• “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasi”
  • Boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ds




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/37
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,39 Mb.
    #153058
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
    Bog'liq
    1685441947426117daraja (1)

    Interfaol taqdimotlar. Taqdimotlarni yaratish eng keng tarqalgan 
    vazifalardan biri bo’lib, konferensiyada nutq so’zlash, yangi loyihani himoya qilish, 
    ma’ruzalarni tayyorlash, biron bir muhim harakatni taqdimotlarsiz bajarib 
    bo’lmaydi. So’nggi paytlarda taqdimotlar yaratish uchun ko’plab yangi dasturlar 
    paydo bo’ldi. Prezi.com - bu yangi uslubda - masshtablash texnologiyasi (zoom 
    texnologiyasi) uslubida interfaol taqdimot yaratishingiz mumkin bo’lgan xizmatdir. 
    Butun taqdimot - bu taqdim etilgan ob’ektlar joylashgan bitta katta virtual muhit. 
    Unda matnlar, rasmlar, videolar, Flash animatsiyasiyalarini joylashtirish mumkin. 
    Prezi nochiziqli tuzilishga ega yangi turdagi taqdimotlarni yaratishga imkon beradi. 
    Tadqiqotning 
    “Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda elektron ta’lim 
    resurslaridan foydalanish metodikasi” deb nomlangan ikkinchi bobida
    umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRdan foydalanish jarayoni modeli, “Amaliy 
    mexanika” fanidan talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini ETRdan foydalanib 
    tashkil etish va “Amaliy mexanika” fanini o‘qitishda ETRdan foydalanish 
    metodikasi bayon etilgan. 
    Izlanishlar natijasida umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRni yaratish va 
    ulardan foydalanish modeli ishlab chiqildi va uning har bir komponenti mazmuni 
    ochib berildi (3-rasm).
    Ishlab chiqilgan model to‘rtta o‘zaro bog‘liq bo‘lgan mazmun-maqsadli, 
    protsessual-metodik, texnologik va natijaviy bloklardan tashkil topgan. 
    Mazmun-maqsadli blok davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida muhandislarni 
    tayyorlashga qo‘yilgan talablar, ularning malaka talablari, xususan umumkasbiy 
    fanlarga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda belgilangan. Unda ETRdan 
    foydalanib talabalarning o‘quv, tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirish 
    maqsadlarini belgilab berishi, shuningdek modelning boshqa bloklari mohiyatini 
    ochib berishi bilan bir qatorda, ularni yaxlit tizimga birlashtirishi ko‘rsatilgan. 
    Protsessual – metodik blok ETRlaridan foydalanib umumkasbiy fanlarni 
    o‘qitish jarayoni, ETRlarini yaratish jarayonini pedagogik loyihalash, umumkasbiy 
    fanlardan sanalgan “Amaliy mexanika”ni ETR asosida o‘qitishni tashkil etish 
    metodlari, shakllari va vositalarini tanlash va ulardan samarali foydalanishni 
    nazarda tutadi.


    16 

    Download 2,39 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ds

    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish