|
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqotBog'liq 1685441947426117daraja (1)Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot ishi
xalqaro jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan akademik innovatsiyalar
fondining AIF 2/20- “Texnik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga
yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali muhandislarni tayyorlash
sifatini va o‘qituvchilar malakasini oshirish“ mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida
bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi umumkasbiy fanlarni o’qitishda elektron resurslarini
ishlab chiqish va ulardan foydalalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
muammoning ishlab chiqilganlik darajasi tahlili asosida elektron ta’lim
resurslarini ishlab chiqish va foydalanishni, raqamli ta’lim texnologiyalaridan
foydalanib o‘quv dasturlarini o’zlashtirishni, mashg‘ulotlarning adaptivlik
darajasini umumkasbiy bilimlarning ehtiyojlari va xususiyatlariga bosqichma-
bosqich moslashtirib borish;
“Amaliy mexanika” fanidan elektron ta’lim resurslarini yaratish va foydalanish
modeli, uning protsessual-metodik, texnologik hamda mezonli baholovchi
komponentlarini virtual muhit sharoitiga moslashtirish;
axborot-ta’lim muhitida elektron ta’lim resurslaridan foydalanib “Amaliy
mexanika” fanidan talabalarning malaka va ko’nikmalarini shakllantirish
metodikasini takomillashtirish;
“Amaliy mexanika” fanining amaliy va tajriba ishlarini bajarishda
sub’ektlarning interfaol muloqotini va talabalarning axborot o‘quv faoliyatini
ta’minlaydigan elektron ta’lim resurslari ishlab chiqish, qo’llash hamda ularning
samaradorligini tajribada aniqlash.
Tadqiqot ob’ekti umumkasbiy fanlarni ETR asosida o’qitishda bo’lajak
muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni.
Tadqiqot predmeti texnika yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida
umumkasbiy fanlarni ETRdan foydalanib o‘qitish shakllari, metodlari va vositalari.
|
| |