136
a) Muvozanat siljishi va Le-Shatelye prinsipi haqida ma’lumot berish: Reaksiya
sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga
o‘tishi
kimyoviy
muvozanatning siljishi (yoki
surilishi) deyiladi.
Muvozanatning siljishi 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga
bo‘ysunadi. Le-Shatelye prinsipi quyidagicha ta’riflanadi:
Kimyoviy muvozanat
holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat, bosim yoki
konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi
reaksiya tomoniga siljiydi.
Harorat, moddalar konsentratsiyasi va bosim o‘zgarishi kimyoviy muvozanatni
siljitishi mumkin.