Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish




Download 27.45 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2019
Hajmi27.45 Kb.
#4520
  1   2

Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

H.Qoraboyev SamDU huzuridagi XTXQTMOHM o’qituvchisi

Omonova Oysha Oqdaryo tuman 23- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`taydi. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi.

Xalq og'zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o'qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, o'tkirligi, ma'nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko'pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo'shilib ketadi.

Ertakning o'tkir, maroqli sujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g'oyaviy yo'nalishi, unda ezgulik kuchining yaxshilikning doimo g'alaba qilishi bolalarni o'ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so'z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta'sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko'pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo'lgan yovuz, baxil, ochko'z kishilar timsoli bo’ladi.

Ertakning pedagogik qiymati shundaki, o'quvchilar unda to'g'rilik, halollik g'alaba qilganidan, kambag'al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya'ni yaxshilik, ezgulik ro'yobga chiqqanidan va yomonlik, vovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo'lishini istaydilar. Masalan, „Halollik" ertagida (12.30) asosiy fikr kambag'allarga yordam ko'rsatish, o'z mehnati bilan hayot kechirish bo'lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g'oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, „Hiylagarning jazosi" ertagida esa (8.57) soddadilning to'g'riligi hiylagarning makri ustidan g'olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g'oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to'g'riso'zlilikning g'alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g'alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan.

Boshlang'ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko'proq o'qitiladi. „Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak" (A.Obidjon) (8.70), „Ko'zacha bilan tulki"(8.51) kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o'qitiladi va tahlil qilinadi.

Ertak matni ustida ishlashda tanlab o'qish, savollarga javob berish, o'quvchilarning o'zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi.

Maktab tajribasidan ma'lumki, kichik yoshdagi o'quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o'qib tahlil qilganda, barcha ishlar matnning mazmunini yaxshi idrok etishga, sujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o'zaro munosabatlarini to'g'ri tasavvur etishga yo'naltiriladi. Bunda tanlab o'qish va qayta hikoyalashning ahamiyati katta.



Masalan, „Odobli bo'lish osonmi?" (A. Obidjon) (8.113) ertagining mazmunini o'zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o'qing. Sichqonchaning „Odobli bo'lish uchun nimalar qilish kerak?" degan savoliga onasi qanday javob qaytarganligini so'zlab bering.

2. Sichqonchaning mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o'rinni topib o'qing. Nima uchun „Shum Baroq" ko'zidagi yovuzlik birdaniga so'nadi?

3. Echki nima uchun Sichqonchani „Kam bo'lma" deb duo qiladi? Shu o'rinni topib o'qing.

Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichida „Ertakning sizga juda yoqqan joyini topib o'qing", „Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting", „Hayotingizda ertakdagi voqealarga o'xshash voqealar bo'lganmi?" kabi savol-topshiriqlar yordamida o'quvchilarning ertak xulosasini tushunishlariga erishiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlar haqidagi ertaklardan tashqari, „Davlat"(4-s.49-b), „Ilm afzal"(4-s.44-b), „Hiylagarning jazosi"(4-s.57-b), „Hunarsiz kishi o'limga yaqin"(4-s.61-b) kabi maishiy ertaklarni ham o'qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o'z hayotini hikoya qiladi, shu sababli o'quvchilar ertakni o'qigach, o'tmishdagi xalq hayotini, o'y-fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.

Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar o'qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning xulq-atvori, ayrim hatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini aytadilar va Shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo'lib o'qiydilar.

Davlat" ertagi oddiy turmushga tegishli hodisalarni tasvirlovchi ertakdir. Ertakni o'qishga tayyorlash uchun ota-bobolarimiz atrofimizdagi tabiatni, borliqni qanday tasavvur etishlari haqida suhbat o'tkaziladi. Bunday suhbat ertakdagi badiiy obrazlarni, ularning o'zaro munosabatlarini, xulq-atvorlari, xarakterlarini to'g'ri tushunishga yordam beradi. „Davlat" ertagi matni ustida ishlash jarayonida o'quvchilar „Dehqonning xonadoni qanday hayot kechirar ekan?", „Nima uchun Davlat dehqonning xonadonidan ketishni istamaydi?" kabi savollarga javob topish orqali ertak qahramonlarini baholaydilar, ahil va inoq bo'lib, halol mehnat qilish lozim degan xulosaga keladilar.

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina etnas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi.

O'quvchilarni 1-sinfdayoq ertak tilidan erkin foydalanishga o'rgatish uchun ertak bilan birinchi tanishtirishda uni o'qituvchi aytib berishi mumkin.

O'quvchi ertak mazmunini o'zlashtirib olgandan so'ng, uning tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratiliShi zarur. Ertak mazmunini qayta hikoyalashda, qahramonlarga tavsif berishda o'quvchilarning o'z nutqida til vositalaridan o'rinli foydalanish talab qilinadi. Til vositalaridan foydalanish uchun talab va vaziyat, ehtiyoj yaratish zarur.

Ertak tilida shunday so'z va iboralar borki, ular bolaga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Masalan, „Yo'lbars, Tulki va Bo'ri" ertagida „Tog' echkisi siz ulug'imizniki bo'lsin", „Quyon siz podshohimizning ertalabki nonushtangiz bo'lsin", „Kiyik kechqurungi taomingiz, qo'y kunduzgi xo'ragingiz bo'lsin" kabi gaplar tarkibidagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarga o'quvchilar diqqati qaratilib, ertakni so'zlab berayotganda ulardan nutqda foydalanishlariga erishish zarur.



Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, „Rostgo"y bola" ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Bu ertakning yangi pedagogik texnologiya asosida o‘tish namunasini quyida keltiramiz:



Download 27.45 Kb.
  1   2




Download 27.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf “O’qish” darslarida ertak matnini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Download 27.45 Kb.