yilda mashhur matematik Djon fon Neyman




Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/70
Sana08.12.2022
Hajmi1.57 Mb.
#33694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni mal
kurs ishi, 5-lekciya CifrlıinfXızmeti, 11 O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar, 10-ámeliy, 11-sinf-informatika-test-3(1), Sagidullaev Atabek Insan h Kompyuter, 2. Texnologiya darslarini tashkil etishning zamonaviy shakl, usul, vositalari, Web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar. Reja, 5-amaliyQoziboyeva, kompleks o\'zgaruvchili funksiyalar741558, 2-ILOVA, 16, 5-sinf Adabiyot 2023-2024 .docx 1
1945 yilda mashhur matematik Djon fon Neyman kompyuter yaratish 
uchun hamkorlikka chaqiriladi va shundan keyin u kompyuter tuzilishining 
umumiy printsiplari qanday bo’iishini e’lon qiladi. 
Mazkur printsip asosida kompyuter quyidagi qurilmalardan iborat bo’iishi lozim: 
a) arifmetik-logik qurilma – arifmetik-logik amallarni bajarish uchun ;
b) boshqaruv qurilmasi – programma bajarish jarayonini boshqaradi; 
v) xotiralovchi qurilma yoki xotira – programma va ma‘lumotlarni saqlaydi;
g) tashqi qurilma – ma‘lumotlarni kiritadi va chiqaradi. 
Mazkur qurilma orasidagi aloqalarda yakka chizik – boshqaruvni, juft 
chiziklar – ma‘lumotli bog’lanishlarni bildiradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, usha 
vaqtdan hozirgi kungacha yaratilayotgan kompyuterlarning aksari fon Neyman 
printsipi asosida yaratilayapti.
Shunday qilib, 1949 yilda fon Neyman printsipiga asoslangan birinchi 
kompyuterni ingliz olimi Moris Uilki yaratdi va kompyuterlar erasi boshlandi. 
Kompyuterlarning rivojlanishida uning element bazasi o’zgarishi lozim edi. 
Chunki 1940 – 50 yillarda yaratilgan kompyuterlar tarkibini elektron lampalar 
tashkil etardi. Shu sababdan bu kompyuterlar katta hajmda bo’lib, joylashtirish 
uchun katta zallar kerak bo’lardi. Misol uchun, 1953 yilda yaratilgan BESM – 1 
kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3 x 5 metr hajmdagi maydonda 
joylashgan, tezligi sekundiga 7000 – 8000 amal bo’lib, xotirada 4096 bayt 
ma‘lumotni joylay olardi(Pentium turidagi hozirgi zamon kompyuterida operativ 
xotira – bir necha Gigabaytni tashkil qiladi).


15 
Insoniyatda rivojlanishga intilish bo’lgani uchun 1948 yilda tranzistorlar 
paydo bo’ldi. Tranzistorlarni elektron lampalar o’rniga ishlatish mumkinligi 
aniqlangach, kompyuter qurilmalarida ham foydalanila boshlandi. Natijada,
Amerikada, 1965 yilda PDP8 nomli tranzistorlar negizida birinchi 
minikompyuter (so’ngra mashxur PDP - 11) yaratilgan edi. Bunday mashinilarning 
analoglari (uxshashlari) ni SM – 3, SM – 4, SM – 1420 nomda Respublikamizning 
ko’pgina hisoblash markazlarida uchratish mumkin. 
1959 yilda Intel firmasining ta‘sischisi Robert Noys kremniyning kichkina 
plastinasida tarnzistorlar bo'glash usulini ixtiro qilib, integral sxemalar yoki chiplar 
asrini boshlab berdi. Shunday chiplarga asoslanib, keyin yaratilgan kompyuterlar
shartli ravishda uchinchi bosqich kompyuterlari deb atala boshlandi.
Integral sxemalarga asoslangan birinchi kompyuter 1968 yilda Burroughs 
firmasi tomonidan yana AQShda yaratildi. Respublikamizning ko’pgina statistik 
organlardagi EC – 1055, 1060 turidagi kompyuterlar uchinchi bosqich 
kompyuterlariga misol bo’ladi.
1971 yilda Intel firmasida integral sxema asosida birinchi mikroprotsessor 
yaratildi, u o’zining 3 sm li hajmi bilan ENIAC gigant mashinasidan ishchan va 
tezkor edi. Avvaliga Intel – 4004 (4 razryadli) mikroprotsessori , so’ng 1974 
yildagi Intel 8080 mikroprotsessori yaratildi, u hozirgi kunda ham Shaxsiy 
kompyuter industriyasining standarti hisoblanadi.
Mikroprotsessorlar avvaliga kalkulyatorlar va maxsus qurilmalarda ishlatila 
boshlandi. Sungra esa kompyuterlar tarkibiga kiritildi va 1975 yilda keng ommaga 
muljallangan birinchi «Altair - 8800» Shaxsiy kompyuterlarga qiziqish ortdi. 
Microsoft firmasini tashkil etgan Pol Allen va Bill Geyts «Altair» uchun 
Basic tili interpretatorini yaratdilar. Bu programmadan yozish, muloqot qilish 
osonligini ko’rgan iste‘molchilarda Shaxsiy kompyuterlarga qiziqish ortdi.
Faqat ulkan EHMlar chiqarish bilan mashg’ul bo’lgan IBM (Intenational Bisiness 
Machines Corporation) firmasi, Shaxsiy kompyuterlar bozoriga keyinrok e‘tibor 
berdi. 1981 yildan boshlab, IBM firmasi ham Shaxsiy kompyuter ishlab 
chiqarishni yo’lga quydi. IBM firmasi Intel – 8088 nomli 16 razryadli 


16 
mikroprotsessor bazasida IBM PC (ay- bi –em pi- si , deb uqiladi) Shaxsiy 
kompyuterini yaratdi. Bu kompyuterning programma ta‘minotini yaratish 
Microsoft firmasiga topshirildi, natijada bir– ikki yilda IBM PC boshqa firma 
Shaxsiy kompyuterlarini siqib chiqardi. 
Birinchi Shaxsiy kompyuterlar AQSHda Stiv Jobs va Stiv Voznyaklar 
tomonidan yaratilgan bo’lib, unga APPLE deb nom quyishgan. Bozorga esa 1-
SHK lar 1977 yilda chiqarilgan. Lekin 1981 yilda IBM firmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan ShK lar hozir butun dunyoni qamrab oldi. 

Download 1.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish