• Kurs ishining amaliy ahamiyati.
  • I BOB. QOLDIQLI BO‘LISH DARSLARINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH I.1. Boshlang‘ich sinflarda qoldiqli bo‘lishni o‘rgatishda o‘qituvchining vazifasi
  • Kurs ishi mavzusining maqsadi




    Download 135.28 Kb.
    bet2/9
    Sana26.02.2024
    Hajmi135.28 Kb.
    #162851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3-sinfda qoldiqli bo‘lish algoritmini o‘zlashtirish metodikasi
    7-sinf-informatika-testlar, Автомобил электр ва электрон ТХК ва Т 2017, 163532874710984126, Mavzu6, 2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6, file, Eshimbetov.N at m.ish, 713824, Matematik induksiya prinsipi, turistik mahsulotlar, kombinatorika elementlarida o\'rin almashish va guruhlashlar, Kurs ishi so‘z ustida ishlash sarik, Kirish kuchlanishi rostlash qurulmalari, Iboralar lug\'ati (eng yangi, mukammal-2019), 638 09.10.2020
    Kurs ishi mavzusining maqsadi. Ushbu kurs ishimizning maqsadi 3-sinf o‘quvchilarining qoldiqli bo‘lish mavzusini mukammal o‘rganishlariga erishish.
    Kurs ishining predmeti. 3-sinf matematika darsligi.
    Kurs ishining obyekti. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayoni.
    Kurs ishining vazifasi.
    - boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan qoldiqli bo‘lish mavzularini o‘rganish;
    -bu mavzuning asosi bo‘lgan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini mustahkamlash;
    - o‘rganganlik darajasini tekshirish;
    - mavzuga oid ilmiy-pedagogik manbalar bilan tanishish;
    - o‘quvchilarni o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatish;
    Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishimizdan Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
    Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishimiz: kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


    I BOB. QOLDIQLI BO‘LISH DARSLARINING MAZMUNI VA UNI TASHKIL ETISH
    I.1. Boshlang‘ich sinflarda qoldiqli bo‘lishni o‘rgatishda o‘qituvchining vazifasi
    Davlat ta'lim standardlari va Milliy dastur o‘quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag‘batlantirish va shu orqali o‘quv- bilim jarayonining farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilgan. Davlat ta'lim standarlari va Milliy dasturning o‘quv fani bo‘yicha, ta'lim sohalari bo‘yicha ishlab chiqarilishi o‘quv fanlarining variantini tanlash asosida o‘quv metodik majmualar, jumladan, boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni takomillashtirishni nazarda tutadi. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog‘lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining ichki bog‘liqligi va o‘quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi.
    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalari:
    Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Avvalo, zamonaviy bilimlar, ilg‘or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori darajada egallaganligi, pedagogik izlanish vazifasiga mos tadqiqotlar metodlari majmuasini shakllantira olishi, nazariy tadqiqot va amaliy tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish malakasiga ega bo‘lishi, o‘qitadigan o‘quv fanidan o‘quv dasturi, DTS, Milliy Dastur darsliklar, va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, elektron darsliklarni yarata olishi va amalda qo‘llay olishi lozim. O‘zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash malakasini egallash, yangi pedagogik g‘oyalami ishlab chiqa olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, o‘qitishning istiqbolli yo‘nalishlari talablari asosida metod, shakl va vositalami yaratish va ularni ta’lim jarayonida uzviy qo‘llash malakalarini bilishi kerak.
    O‘qituvchi —odobli, adolatli hamda “bola qalbining injeneri”dir. Bolaning ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog olimlar ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quvchi o‘qituvchining yurish-turishi, kiyinishiga, gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo‘lsa-da, uning inson ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g‘ururini toptamaslik kerak.
    O‘qituvchi - pedagogik va psixologik jihatdan o‘z ixtisosligi bo‘yicha maxsus ma’lumotga ega, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy fazilatlarga boy, ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratida “Bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, sintez qilish, baholash” kabi didaktik qobiliyatlar ta’lim berishning muhim kategoriyalari sifatida e’tirof etilgan. Shaxsga ta’lim-tarbiya berish nihoyatda murakkab jarayon , qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk arboblari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uni tashkil etish mazmuni va nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilovchi muhim ahamiyatga molik bo‘lgan omil ekanligi ta’kidlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimiga bevosita daxldor barcha sohalarni butunlay isloh qilishga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilgan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Ta’lim islohoti bizni demokratik o‘zgarishlar, yangi jamiyat barpo yetish yo‘lidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch bo‘lmog‘i zarur. Har birimizga ayon bo‘lsinkim, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham o‘zgartirish mumkin emas”. Bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni yil sayin yangilanib, zamon talablariga moslashib bormoqda. Zamonaviy o‘qituvchi ta’limni qanday tashkil etishi kerak:

    • avvalo u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim beradigan fanlardan pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmunan yaxlitligini ta’minlashi;

    • pedagogik va axborot texnologiyalari hamda o‘quvchilar o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metodlami qo‘llashi, o‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlarini uyg‘unlashtirish malakasiga ega bo‘lishi;

    • ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish mazmuniga mos ravishda pedagogik tizimni loyihalay olishi;

    • ta’lim beradigan fanlar turkumini rivojlantirish istiqbollarini ochib berishga qaratilgan ilmiy izlanishlami muntazam amalga oshira olishi;

    • ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda jahonning rivojlangan mamlakatlarida pedagogika va psixologiya sohasida erishilayotgan ilg‘or tajribalami amalda modernizatsiya qilgan holda qo‘llashi;

    • O‘rta Osiyo mutafakkirlarining boy ma’naviy meroslaridan ta’lim- tarbiyaviy faoliyatda foydalanishi;

    • darsning barcha turlarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodlaridan foydalanishi;

    • o‘qitadigan fan turkumi bo‘yicha avtomatlashtirilgan ta’lim tizimi uchun amaliy dasturlar paketini yaratishi lozim.

    Zamonaviy o‘qituvchi qiyofasidagi shaxs pedagogik-psixologik jihatdan yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun, unda quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarni ifodalaydi):

    1. O‘qituvchi mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni berishi lozim.

    2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

    3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘ ustida tinimsiz izlanishi shart.

    4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslaridan ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z faoliyati tashkil etishi zarur.

    O‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot texnologiyalarining eng samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

    1. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi davr talabidir.

    2. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativ layoqatini, pedagogik texnika sirlarini (nutq, chehra, qo‘l- oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) chuqur o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.

    Ayniqsa, o‘qituvchi o‘zining individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni aks ettirishi kerak: a. nutqning to‘g‘riligi;
    b. nutqning aniqligi;
    v) nutqning ifodali bayon etilishi;
    g) nutqning sofligi (ya ’ni, nutq tozaligiga salbiy ta ’sir ko‘rsatuvchi so‘zlardan holi bo‘lishi, faqat adabiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos bo‘Imagan so‘zlar); varva- rizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan , o‘zga millatlarga xos so‘ zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilishda qo‘llaniladigan qo‘pol so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘Imagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlaridan holi bo‘lishi;
    d) nutqning ravonligi;
    j) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish). O‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.O‘qituvchi pedagogik-psixologik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarni tarkib topishiga erishishi zarur. Chunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni o‘z iroda kuchi bilan bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchilar, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchining (yoki hamkasbi, ota-onalar) muvaffaqiyatlarini e ’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi, u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur. O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro‘-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
    Boshlang‘ich sinflarda ko‘paytirish bo‘lish amalini bajarish talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi ularning qoldiqli bo‘lishni tushunishlari osonlashadi, u bilan bog‘liq amallarni to‘g‘ri bajarish imkoniyatlari oshadi va tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.
    a) o‘quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.
    b)faoliyatning har-xil turlarini o‘quv mehnat, muloqotni egallash.
    v)o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga o‘rgatish.
    g) muayyan, umumiy, tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi taraqiyotining tavsifi.
    Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda qoldiqli bo‘lish amali bajarish jarayoni o‘quv bilim jarayoniga matematika o‘qitish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat o‘quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy-kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. Qoldiqli bo‘lish bilan o‘quvchi 3-sinfdan boshlab tanishadilar. Bu vaqtgacha o‘quvchi qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini mukammal o‘rganishlari kerak. Qoldiqli bo‘lishni o‘rganishda o‘qituvchi vazifalari quyidagilar:

    1. O‘quvchilarni ko‘paytirish va bo‘lish arifmetik amallarni ma’nosi bilan tanishtirish , ularning ba’zi xossalari (ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi, sonni yig‘indiga va yig‘indini songa ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa bo‘lish xossasi) va ular orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan, bu amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar bilan tanishtirish;

    1. Ko‘paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo‘linmani topishda foydalana olishni ta’minlash;

    2. O‘quvchilarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish, 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish) qoldiqli bo‘lishning jadval hollari bilan tanishtirish.

    O‘qituvchi bu kabi qoidalar asosida qoldiqli bo‘lishga kirganda o‘quvchining o‘zlashtirishi yaxshi bo‘ladi. O‘quvchilarning qoldiqli bo‘lish amalini bajarishga o‘rgatish metodikasining nazariy asoslari Davlat ta'lim standartlari va Milliy dastur o‘quv fani bo‘yicha o‘quv -metodik majmualar (dastur, o‘quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o‘quv fanlararo bog‘lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarni bog‘lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o‘xshash, arifmetika asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek arifmetik boshlang‘ich o‘rganish uslubi ham mukammallashtirilgan qoldiqli bo‘lish boshlang‘ich sinflarda arifmetikaning bir qo‘shimchasi sifatida ko‘paytirish, bo‘lish amallaridan so‘ng o‘tiladi.



    Download 135.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 135.28 Kb.