15
o’zlashtirishni baholashning asosiy mezoni nazariy materiallarni taqdim etish emas,
balki olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni ko’rsatishdir.
H5P va
Learningapps pedagogik tizimlari Interfaol o’qitish vositalari
bo’lib,
turli ko‘rinishdagi ko‘plab interfaol kontentlarni yaratish imkonini beradi, ularni biz
o‘yin, multimedia shaklidagi va savol formatidagi toifalarga ajratamiz.
H5P tizimidan foydalanib, “Amaliy mexanika” fani bo‘yicha “Xotira o’yini”,
“Krossvord”, “Interfaol video” va boshqa ko’plab interfaol ko‘rinishdagi
topshiriqlar yaratildi.
Learningapps.org - bu turli fanlar bo‘yicha interfaol o‘quv qo‘llanmalarini
yaratish xizmati bo‘lib, u har xil murakkablikdagi ETRni va bilimlarni tekshirish
uchun turli ko‘rinishdagi testlarni, interfaol mashqlarni yaratish imkonini beradi.
Ushbu tizimidan foydalanib, talabalarni “Amaliy mexanika” fani o’quv
mashg’ulotlaini mustahkamlash uchun bir nechta interfaol mashqlar ishlab chiqildi.