Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish




Download 34,8 Kb.
bet3/4
Sana29.11.2023
Hajmi34,8 Kb.
#107531
1   2   3   4
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
5-sinf 9-dars shablon na\'muna (2), 3-mavzu ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojl, 3-mavzu-obektga-yonaltirilgan-loyihalash, IbrayımYusupov Slayd, BOYMURODOVA MADINABONUNING ESSE, AZIMOVA NOZIMA, fizika 17 talik, Bozorova Durdona Musurmonqul, Mashinaning puxtalik koʻrsatkichlariga foydalanish sharoitining taʼsirini tahlil qilish, KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, Boshlang`ich sinf oʻquvchilarining axborot savodxonligini shakllantirish, TA\'LIM JARAYONIDA INFORMATIKA O\'QITISH METODIKASI, kapalak, Reja Sinxron mashinalar-fayllar.org
3.Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish.
Oʻzbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning oʻrni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan oʻzgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari roʻyobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni oʻz vaqtida olish bilan birga ulardan toʻg‗ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab boʻladi. Axborot texnologiyalari qoʻllanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda oʻquvchining oʻquv materiallarini oʻzlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, oʻzini - oʻzi boshqarish, yangi bilimlarni oʻzlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda oʻquvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Axborot texnologiyalarining ta‘lim jarayoniga kirib kelishi bilan ―Inson va kompyuter muammosi markaziy muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Ta‘lim jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli boʻlmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning toʻg`ri, maqsadli tamonga qaratilgan yoʻnalish, imkoniyatlarini topishga toʻg`ri keladi. Ta‘lim tizimi oldida keng oʻquvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash madaniyatini oʻstirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot uzatish jarayonida ularga ta‘limiy va tarbiyaviy ta‘sir etib boradi. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli kechishida oʻqituvchining oʻzi tobora maslahatchiga, yoʻl–yoʻriq koʻrsatuvchiga, oʻquv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. Oʻqituvchi axborot egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda bosh masala bilimlar olarniga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish va oʻzlashtira olishiga bog`liq boʻlib qoladi.
Oʻquvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni oʻrganishi, barcha oʻquv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur boʻladi. Ta‘limda oʻqitishning va bilimlarni oʻzlashtirishrishning nutq, soʻz, tovush bilan bog`langan usullari ikkinchi navbatga oʻtib, oʻqitishning tasavvurlar, shakllar, rang, tasviriy koʻrsatuvlar bilan bog`liq usullari birinchi oʻringa oʻta boshlaydi. Global kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi kishilar muloqotining kitob, gazeta va televideniedan farq qiluvchi yangi oʻziga xos usul va shakllarini vujudga keltirmoqda. Bu usullar endi kishilik munosabatlarining yangi shakllari, faoliyatlarining yangicha turlari, tafakkur qilish va oʻzini – oʻzi anglashning oʻzgacha tarzi bilan xarakterlanadi. Axborotlar ustida ish olib borish, ularni uzatish va foydalanuvchiga axborotlarni еtkazish axborot – kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Bunda kompyuter va inson oʻrtasida oʻzro kommunikatsiya oʻrnatiladi. Shuni ta‘kidlab oʻtish lozimki, pedagogik jarayonda kommunikatsiya ushbu jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Ba‘zi hollarda muloqot va kommunikatsiya oʻzoro sinonim tarzida qoʻllanilib kelinadi. Ba‘zi adabiyotlarda ular quyidagicha farqlanadi.


Download 34,8 Kb.
1   2   3   4




Download 34,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻquv jarayonida axborot texnologiyalarining asosiy yoʻnalishlari va uni tadbiq etish

Download 34,8 Kb.