• 1.Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonlik.
  • Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish reja




    Download 34,8 Kb.
    bet1/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi34,8 Kb.
    #107531
      1   2   3   4
    Bog'liq
    BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
    5-sinf 9-dars shablon na\'muna (2), 3-mavzu ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojl, 3-mavzu-obektga-yonaltirilgan-loyihalash, IbrayımYusupov Slayd, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AZIMOVA NOZIMA, fizika 17 talik, Bozorova Durdona Musurmonqul, Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish, KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish, TA\'LIM JARAYONIDA INFORMATIKA O\'QITISH METODIKASI, kapalak, Reja Sinxron mashinalar-fayllar.org

    BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH

    REJA:

    1. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonlik


    2 . Uzluksiz ta`lim jarayonida boshlang`ich sinf oʻqituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligi sifatida
    3. Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish

    1.Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonlik.

    Boshlang`ich sinflarda darslarni axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish, bir tomondan darsning sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan oʻquvchilarda shu vositalarni chuqur oʻrganish bilim va koʻnikmalarini hosil qiladi. Bugungi kunda boshlang`ich sinf oʻquvchilar yosh xususiyatlari mos axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun ishlatiladigan turli dasturiy ta‘minotlar mavjud boʻlib, ular: - Word. Bu dasturda matn yozish, uni qayta ishlash va takomillashtirish, tasvirlar va matnlar joy lash tirilgan hujjatlar yaratish mumkin. - PowerPoint. Microsoft PowerPoint — ushbu dastur yordamida yuqori darajali taqdimotni ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin. Sabirov B.E. Boshlang‗ich sinf o`quvchilarini informatika ta‘limiga tayyorlash metodikasi. Pe.fan. nom. Ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir qiluvchi dastur. Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratishda keng foydalanish mumkin. Boshlang`ich sinflarda kompyuter texnologiyalaridan muntazam foydalanishning ba‘zi jihatlari quyidagilardir:


    - kompyuter yordamida bajarilgan ishlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarni qayta koʻrib chiqish va ularni tuzatish imkoniyati juda yuqori. Kompyuterda doimo bir materialni koʻp marotaba takrorlash va uni xolisona baholash imkoniyati mavjud. Ammo bu oʻquvchilarlarda ushbu holatga koʻnikish hosil qilmasligi lozim;
    - kompyuter – oʻquv jarayonida vaqtni tejash va samarali taqsimlashga xizmat qiladi;
    - kompyuter - oʻquvchining oʻz ustida mustaqil ishlash koʻnikmasining shakllanishiga yordam beradi. Boshlang‗ich sinf oʻquvchilari axborot texnologiyalariga oid quyidagi bilimlar oʻzlashtirilishiga erishish lozim:
    - axborot texnologiyalarining ahamiyatini bilish, sodda kompyuter dasturlarini ishlata bilish va Internetda ishlashning muhimligini anglashga oʻrgatish;
    - olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish;
    - kompyuter texnologiyalari vositasida ma‘lumotlarni toʻldirish;
    - qoʻshimcha adabiyot sifatida internetdan foydalanish;
    - kompyuter texnologiyalari vositasida matematik usullarni qoʻllash orqali topshiriqlarni bajarish, tahlil qilish, taqqoslash, tasniflash, isbotlash, maqsadga yoʻnaltirilgan, еtarli boʻlmagan ma‘lumotlarni topish;
    -hisoblash amallarini sodda hisoblash mashinalari (mikrokalkulator) yordamida bajarish;
    - kompyuter texnologiyalari vositasida murakkab boʻlmagan tayyor jadvalni oʻqish, noma‘lum komponentni topish boʻyicha boʻsh katakli jadvalni toʻldish, amaliy ishlarni bajarish natijasi boʻyicha sodda (oddiy) jadvallar tuzish, tayyor 205 jadvalning satr va ustunlarini berilgan ma‘lumotlar bilan toʻldirish, sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma‘lumotlar kirita olish va h.k; Oʻquvchilar kompyuter savodxonligini oshirishda:
    - Boshlang`ich kompyuter savodxonligini shakllantirish;
    - mantiqiy tafakkurni rivojlantirish;
    - masalalar еchishga tizimli yondashuv va algoritmik malakalarni rivojlantirish;
    - kompyuterda ishlash boshlangich koʻnikmalarini shakllantirish. Oʻquvchilar grafik muxarrir dasturiy vositasida rasmlar chizish, sodda ob‘ektlardan murakkab boʻlmagan ob‘ektlarni konstruksiyalash, bajarilgan tasvirlarni nomlash, sonli jadvallar bilan ishlash yoki qiymatiga koʻra belgili elementni qidirish, jadvalda ularning joylashish urnini koʻrsatish va jadval oʻlchamini aniklash kabi malakalarni orttiradilar.
    - Oʻquvchilar xar bir qaraluvchi ob‘ekt bir nechta nomga ega boʻlishligini va xar bir nom oʻziga yarasha mazmun kasb etishini oʻzlashtiradilar. Ular tavsiya qilinadigan xar bir ob‘ektni nomlaydi, mazmunini tanlaydi yoki yaratadi (ob‘ekt modeli), masalaning mazmuniga koʻra nima ―berilgan va nimani ―topish kerakligini ajratadi, masalalarni kompyuterda bajaradi, protsedura shaklidagi javobga ega masalalarni еchadi.
    - Oʻquvchilar grafik muxarrir dastur vositasida murakkab rasmlarni chizish, sodda ob‘ektlardan murakkab ob‘ektlarni konstruksiyalash, bajarilgan tasvirlarni nomlash, sonli jadvallar bilan ishlash yoki qiymatiga koʻra belgili elementni qidirish, jadvalda ularning joylashish oʻrnini koʻrsatish xamda xisoblash kabi malakalarni egallaydilar.
    - Oʻquvchilar oʻrganiladigan xar bir ob‘ektni turlicha (suzlar yordamida, rasm shaklida...) tavsiflash mumkinligi, real xayotda nomlarni tanlash suzlarning ma‘no jihatdan axamiyati bilan bog‗likligini oʻzlashtiradi.
    - Oʻquvchilar biror bir ob‘ektni mustaqil tanlaydi, nom beradi, kompyuter modelini (tasviri) yaratadi, xar bir masalada nima ―berilgan va nimani ―topish kerakligini ajratadi, masalalarni kompyuterda baja¬radi, murakkab protsedura shaklidagi javobga ega masalalarni еchadi.
    - Oʻquvchilar grafik muharrir dasturiy vositasida kompozitsion rasmlarni yaratish, sodda ob‘ektlardan murakkab boʻlgan ob‘ektlarni konstruksiyalashi, bajarilgan tasvirlarni nomlaydi, sonli jadvallar bilan ishlaydi. Kompyuter muhitidagi oʻquvchilarning oʻquv faoliyatidagi amaliylik real ob‘ektlar va ularning modellari, belgilari, ramzlarini kompyuterda aks ettirish bilan ish koʻrish tajribasidan iborat. Bu tamoyil quyidagi sxema buyicha amalga oshiriladi: ob‘ekt - nom qiymat (mazmun). Ya‘ni, masalan, oʻquvchilarga olma (ob‘ekt) koʻrsatiladi va olma(nom) soʻzi aytiladi va yoziladi, kompyuterda olma shakli chizilgan rasm qidiriladi xamda biror nom bilan saqlanadi.

    Download 34,8 Kb.
      1   2   3   4




    Download 34,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish reja

    Download 34,8 Kb.