• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanishning nazariy asoslari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/37
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,39 Mb.
    #153058
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
    Bog'liq
    1685441947426117daraja (1)

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta 
    xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 


    10 
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami
    32 ta ilmiy – uslubiy ish chop etilgan, shulardan 12 ta maqola, jumladan, 7 tasi 
    respublika va 5 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan. Shuningdek, ishlab chiqilgan 
    dasturiy mahsulotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektaul mulk agentligidan 
    6 ta mualliflik guvohnoma olingan va 2 ta o‘quv qo‘llanma chop qilingan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy 
    xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, ishning 
    umumiy hajmi 130 sahifani tashkil etadi. 
    DISSERTASIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, 
    muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlil etilgan, tadqiqot maqsadi va vazifalari, 
    ob’ekti hamda predmeti aniqlangan, tadqiqotning usullari, ilmiy yangiligi va amaliy 
    natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy 
    ahamiyati asoslab berilgan hamda tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy 
    etilganligi, e’lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    Dissertatsiyaning birinchi bobi “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron 
    ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanishning nazariy asoslari” deb 
    nomlangan bo‘lib, unda umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRan foydalanish holati 
    va muammolari, umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRning innovatsion sifatlari va 
    ulardan foydalanish imkoniyatlari, ETRni yaratish nazariyasi va texnologiyasi 
    haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. 
    Shu bilan birga, ETR, ta’limni axborotlashtirish, zamonaviy axborot 
    texnologiyalari kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati asoslangan. ETRlarini 
    ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanishning pedagogik asoslarini tahlil 
    etishga e’tibor qaratilgan. 
    Shuningdek ushbu bobda “Amaliy mexanika” fanidan ishlab chiqilgan 
    ETRlarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha ish olib borish, jumladan 
    talabalar bilimlarini nazorat qilish uchun turli murakkablikdagi interfaol 
    topshiriqlar, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun virtual stendlar ishlab 
    chiqish, hisoblash grafik ishlari va kurs loyihalarini bajarishda hisoblovchi, 
    loyihalovchi va modellashtiruvchi dasturiy vositalardan foydalanish, ETRning 
    multimedia imkoniyatlarini takomillashtirish va kengaytirish, animatsion 
    materiallarni ko‘proq ishlab chiqish zarurligi aniqlandi va ETRlarini yaratish 
    texnologiyasi ko‘rsatib o‘tildi. 
    Zamonaviy ta’lim tizimida interfaollikni ta’minlaydigan ilg‘or yo‘nalishlardan 
    biri va didaktik vositasi ETRlari bo‘lib hisoblanadi. Olib borilgan tahlillar 
    ko‘rsatadiki, ETRlari oliy kasbiy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib, ular fanning 
    nafaqat nazariy tashkil etuvchilarini o‘zlashtirish uchun, balki amaliy mashg‘ulot va 
    tajriba ishlarini bajarishda, ayniqsa mustaqil ta’limda keng qo‘llaniladi. 
    ETR uslubiy maqsadlariga ko‘ra o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy 
    vositalar, trenajyorlar, axborot - qidiruv dasturiy tizimlar, axborot - ma’lumotnoma 
    dasturiy vositalari, veb-kvestlar, H5P interfaol elementlari, virtual stendlar, 


    11 
    modellashtiruvchi dasturiy vositalar, immitatsion, namoyishli va o‘quv-o‘yinli 
    dasturiy vositalar bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
    Izlanishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, talabalarda umumkasbiy bilim, ko‘nikma va 
    malakalarini samarali shakllantirishni ta’minlaydigan ETRning yangi avlodini 
    yaratish va ulardan o‘quv jarayonida foydalanishning ilmiy asoslangan tizimini 
    ishlab chiqish – o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biridir.
    Shu o‘rinda, yaratilayotgan ETRning interfaolligi va multimedia boyligini 
    hisobga olish juda muhim, chunki talabalar ixtiyorida poligrafik darsliklar to‘plami 
    bor va bu darsliklarning elektron variantdagi nusxasi uning qiziqishini uyg‘otishi 
    dargumon. Ma’ruza yoki darslik faqat ma’lumot beradi. ETR nafaqat axborotni 
    olish, balki uni qayta ishlash, uzatish, o‘zgartirish, shuningdek amaliy 
    mashg‘ulotlarda qo‘llash va o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyatlariga ega. 
    Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv jarayonida aynan ETRlaridan 
    foydalanish o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida innovatsion g‘oyalarni amalga 
    oshirish, ta’limni individuallashtirish va axborotlashtirish, har bir talaba uchun 
    individual ta’lim trayektoriyasini belgilab berish, o‘quv jarayoniga kompetentli 
    yondoshuv prinsiplarini joriy etish va ta’lim oluvchilarning faolliligini oshirish
    imkonini beradi. 
    Biz 
    tomondan 
    texnika 
    oliy 
    ta’lim muassasalarining bakalavriyat 
    yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Amaliy mexanika” fanidan ETR yaratish va ularning 
    ta’lim va tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga qay darajada muvofiq 
    kelishini aniqlash va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib 
    borildi.
    Shuni ta’kidlash joizki, barcha umumkasbiy fanlar ichida “Amaliy mexanika” 
    fani alohida ajralib turadi, сhunki, “Amaliy mexanika” alohida bo‘lim sifatida 
    “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Mashina detallari” kabi mustaqil 
    predmetlarni birlashtiradi. Mexanikada tabiiy va maxsus fanlarni o‘zlashtirish uchun 
    zarur bo‘lgan fundamental tushunchalar va qonunlar o‘rganiladi. 
    Fаnni o’qitishdа о‘quv jarаyonining muhim tаshkil еtuvchisi tаlabaning 
    motivаtsiyasi, o’zlаshtirishga intilishi, mаshg‘ulоtlarda faоlligi, sаmarali mustаqil 
    ishi hisоblаnadi. Bugungi kunda padagogning talabalar bilan ishlashi jarayonida
    faqat an’anaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash yetarli emas. Shuning uchun 
    о‘qitish jarаyоnida innоvatsion tа’lim texnologiyаlarini, jumlаdan kompyutеrli 
    о‘qitishning аsosini tаshkil etаdigan elеktron tа’lim resusrlаrini jоriy etish zаruriyati 
    mаvjud. 
    O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, “Amaliy mexanika” fanidan ishlab 
    chiqilgan ETRlarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha ishlarni olib borish 
    maqsadga muvofiqdir, jumladan: 

    ETRning multimedia imkoniyatlarini takomillashtirish va kengaytirish 
    bo‘yicha ishlar - video ma’lumotlarini kiritish, mexanizmlarning animatsion 
    modellarini ishlab chiqish, interfaol topshiriqlar va vizual taqdimotlarni yaratish; 

    amaliy mashg‘ulot topshiriqlari va hisoblash-grafik ishlarni bajarish uchun 
    dasturiy vositalar va o‘rgatuvchi - trenajyor dasturlar ishlab chiqish, avtomatik 
    loyihalash va modellashtirish dasturlari orqali berilgan vazifani bajarishni 


    12 
    tushuntiruvchi video darslarni yaratish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish 
    uchun virtual stendlar ishlab chiqish;

    mustaqil ta’limni samarali tashkil etish metodik ta’minotini yaratish, 
    individual topshiriqlarni ishlab chiqish, ularni tushuntirish va qabul qilish uchun 
    ta’lim platformalaridan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish.
    Tahlillarga asoslanib shuni aytish mumkinki, ETRlarini yaratishning universal 
    texnologiyasi mavjud emas. ETRni ishlab chiqish va ta’lim jarayonida qo‘llash 
    bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish bizga ularni ishlab chiqish va 
    joriy etishning quyidagi texnologiyasini tavsiya qilish imkonini berdi (1-rasm). 

    Download 2,39 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish