• Energetika zahiralari
  • Book · November 008 citations reads 29,431 authors




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/121
    Sana17.11.2023
    Hajmi2.61 Mb.
    #100207
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    Bog'liq
    InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
    diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
    Tabiiy zahiralar - kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun 
    jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob’ektlari, jarayonlari, sharoitlaridir.
    Mehnat zahiralari - jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga 
    ega kishilardir.
    Moliyaviy zahiralar -davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘laridir. 
    Energetika zahiralari - energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft, 
    mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar. 
    Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va 
    rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma’nosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni 
    paytda bir qator yangi ma’nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim 
    haqida ma’lumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki 
    kuzatish yo‘li bilan yoki ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik 
    tizimlarni o‘rganish - mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
    Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi - aposterior 
    deyiladi. U shuningdek chin yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Axborot olish jarayoni ko‘pincha 
    statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) 
    determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin.



    Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga 
    kelgan: 
    Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika 
    yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot
    fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari haqidagi 
    mavjud ma’lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy 
    hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. 
    Axborot - fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, 
    bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika 
    faoliyati axborot xizmati tizimining ma’lumoti va “xom-ashyo”sidir.
    Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar 
    tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni axborot zahiralarini ishlab 
    chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. 
    Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p 
    qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborot jamiyat va inson 
    faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 
    Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot 
    sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter 
    texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlariga tayanadi.

    Download 2.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Book · November 008 citations reads 29,431 authors

    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish