• Калит сўзлар
  • Boshlang`ich sinf texnologiya darslarini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari Xamidov Jamshid Abdusamiyevich chdpi texnologik ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi




    Download 19.4 Kb.
    bet1/2
    Sana01.06.2023
    Hajmi19.4 Kb.
    #68303
    TuriУрок
      1   2
    Bog'liq
    jAMSHID AKA MAQOLA
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

    Boshlang`ich sinf texnologiya darslarini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari
    Xamidov Jamshid Abdusamiyevich CHDPI texnologik ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi
    Annotatsiya: Maqolada boshlang`ich sinf texnologiya darslarining sifat samaradorligini oshirishda darsning qaysi bir turidan foydalanish maqsadadgamuvofiq ekanligi masalasi yoritilgan .
    Аннотация: В статье рассматривается вопрос о целесообразности использования любого типа урока для повышения качества и эффективности уроков технологии в начальной школе.
    Annotation. The article discusses the advisability of using any type of lesson to improve the quality and effectiveness of technology lessons in elementary school.
    Калит сўзлар: dars,aralash darslar,didaktika
    Ключевые слова: уроки, смешанные уроки, дидактика
    Keywords: lessons, mixed lessons, didactics.

    Bugungi kun ta`lim tizimida yoshlarni har tomonlama komil inson hamda yetuk mutaxxassis qilib tarbiyalash eng muhim vazifalardan ekanligi hech kimga sir emas.Ta`lim jarayonini sifat va samaradorligini oshiruvchi faktorlardan biri bu darslarni to`g`ri tashkil etilishidir. Hozirgi davr pedagogikasida ana shunday dars shakllari ma`lum bir atamalar bilan o`z ifodasini topadi. Jumladan, mumtoz dars juftlik dars va hokozalar. Boshlang`ich sinf texnologiya darslarini to`gri tashkil etishda dars turini to`gri tanlay olish ham pedagog mahoratining bir ko`rinishidir.Shunday ekan texnologiya darslarini tshkil etishda qaysi bir dars turidan foydalanish ko`proq samara berishini ko`rib chiqamiz:


    Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
    Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:
    • aralash darslar;


    • yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;


    • bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;


    • o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;


    • malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;


    • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;


    • o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).



    Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni og’zaki yetkazish, ko`rgazmali qurollardan foydalanish,amaliy ishni ko`rsatib berish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.
    O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. YAngi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash. o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.
    Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
    O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.
    Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. SHu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib olishlari kerak.
    Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.
    Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
    YUqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
    Demak yuqoridagi dars turlarini ichidan ko`proq kombinatsiyalashgan dars shaklidan foydalanish mehnat ta`limi darslarini sifatli tashkil etilishini ta`minlaydi hamda quyidagi talablarga mos ekanligi bilan boshqa dars shakllaridan farqlanadi:
    • fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;


    • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;


    • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;


    • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;





    • Download 19.4 Kb.
      1   2




    Download 19.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang`ich sinf texnologiya darslarini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari Xamidov Jamshid Abdusamiyevich chdpi texnologik ta`lim kafedrasi katta o`qituvchisi

    Download 19.4 Kb.