|
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishiBog'liq 1685441947426117daraja (1)Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumkasbiy fanlarni o’qitishda
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va foydalanish metodikasini
takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan metodik, amaliy taklif va tavsiyalar
asosida:
elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan
foydalanib o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish individual va jamoaviy ehtiyojlar asosida
o‘qitishga yo‘naltirishga oid metodik tavsiyalar “Amaliy mexanika” hamda “Texnik
mexanika” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 89-05-151-son ma’lumotnoma). Mazkur
o‘quv qo‘llanmalar OTM o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat
qilgan;
axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanib “Amaliy
mexanika” fanidan talabalarning yangi o‘quv materialini o‘rganishi, bilimlarini
umumlashtirishi va tizimlashtirishi, shuningdek malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirish metodikasini aralash ta’limning (Blended Learning) “Online Driver”,
“Flipped learning” va “Online Lab” modellariga ustuvorlik berish orqali
takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar “AIF 2/20-Shaxsga
yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha
malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini
yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi xalqaro loyihasini amalga oshirishda
foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 89-
05-151-son ma’lumotnoma). Mazkur taklif va tavsiyalar OTM uchun o‘qitish
mazmunini takomillashtirishga yordam bergan;
bulutli texnologiyalar, Web 2.0 servis xizmatlari va H5P tizimining
multimediali axborot tizimida yaratilgan elektron ta’lim resurslaridan foydalanish
bilan bog‘liq metodik tavsiyalar va takliflaridan 610170-EPP-1-2019-1-ES-
EPPKA2-CBFIEJP ELBA – “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis”
bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish”
(2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda
foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 noyabrdagi 89-
05-151-son ma’lumotnoma). Mazkur materiallar talabalarning mustaqil ta’limini
samarali tashkil qilishga xizmat qilgan.
|
| |