mexanika” fanini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish bo‘yicha




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana08.02.2024
Hajmi2,39 Mb.
#153058
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
1685441947426117daraja (1)

mexanika” fanini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish bo‘yicha
tajriba-sinov ishlari” deb nomlangan bo‘lib, unda oliy ta’lim muassasalarida 
«Amaliy mexanika» fanini o‘qitish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, 
o‘tkazish hamda talabalarning bilimi, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini 
baholash, ularning ijodiy bilish faolligini aniqlash bo‘yicha tajriba-sinov natijalari 
va ularning tahlili bayon qilingan. 
“Amaliy mexanika” fanini o‘qitishda ETRlarini ishlab chiqish va undan 
foydalanish samaradorligini tajribaviy tekshirish va baholash Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti (BuxMTI), Namangan muhandislik–texnologiya instituti 
(NamMTI), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) 
kabi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirildi. Tajribada jami barcha oliy ta’lim 
muassasalaridan 436 nafar talaba ishtirok etdi. 
Tajriba 2019-2022 o‘quv yillari oralig‘ida uch bosqichda (aniqlovchi, 
shakllantiruvchi va nazorat) o‘tkazildi.
Dastlabki asoslovchi bosqichda talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida so‘rov va 
suhbat o‘tkazish orqali OTMning ETRlari holati, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni 
tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘qitishning an’anaviy shakllari endilikda 
zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish masalalarini to‘la hal eta olmaydi. Ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirish uchun ETRlarini ishlab chiqish va undan 
foydalanish metodikasini takomillashtirish zarur.
Shuningdek ushbu bosqichda talabalarning boshlang‘ich fundamental va 
umumtexnik bilim darajasini bilish va uni keyingi olinadigan natijalar bilan 
solishtirish uchun kirish nazorat testi o‘tkazildi va tajriba guruhidan 216 va nazorat 
guruhidan 220 nafar talabaning boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi aniqlandi. Unga 
ko‘ra, har ikki guruh talabalarining boshlang‘ich tayyorgarligi darajasi deyarli bir 
xil bo‘ldi.
Shundan so‘ng “Amaliy mexanika” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar tajriba 
guruhlarida biz ishlab chiqqan metodika asosida, nazorat guruhlarida esa amaldagi 
an’anaviy shaklda tashkil etildi. “Amaliy mexanika” fanini elektron resurslar 
asosida o‘qitish bo‘yicha elektron resurslar ishlab chiqildi va ular yordamida o‘quv 
jarayonini tashkil etish va o‘tkazishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va interfaol 
metodlardan foydalanildi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv materiallari
talabalar bilimini baholash uchun topshiriqlar to‘plami (test savollari, muammoli va 
mantiqiy masalalar to‘plami, amaliy topshiriqlar) ishlab chiqildi va talabalarning 
o‘zlashtirish darajalarini aniqlashda foydalanildi. Ishlab chiqilgan metodika va 
o‘quv-metodik ta’minotni joriy etish asosida tashkil etilgan tajriba-sinov natijalari 
ularning bilim darajasi, o‘rtacha bahoni ortganligini ko‘rsatdi (1-jadval). 

Download 2,39 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mexanika” fanini elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish bo‘yicha

Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish