• XULOSALAR
  • Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/37
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,39 Mb.
    #153058
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
    Bog'liq
    1685441947426117daraja (1)

     
    Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining 
    statistik natijalari 
    2-jadval
    t/r 
    Ko‘rsatkichlar 
    Tajriba guruhi 
    Nazorat 
    guruhi 

    O‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi 
    (
    𝑥,
    ̅ 𝑦̅) 
    3.90 
    3.40 

    Samaradorlik ko‘rsatkichi 

    1.14 

    Xi-kvadrat statistik mezon 

    2
    45.07 

    Ko‘rsatkichlar xulosasi 
    H
    1
    gipoteza qabul qilinadi 
    Tadqiqot davomida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari yakunida tajriba guruhlari 
    talabalarining fanlarni o‘zlashtirganlik darajalari nazorat guruhi talabalarinikiga 
    nisbatan 14 % ga yuqori ekanligi matematik-statistik metoddan foydalanib 
    isbotlandi. 
    Xulosa qilish mumkinki, ETRdan foydalanib o‘qitish jarayonini tashkil etish 
    talabalarda ta’lim olishga motivatsiyani oshirdi, bilim olish va bilishning yangi 
    usullarini egallashga, o‘qishga ongli munosabatda va ta’limda faol bo‘lishga rag‘bat 
    uyg‘otdi, ularning intellektual rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, o‘quv faoliyati 
    samaradoligini oshirdi. 
    XULOSALAR 
     
    1. Umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRni ishlab chiqish va ulardan 
    foydalanish metodikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar tadqiq qilinib, 
    mamlakatimizda ulardan foydalanish darajasi hamda shunga yaqin mavjud 
    ishlarning qiyosiy tahlili natijalari, shuningdek tajriba sinov ishlarining dastlabki 
    bosqichida talaba va o‘qituvchilardan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib 
    chiqib, umumkasbiy fanlarni o‘qitishda ETRni ishlab chiqish va ulardan foydalanish 
    metodikasini takomillashtirishga zarurat borligi aniqlandi. 
    2. Oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy fanlardan ETRlarini yaratish va 
    ulardan foydalanishning shart-sharoitlarini ilmiy-metodik asoslagan holda o‘zaro 
    bog‘liq holdagi mazmun-maqsadli, jarayonli-metodik, texnologik va natijaviy 
    komponentlarini o‘z ichiga olgan o‘qitish modeli ishlab chiqildi.
    3. “Amaliy mexanika” umumkasbiy fani misolida barcha o‘quv mashg‘ulot 
    turlari bo‘yicha immitatsion texnologiyalar asosida sub’ektlarning interfaol 
    muloqotini va talabalarning axborot o‘quv faoliyatini ta’minlaydigan ETRlari ishlab 
    chiqildi. Unga misol qilib videoma’ruzalar, taqdimotlar, glossariy, H5P va 
    Learningapps tizimlarida yaratilgan interfaol topshiriqlar, hisoblash-grafik ishlari va 
    amaliy mashg‘ulot masalalarini yechishni o‘rgatuvchi trenajyor dasturlar, 


    24 
    laboratoriya ishini bajarish uchun virtual stendlar, test nazorati tizimi, mustaqil 
    ishlarni bajarish bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma kabi ETRlarini aytishimiz 
    mumkin. Ushbu yaratilgan ETRlari “Amaliy mexanika” umumkasbiy fanining 
    axborot-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
    4. O‘quv jarayonida aynan ETRlaridan foydalanish o‘qituvchilarning 
    pedagogik faoliyatida innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, ta’limni 
    individuallashtirish va axborotlashtirish, har bir talaba uchun individual ta’lim 
    trayektoriyasini belgilab berish va ta’lim oluvchilarning faolliligini oshirish 
    imkonini beradi. 
    5. “Amaliy mexanika” fanini ETR asosida o‘qitishni tashkil etish metodlari 
    sifatida talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan va 
    ularning mustaqil va ijodiy faoliyatini faollashtirishga xizmat qiladigan tadqiqotli, 
    evristik, muammoli, interfaol metodlar hamda aralash ta’lim shakli modellari 
    belgilab berildi. Axborot-ta’lim muhitida ETRdan foydalanib talabalarning “Amaliy 
    mexanika” fanidan yangi o‘quv materialini o‘rganishi, bilimlarini umumlashtirishi 
    va tizimlashtirishi, shuningdek malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi 
    takomillashtirildi. 
    6. Mexanika amaliy vazifalari va topshiriqlarini yechishda, katta hajmli hisob-
    kitoblarni bajarishda, shuningdek real texnologik jarayonlarni modellashtirishda 
    SolidWorks, MathCAD dasturlari imkoniyatlari va afzalliklari yoritib berildi.
    7. O‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijasida, ishlab chiqilgan ETRlari va 
    zamonaviy interfaol o‘qitish metodlari yordamida ta’lim jarayoni amalga 
    oshirilganida tajriba guruhining bilim darajasi ko‘rsatkichlari oshgani kuzatildi. 
    Tajriba guruhlarida “yuqori” va “o‘rta” baho olgan talabalar soni ortgan, “quyi” va 
    “past” baho olganlar soni nazorat guruhlariga nisbatan kamaygan, natijada ta’lim 
    samaradorligi 14 foizga oshgan. Bu, ETRning zamonaviy turlari ishlab chiqilganligi 
    va ulardan foydalanib o‘qtish metodlari to‘g‘ri tanlanganligidan dalolat beradi. 
    Olingan nazariy va amaliy natijalar asosida quyidagi amaliy tavsiyalar berildi: 
    - “Amaliy mexanika”dan turli masalalar va topshiriqlarni yechish, hisoblash-
    grafik ishlarni bajarishda axborot texnologiyalarining zamonaviy dastur 
    vositalaridan (COMSOL, SolidWorks, Kompas-3D, MathCAD, Matlab) 
    foydalanish tavsiya etiladi, shu bilan birga ulardan foydalanish bo‘yicha uslubiy 
    ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi lozim. 
    - umumkasbiy fanlarni o‘qitishda eng zamonaviy ETRlarini ishlab chiqish va 
    ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun seminar treninglar, master-
    klasslar o‘tish, shuningdek ETRlarini yaratish bo‘yicha o‘rgatuvchi videodarslarni 
    yozish, yetkazish va fikr almashish maqsadga muvofiq. 
    - umumkasbiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor 
    qaratilishi lozim. Mustaqil ishlarini tashkil etishning eng samarali vositasi LMS 
    Moodle tizimi ekanligi ko’pchilik tomonidan ta’kidlanlar. Ushbu tizimning 
    kоmmunikatsion imkоniyаtlari о’qituvchiga tаlabalarning ishlаrini tеzda qаbul 
    qilish, ulаrni kо’rib chiqish, xаtolarni tuzаtish va qаyta kо’rib chiqishgа yubоrish 
    imkоnini berаdi.



    Download 2,39 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining

    Download 2,39 Mb.
    Pdf ko'rish