3-rasm. Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRlarini yaratish va foydalanish modeli
17
Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda mavzularning xususiyatidan kelib chiqib
o‘qitish metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash juda muhim. Interfaol
ta’lim metodlaridan foydalanish o‘rganilayotgan ma’lumotlarni talabalarga samarali
yetkazish, ularning o‘quv va kognitiv faolligini oshirish, o‘qishga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirish vositalaridan biri hisoblanadi.
Interfaol darslarning eng keng tarqalgan shakli kichik guruhlarda ishlashdir. Bu
shakl “Amaliy mexanika” fanidan amaliy mashg‘ulotlar paytida qo‘llaniladi.
Amaliy ish vazifalarini hal qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy materialni muhokama
qilgandan so‘ng, talabalarga topshiriqlar to‘plami yoki amaliy ishning mazmuni
ko‘rsatilgan ma’lumot beriladi. Ushbu texnologiya hamkorlikda o‘rganish va o‘zaro
ta’lim usulini ham amalga oshiradi.
Shuningdek, amaliy ishlarni bajarish yoki amaliy muammolarni hal qilish
jarayonida (masalan, kurs ishi va kurs loyihalari, hisoblash grafik ishlari doirasida)
loyiha, tadqiqotchilik va zamonaviy Case metodlaridan foydalanildi.
Amaliy mashg‘ulotda Case texnologiyadan foydalanish talabalarga bilimlarini
mustahkamlash, amaliyotda qo‘llash, vaziyatni kelajakdagi kasbiy faoliyatning real
sharoitlariga yaqinlashtirish imkonini beradi. Ushbu texnologiyasidan foydalanib,
amaliy vazifalarni ishlab chiqishda talaba o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
ma’lumotlarni tahlil qilishi, kelajakdagi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni
tanlashi, turli xil yechimlarni o‘ylab ko‘rishi va ularni baholashi kerak.
Case mexanikaning tipik muammolarini yechish jarayonida unga ijodiy
yondashishga, hisob-kitob natijalarini tahlil qilishga, nazariy bilimlarni amaliyotda
qo‘llashga, xulosalar chiqarishga va muammoni hal qilishda talabaning o‘z
variantini taklif qilishga o‘rgatishga qaratiladi. Qisqa muddatli elektron keyslar
ustida ishlash jarayonida talabalar axborotni tahlil qilishni, tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini egallashni, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar.
Interfaol texnologiyalardan nafaqat amaliy mashg‘ulotlarda, balki ma’ruzada
ham foydalanish mumkin. Masalan - rejalashtirilgan xatolar metodi ma’ruzada juda
samarali, chunki ular xuddi shu xatolarni topishlari kerak, aqliy hujum metodi,
shuningdek yuqorida aytilgan Web 2.0 servis xizmatlaridan sanalgan interfaol
plakatlar va taqdimotlar, so’zlar buluti, vaqt tasmasi, interfaol topshiriqlar, idrok
xaritasi, veb-kvest, virtual ko‘rgazmalar ham juda samaralidir. Ma’ruzani tashkil
etishning bunday shakllari butun dars davomida talabalar e’tiborini tortadi va
talabalarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Interfaol metodlardan veb-kvest onlayn o‘quv materiallarining eng murakkab
turi sifatida alohida e’tiborga loyiqdir. Veb-kvest mavzuning muammoli tomonlarini
ko‘rib chiqadigan va o‘rganadigan, vaziyatga o‘z nuqtai nazarini bildiradigan,
xulosalar chiqaradigan, keyingi maqbul yo‘nalishni taklif qiladigan barcha talabalar
ishtirokidagi o‘quv loyihasini o‘z ichiga oladi.
Veb-kvest (webquest) - Internetning axborot resurslaridan foydalangan holda
rolli o‘yin elementlari orqali bajariladigan muammoli vazifadir. U Internetdagi sayt
bo‘lib, talabalar muayyan o‘quv vazifasini bajaradilar. Ushbu texnologiyadan
foydalanish talabalarning o‘quv va loyiha faoliyatiga motivatsiyasini oshirishga
yordam beradi, kognitiv faollikni va o‘quv materialini o‘zlashtirish sifatini oshiradi,
18
kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida o‘z ustida ishlashni va fanga
individual yondashishni o‘rgatadi.
O‘qitishni tashkil etish metodlari bilan birga uning shakllariga ham alohida
e’tibor qaratish zarur. Ta’lim shakllari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi: aralash
ta’lim (blended learning) va uning modellari (Face to Face Driver, Flipped
Classroom, Flex, Online Lab, Selfbrender, Online Driver); interfaol ma’ruza;
mustaqil ish; ilmiy-tadqiqot ishlari; ETRlari bilan ishlash; telekonferensiya;
vebinar, kichik guruhlarda ishlash; auditoriyadan tashqari individual topshiriqlar;
didaktik o‘yinlar.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasining “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni
joriy etish” nomli ikkinchi paragrafida ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar
asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar,
onlayn, «blended learning», «flipped classroom» texnologiyalarini amaliyotga keng
joriy etish belgilab berilgan.
Tadqiqot ishmizda elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o’qitish
metodikasini takomillashtirish maqsadida aralash ta’lim shaklining quyidagi
modellaridan foydalanildi:
- “Flipped classroom” modeli. О‘quv vaqti individual elektron ta’lim va
о‘qituvchi bilan birgalikda sinfda tashkil etilgan ta’limga taqsimlanadi. Bunda
nazariy materiallar individual tarzda masofadan turib о‘qiladi va auditoriyada
о‘qituvchi hamkorligida о‘zaro muzokaralar asosida material mustahkamlanadi;
- “Online Lab” modeli. О‘quv dasturi elektron ta’lim talablariga mos ravishda
kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan auditoriyalarda qoidaga asosan tashkil
etiladi. Onlayn ta’lim о‘qituvchi kuzatuvi asosida olib boriladi;
- “Online Driver” modeli. О‘quv dasturining asosiy qismi axborot ta’lim
muhitidagi elektron resurslar yordamida о‘zlashtiriladi.
Ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun aralash ta’limning “Flipped
classroom” modelini qо‘llash bo‘yicha fikr yuritamiz.
Flipped classroom yoki “ag‘darilgan ta’lim” ta’lim oluvchilarning passiv,
zerikarli harakatini yangi kо‘rinishga о‘tkazuvchi ta’lim konsepsiyasidir. Ushbu
model yordamida darslarni tashkil etishda о‘qituvchi bir nechta video-ma’ruzalarni
tayyorlaydi va ularni tarmoqqa yoki biror-bir tizimga joylashtiradi, ta’lim oluvchilar
esa darsdan tashqari vaqtda о‘qituvchi tomonidan tayyorlangan video-ma’ruzani
kо‘radi va mavzuni о‘zlashtiradi. Bu esa video-ma’ruzani shoshilmasdan, takroran
kо‘rish imkonini beradi. Dars davomida esa mavzu bо‘yicha yuzaga kelgan savollar,
fikrlar haqida о‘qituvchi bilan muzokara qiladi. Olingan bilimni takomillashtirish
uchun turli nazorat topshiriqlarini bajaradi.
“Amaliy mexanika” fanini ETR asosida o‘qitishni tashkil etishda o‘qitish
shakllari va metodlari qatorida ta’lim vositalari ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim
vositalarini biz ikki guruhga ajaratib olishimiz lozim. Birinchisi ETRlar, bunga
elektron darsliklar, virtual ko‘rgazmalar, trenajyorlar, animatsiyalar, o‘quv va
interfaol topshiriqlar, nazorat testlari, intelektual o‘qitish tizimlari, ikkinchisi
ETRlarini ishlab chiquvchi vositalar, ularga Moodle platformasi, H5P,
19
Learningapps pedagogik vositalari, amaliy dasturlar, dasturlash tillari, Google
xizmatlari va bulutli servislarni misol keltirishimiz mumkin.
Mashg‘ulotlar davomida H5P va Learningapps multimediali axborot
xizmatlaridan foydalanilishi samarali natijani ko‘rsatdi. Jumladan, multmedia
vositalaridan H5P xizmati interfaol videolar, taqdimotlar, mashqlar, o‘yinlar,
viktorinalar va boshqalar ko‘rinishida interfaol kontent yaratishga imkon berdi.
Learningapps yordamida esa interfaol topshiriqlar yaratish mumkinligi ko‘rsatildi.
Videokonferensiya va vebinarlarni tashkil etishda Moodle tarkibidagi
BigBlueButton plagini qo‘llanildi. Odatda ushbu plagin Moodlega alohida
o‘rnatiladi. U ochiq kodli dasturiy ta’minot bo‘lib, siz onlayn o‘quv platformalari
uchun maxsus yaratilgan video konferensiya yechimidan kutadigan barcha
xususiyatlarga ega.
O‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishda o‘quv vaqtining
60 foizigacha bo‘lgan qismi talabaning mustaqil ishlarini bajarishga qaratiladi.
Mustaqil ishlarni faollashtirish, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish,
axborot texnologiyalari platformasida o‘qitishning yangi shakl va usullaridan
foydalanish axborotlashgan jamiyatning muhim shartlaridan biri bo‘lib, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, ETRdan foydalanishni
nazarda tutadi.
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning samarali vositalaridan biri
LMS Moodle (Learning Management System-ta’limni boshqarish tizimi)
platformasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tizimda “Amaliy mexanika” kursi yaratilib,
tarkibi interfaol ETRlari, ya’ni interfaol ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlar, forum, chat va viki elementlari, glossariy, test nazorati va mualliflik
resurslari (virtual stendlar, animatsiyalar, interfaol topshiriqlar, interfaol video,
ochiq va yopiq turdagi test savollari) bilan to‘ldirildi.
Kurs tuzilishi jihatidan ketma-ket modullar va uning tarkibidagi ETRlardan
tashkil topgan bo‘lib, ishtirokchilar platformada osongina harakatlana oladi va
o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan ta’lim trayektoriyasi bo‘ylab vazifalarni qat’iy
bajarishadi.
Mustaqil ish topshiriqlari, bajarish tartibi, o‘rganish manbasi va sahifalari,
Internet manzillari topshiriqlar jadvalida aniq ifodalandi. Shu o‘rinda topshiriqlarni
bajarishda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan virtual stendlar, o‘rgatuvchi va
hisoblovchi dasturlardan foydalanish imkoni yaratildi.
Modulli strukturaga ega bo‘lgan maxsus kursimiz talabalarning mustaqil
ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi komponentalarni o’z
ichiga oladi:
- Interfaol kontent. Ushbu kontent interfaol video materiallar, taqdimotlar,
topshiriqlar krassvord, xotira o‘yini kabi elektron resurslardan tashkil topgan bo‘lib,
talabalar bilan masofadan turib samarali ishlashni ta’minlaydi va ularning mustaqil
ishlarini faollashtiradi.
- Forum. “Amaliy mexanika” kursining ushbu elementi asinxron rejimda
ishlaydigan kommunikativ aloqa elementi bo‘lib, savol-javob rejimida talabalarga
mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha maslahatlar tashkil etildi.
20
- Viki. Ushbu kurs elementi brauzer oynasida oddiy belgilash tilidan
foydalangan holda har bir talaba bir vaqtning o‘zida zaruriy o‘quv materiaallarini
tayyorladi, materiallardan jamoa bo‘lib foydalanish imkonini berdi.
- Topshiriq. “Amaliy mexanika” fanidan yaratilgan kursning ushbu elementi
amaliy mashg’ulot, mustaqil ish topshiriqlarini masofaviy texnologiyalar yordamida
tashkil etish asosida topshiriqlarni talabalarga yuborish, qabul qilish, maslahatlar
berish, nazorat qilish va baholashga imkon berdi.
- Testlar. “Amaliy mexanika” fanidan ishlab chiqilgan testlar to‘plami asosida
talabalar o‘zlashtirilgan bilimlarini tekshirishlari mumkin. Barcha toshshiriqlar
ma’lumotlar bazasida saqlanadi va interfaol tarzda ishlashni ta’minlaydi.
Shuningdek amaliy mexanika masalalarini yechishda, kurs loyihasi, hisoblash-
grafik ishlarni bajarishda zamonaviy avtomatik loyihalash va modellashtirish
dasturlaridan (SolidWork, MathCAD) foydalanish zarurati hamda metodikasi
ko‘rsatib o‘tildi.
Modelning uchinchi texnologik blokida ETRlari asosida o‘quv jarayonini
amalga oshirishda ta’lim shakllari, o‘qitish muhiti hamda talabalarning ETRlari
bilan hamkorlik shakllari ko‘rsatib o‘tilgan. Bizga ma’lumki hozirda
Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim
shakllari mavjud, ayrimlariga esa masofaviy o‘qitishga ruxsat berildi. Ular
o‘qishlarini ta’lim shakllariga qarab auditoriyada, auditoriyadan tashqarida va
axborot ta’lim muhitida olib borishadi. O‘quv faoliyatini tashkil etishda esa
individual, frontal va guruhli shakllardan foydalanishi mumkinligi ushbu blokda
ko‘rsatilgan.
Modelning to‘rtinchi natijaviy blokida umumkasbiy fanlarni o‘qitish jarayonini
baholash tizimi, xususan kredit – modul tizimi asosida talabalar faoliiyati natijalarini
tahlil etish va baholash nazarda tutiladi. Talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati
maqsadi uning natijalariga mos kelshini aniqlash uchun tadqiqotlarimizda reyting
nazorat tizimida baholashning uchta ko‘rinishi ajratib ko‘rsatildi: axborot ta’lim
muhitida baholash; o‘qituvchi tomonidan baholash va talabalar tomonidan baholash.
Mazkur model o‘quv maqsadlariga erishish bilan bir qatorda talabalarning
o‘quv faoliyatini rivojlantirish vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda mavjud interfaol elektron
resurslar ichidan “Amaliy mexanika” fanining aniq mavzusi mazmunini yoki
mazkur fanning modulini to‘liq akslantirib beradigan ETRni topish qiyin vazifa
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun umumkasbiy fanlardan mualliflik resurslarni
yaratish, ulardan amaliy va laboratoriya ishlaridan tashqari mustaqil ta’limda ham
foydalanish zarur deb hisoblaymiz.
“Amaliy mexanika” fanini o‘qitishda ETRdan foydalanishni mexanika nuqtai
nazaridan qaralganda, animatsiyalarni vizual ko‘rish natijasida talabada
ob’ektlarning harakati xususidagi tasavvurlari shakllanadi, o‘quv adabiyotlarida
so‘z bilan yaqqol bayon etilmagan mavhum ob’ektlar va jarayonlarni dinamiik
vizual akslantirish ta’lim oluvchini fikrlashga majbur qiladi.
Xulosa qilib aytganda, “Amaliy mexanika” fanidan ETRdan foydalanish
metodikasini takomillashtirish natijasida axborotni zamonaviy qidirishga, qayta
21
ishlash va undan foydalanish metodlarini bilishga, yuqori sifatli bilim olishga,
mustaqil ijodiy faoliyat olib borishga qodir bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga
erishiladi.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Oliy ta’lim muassasalarida “Amaliy
|