• 1. Axborot inqiloblari
  •   1-Mavzu: Axborot texnologiyalari fani, mazmuni va vazifalari




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/121
    Sana17.11.2023
    Hajmi2.61 Mb.
    #100207
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
    Bog'liq
    InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
    diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
     



    1-Mavzu: Axborot texnologiyalari fani, mazmuni va vazifalari
    (2 soat ) 
    Ma’ruza rejasi:
    1. Axborot inqiloblari 
    2. Axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. 
    3. Axborot jamiyati 
    Hozirgi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangilanish, yangi hayotga qadam 
    qo‘ygan bir paytda O‘zbekiston o‘zini hamma tomonlama rivojlantirishga bor kuchi bilan 
    intilmoqda. Shu jumladan, davlatimiz korxona va tashkilotlarida axborot texnologiyalarini 
    muhim o‘rin tutishi haqida aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Albatta, rivojlanishni hech qanday 
    texnikasiz tasavvur qila olmaymiz, binobarin, biz hozirda texnika zamonida yashab turibmiz. 
    Bugungi kunda texnika shu darajada rivojlantirildiki, buning natijasida inson mehnati 
    samaradorligini, ya’ni ishni bajarilish tezligini, vaqtni tejashlikni, aniqligi va shu kabilarni bir 
    necha martaga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Bularning hammasini jamiyatning har bir 
    sohasida, ya’ni iqtisodiy sohadami, ilmiy sohalardami yoki boshqaruvdami, qo‘yingki hamma 
    joyda ko‘rishimiz mumkin. Sanoatni avtomatlashtirish ishchi kuchidan to‘la foydalanish
    mahsulot sifatini nisbatan yaxshilash imkoniyatini bergan bo‘lsa, boshqaruvda esa 
    ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, ma’lumotni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, yetqazish 
    singari bir qancha ishlar qilinmoqda.
    1. Axborot inqiloblari 
    Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta 
    ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar 
    yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, 
    ya’ni: 
    1-inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘lik, Bu sifat va miqdor jihatidan ulkan sakrash 
    bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetqazish imkoni paydo bo‘ldi. 
    2-inqilob (XVI asr o‘rtalari) sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda 
    keskin o‘zgarish yasagan kitob nashr etishning kashf qilinishi bo‘ldi. 
    3-inqilob (XIX asr oxiri) elektrning kashf etilishi bilan bog‘lik bo‘lib, u tufayli telegraf, 
    telefon, radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda uzatish va jamlashga imkon 
    yaratdi. 
    4-inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprotsessor texnologiyasi kashf etilishi va SHKning 
    paydo bo‘lishi bilan bog‘lik. Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar, 
    kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. 
    Bu davrda uch fundamental yangilik yuzaga keladi, ya’ni: 
    - mexanik va elektr vositalaridan axborotning elektron vositalariga o‘tish davri; 
    - barcha qurilma, asbob , mashinalarning keskin rivojlanilishi; 
    - dasturiy-boshqaruv qurilma va jarayonlarni yaratish. 
    Bu davr haqida ancha to‘liq tasavvur hosil qilish uchun quyida keltirilgan EHMlari avlodlari 
    almashuvi bilan tanishish va uni axborotni qayta ishlash hamda uzatish sohasidagi bosqichlar
    bilan qiyoslash maqsadga mufoviq. 
    1-avlod (50-yillar boshi) Element bazasi – elektron chiroqlar. EHM katta hajmi, ko‘p elektr 
    quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan 
    ajralib turgan. 



    2-avlod (50-yillar oxiridan) Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlar. Oldingi avlod 
    EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik 
    tildan foydalanilgan. 
    3-avlod (60-yillar boshi) Element baza - integral chizmalar. EHM hajmining keskin 
    kichrayishi, ishonchliligining ortishi, mahsuldorligining ortishi. Ma’lum masofadagi 
    terminallardan alohida bo‘lish. 
    4-avlod (70-yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral 
    chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. SHK larning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish 
    yo‘nalishi: yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari, 
    arzon mikroEHMlarni yaratish. 
    5-avlod (80-yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. 
    So‘ngri axborot inqilobi yangi soha - yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar,
    uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik axborot sanoatini oldingi qatorga 
    ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari 
    axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter 
    texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. 

    Download 2.61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      1-Mavzu: Axborot texnologiyalari fani, mazmuni va vazifalari

    Download 2.61 Mb.
    Pdf ko'rish