9
rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli va pedagogik texnologiyalarni
joriy etish va umumkasbiy fanlarni elektron ta’lim resurslaridan foydalanib o‘qitish
metodikasi va axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, muallif tomonidan “Amaliy
mexanika" fanini o‘rganish bo‘yicha elektron darsliklar, interfaol o‘quv dasturlari,
laboratoriya ishlarini bajarish
uchun virtual stendlar, elektron bilimlar bazasi,
kompyuterli sinovdan o‘tkazish dasturi, o‘qitish vositalaridan
foydalangan holda
texnik muammolarni modellashtirish texnikasi, elektron masalalar to‘plami ishlab
chiqilgan va joriy etilgan.