 
log‘i shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik qolishi- 
ga hech kimning ko‘zi yetmabdi. Haytovur, bola 
o‘lmay qopti. Qadim zamonlarda bir donishmand 
shoir o‘tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishicha, 
o‘sha zukko shoir juda yoshligida ona sutidan 
mahrum bo'lgan ekan. Donishmand bolaning otasi 
shu kitobni topib o'qigach, bir oylik chaqaloqni ona 
ko‘kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida belan- 
chakdan yiqilib, ko‘zi shikastlangan ekan, otasi 
bag‘oyat xursand bo'libdi. Sababi — allaqaysi bir 
donishmand ham g‘ilay o‘tgan ekan. Endi uning 
yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o‘g‘limning bo‘yi 
o‘smasin, deb oh-voh chekib yurganmish. Zotan, 
uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past 
bo‘yli bo‘lar ekan.
Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun 
o‘zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga 
tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob berish- 
dan ko‘ra, ko‘proq otini eslashga harakat qiladiganga 
o‘xshaydi.
Hikmat maktabga kelmay qo‘yganini eshitib, qat- 
tiq xafa bo‘ldim. Bechora qizning ahvoli nima 
kechdiykin?
Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning 
uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni qutiga 
tashlab kelaman. Keyin arifmetikaga o'tiraman. 
0 ‘qituvchimiz uyga ancha vazifa bergan edi. Chap 
qo‘lim rosa og‘riyapti. Hatto qimirlatolmayman.
Omon bo‘l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqiyat 
tilayman.

Download 2,74 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kutubxonasi aziz nes in g aroyib bolalar

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish