• 2-rasm. ETRni loyihalash uchun Web 2.0 servis xizmatlari
  • Vaqt tasmalari
  • Boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ds




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/37
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,39 Mb.
    #153058
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
    Bog'liq
    1685441947426117daraja (1)

     
     
    1 -rasm. Elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va joriy etish texnologiyasi 
    Virtual stendlar, animatsiyalar kabi ETRlarini ishlab chiqishda zamonaviy 
    3D MAX, FLASH texnologiyalarni o‘rnini alohida ta’kidlash zarur. ETRlarining 
    ikki va uch o‘lchovli ob’ektlarini loyihalash va modellashtirishda, mexanika 
    masalalarini yechishda AutoCAD, SolidWorks, Comsol va Kompas dasturlari 
    imkoniyatlaridan ham keng foydalanish tavsiya etiladi. Amaliy masalalarni yechish 
    va hisoblash-grafik ishlarini bajarishda MathCAD va Matlab dasturlarini qo‘llash 
    maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
    Shu bilan birga, Internet-resurslar yordamida ETRni loyihalash mumkin. 
    Internet imkoniyatlari hozirda imkon qadar interfaol va foydalanishga qulay bo‘lib 
    bormoqda. Internetdan foydalanish shakllari va usullari ta’limda katta imkoniyatlar 
    yaratmoqda, ularning pedagogik salohiyati zamonaviy axborot dunyosida muhim 
    ahamiyatga ega. Zamonaviy Internet resurslari ETRni loyihalash imkonini beruvchi 


    13 
    Web 2.0 xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Web 2.0 - bu Internet foydalanuvchilariga 
    axborotni qabul qiluvchi va uning yaratuvchisi bo‘lish imkonini beruvchi xizmatlar 
    platformasidir. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar va Internet manbalarini tahlili ETRni 
    loyihalash bo‘yicha eng istiqbolli xizmatlarni aniqlash imkonini berdi (2-rasm). 
    2-rasm. ETRni loyihalash uchun Web 2.0 servis xizmatlari 
     
    Tadqiqot ishimizda ushbu xizmatlardan foydalanib, o’quv mashg’ulotlarini 
    loyihalashga alohida e’tibor berildi.
    Interfaol plakatlar, sxemalar - bu interfaol navigatsiyaga ega bo’lgan, 
    grafika, matn, ovoz va video kabi ko’rgazmali ko’rinishlardan foydalanish orqali 
    turli idrok organlariga yuqori darajadagi ta’sirni ta’minlaydigan yangi avlod 
    EТRlardir. Darsda va mustaqil ishlarda interfaol plakatlar va sxemalardan 
    foydalanish turli faoliyat shakllarini tashkil etish imkonini berdi. 
    Vaqt tasmalari - bu vaqt-hodisalar qatorini yaratish uchun ishlatiladigan 
    xizmatlar. Har qanday hodisaning xronologik tartibini taqdim etish zarur bo’lsa, turli 
    fanlarni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan qonuniyatlar vaqt shkalasiga 
    joylashtitiladi. Bunday tasmalarga nafaqat matnli sharhlar, balki rasmlar, 
    fotosuratlar va videolar ham qo’shilishi mumkin. Olingan vaqt tasmalarini HTML 
    kod yordamida veb-sayt yoki blog sahifasiga joylashtirish mumkin. Vaqt tasmasini 
    yaratishda bir nechta manbalardan foydalanish mumkin. Ularga misol sifatida 
    TimeRime, Timeline onlan servislarini keltirishimiz mumkin. 

    Download 2,39 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ds

    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish