• O‘tiladigan mavzular soat O’tilgan vaqti
  • 1-mavzu : Vatan kelajagi bizning qo’limizda I.Kirish
  • 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
  • Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim




    Download 2.36 Mb.
    bet4/25
    Sana28.01.2024
    Hajmi2.36 Mb.
    #147523
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    2-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt
    9.1-semenar, Karimova Nasiba iqtisod nazariyasi (2), Dekanat 11-15 amaliy MB, My future profession is surgeon, 12-dars.Vitaminlar amaliy, biologiya (2), 3-Mustaqil ta'lim (1), 3-MI, komlp tashkilk etish афтш, metodlar, NYU YORK FOND BIRJA (1), Mavzu Shaxsiy kompyuterni profilaktika qilish uchun zarur bo\'lg, Reja 1 Profilaktika zaruriyati
    Maktab direktori_____ B.G’ofurova
    Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi
    2“___” sinf





    O‘tiladigan mavzular



    soat

    O’tilgan vaqti

    Uyga vazifa

    1.

    Vatan kelajagi bizning qo’limizda

    1







    2.

    Yo‘l harakati qoidalaridan nimalarni bilamiz?
    (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    3.

    Ko‘chada va jamoat joyida yurish, o‘zini tutish odobi.

    1







    4.

    Ona maktab bag‘rida.

    1







    5.

    Ustozga hurmat (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

    1







    6.

    Yo‘l belgilari(Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    7.

    Xavfsizlik qoidalarini bilamizmi?

    1







    8.

    Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    9.

    Qoidalar qanday paydo bo‘lgan? (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    10.

    Tartibga solish vositalari va ahamiyati. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    11.

    O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    12.

    Maktab jihozlari kimniki?

    1







    13.

    Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).

    1







    14.

    O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).

    1







    15.

    Yo‘lni kesib o‘tish. To‘xtash joyi. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    16.

    Yangi yilga munosib sovg‘am (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

    1







    17.

    Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

    1







    18.

    Jaloliddin Manguberdi kim?

    1







    19.

    Transport vositalari va turlari. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    20.

    Buyuk ajdodlarimiz (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

    2







    21.

    Do‘stlik – bebaho ne’mat. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan )

    1







    22.

    Onalar - uyimiz charog‘boni (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

    1







    23.

    Oilada mening o‘rnim va vazifam.

    1







    24.

    Maxsus belgilangan maydonchada qatnov qoidalariga oid o‘yin va musobaqalar. (Yo‘l harakati qoidalari)

    1







    25.

    Milliy an’analarimiz – g‘ururimiz ( 21 mart – Navro‘z do‘stlik bayrami munosabati bilan).

    1







    26.

    Amir Temur bizning ulug‘ bobomiz.

    1







    27.

    Qonunlar nima uchun kerak?

    1







    28.

    Ogohlantiruvchi belgilar. (Yo‘l harakati qoidalari)

    2







    29.

    Tabiatni sevish va asrash.

    1







    30.

    Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan).

    1







    31.

    Biz kimlardan o‘rnak olamiz?

    1







    32.

    Kitob bizning do‘stimiz.

    1







    33.

    Yozgi ta’til – bir yilga tatir.

    1







    Tuzuvchi: ___________ __________
    Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlar bo’yicha deriktor o’rinbosari:____________ M. Qurbonov
    1-mavzu: Vatan kelajagi bizning qo’limizda
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
    Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini uyg`otish; o`quvchilar nutqini o`stirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
    Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
    Ma`naviyat daqiqasi:
    Vatan ona, Vatan chamandir,
    Vatan quyosh, Vatan osmondir.
    Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
    Vatan tuproq, Vatan iymondir.
    II Asosiy qism:
    Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida shu muborak zaminning har bir qarichiga mehru-muhabbat uyg`otish bugungi kunning eng ustuvor fazilatlardan biridir. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
    Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyori.
    O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo`lib yashaylik.
    O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.


    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir.
    Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.
    I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
    II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
    III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
    IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish
    V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
    III Yakuniy qism:
    Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti
    Savol:.
    Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor?
    (…).
    Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
    -Qo`shiq nima haqida ekan?
    -Vatan haqida ekan?
    O`quvchilarni rag`batlantirish.

    Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.



    Download 2.36 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 2.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim

    Download 2.36 Mb.