|
Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi
|
bet | 89/185 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 7,07 Mb. | | #99720 |
Bog'liq Bolalarning matematik tasavvurlarini shakilantirish O\'qitish materiallariMavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish.
Reja
1. Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqida ma’lumot.
2. Kichik guruh yoshidagi bolalarni sodda geometrik shakllar haqida.
Kichik guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqida ma’lumot.
Geometrik figuralar to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlarni bolalar o‘yinlarda oladilar. 0‘quv yilining boshida guruhga sharlar to‘plami, qurilish materiallari, geometrik shakllar va boshqalar olib kiriladi.
Bolalar zehnini boyitish, ularda turli shakllar haqida tasavvur hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Ilk yoshdagi guruhlarda bolalar shar va kubni bir-biridan farq qilishga o‘rgatilgan edi. Biroq, ba’zi
bolalar ikkinchi kichik guruhga birinchi marta keladilar, shuning uchun ishni shar va kub bilan tanishtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
U harakat jarayonida gapirib turadi: «Shar yumalayapti. Men shami u qo‘limdan bu qo‘limga yumalatib o‘tkazdim», — deydi. Har bir bolaga shar olish va xuddi shunday harakatlar qilish
taklif etiladi. Keyin har qaysi kichkintoydan uning olgan shari qanday rangdaligini, yumalaydimi yoki yumalamaydimi, — deb so‘raydi va xulosa qiladi: «Jasurda qizil shar, u yumalaydi. Nigorada havo rang shar, u yumalaydi, Sheralida—yashil, u ham yumalaydi. Sharlar yumalaydi». Bolalar narsalar shaklini tekshirib ko‘rish tajribasiga ega bo‘lganliklari sababli ularga birdaniga turli hajmdagi kubiklaming modellari beriladi. Pedagog (tarbiyachi) avval kubikni
ko‘rsatadi va nomini aytadi. Key in esa, turli kattalikdagi ikki kubikni ko‘rsatib: «Bular nima? Kubiklar qanaqa rangda? Qaysi kub katta (kichik)?», — deb so‘raydi. Bolalar kubikni ushlab ko‘radilar, qirralari bo‘ylab barmoq yurgizib chiqadilar, qo‘llari orasiga
oladilar, yumalatib ko‘radilar, uning turg‘unligiga ishonch hosil qiladilar.Ular kichik kubikni kattasining ustiga qo‘yadilar, boshqa narsalar orasidan kubiklami tanlab oladilar, ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar va hokazo.
Shaklni ko‘rish va his qilish, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma-xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning xossalarini va harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. So‘ngra bu figuralar modellarini taqqoslash va guruhlarga ajratish mashqlari o‘tkaziladi.
Kichkintoylarga bir nechta shar va kubning juftini namunaga qarab topish yoki tanlab olish taklif qilinadi: «Kub (shar)ni ko‘rsat (3—4 figura orasidan)». «Shu rangda (kattalikda)gi shar (kub)ni top». Bunday holda shar va kublar bir-biridan rangi va katta-kichikligiga qarab farq qilinadi. «Hamma katta kubiklami tanlab ol».
(Kubiklar va sharchalar turli rangga va ikki xil kattalikka ega.) Topshiriqni bajargach, bola juft yoki bir guruh narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni aytadi. («Demak, kubiklar katta».) Kubiklami va sharlarni farqlash narsalarni berilgan belgilari bo‘yicha tenglash (juftlarini tanlash, toqlarini tuzish) taqqoslash mashqlariga kiradi, ya’ni to‘plam haqidagi tasavvurlami shakllantirish ishlari olib boriladi.
Shaklni tanishtirish va tegishli tasawurlarni hosil qilib boorish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun bolalarning yassi figuralar: kvadratlar, doira, uchburchak, to‘g‘ri burchaklaming modellari qo‘yiladigan taxtachalar, fazoviy shakllar: shar, kub, parallelepiped (g‘ishtning ko‘rinishi), uchburchak prizmalari, yashiklar bilan o‘yinlar tashkil etiladi.
Har bir figura faqat o‘z shakliga mos kesik (teshik) va joylanishi (yoki o‘tishi)ni bolalarga ko‘rsatib, tushuntirib beriladi.
(«Sharcha yumaloq, teshikcha ham xuddi shunday yumaloq»). Geometrik figuraiaming modellari jufllab taqqoslanadi. Masalan, doira bilan kvadrat, kvadrat bilan uchburchak, uchburchak bilan doira va hokazo. Shakl belgilarini ajratishga figuralar modellarining muhim bo‘lmagan (mazkur holda) belgilarini (rangi va hajmini) o‘zgartirish yoii bilan erishiladi. Biroq, figuralar birinchi marta taqqoslanayotganda, ko‘rsatish uchun va tarqatma material sifatida rangi hamda hajmi bir xil bo‘lgan figuralar modelidan foydala-
niladi. Keyinchalik bolalarga awal rangi, keyin esa hajmi ham farq qiladigan figuralar beriladi. Savollar orqali bolalar qay darajada mulohaza qilishi hisobga olinadi.
Qaysi shakllarni ko‘ryapsiz? Nomlarini aytib tushuntiring. Kichkintoylami geometrik figuralar modellarining tasviri bo‘ylab barmoq yurgizib chiqish va qo‘1 harakatini ko‘z bilan kuzatishni o‘rgatishga katta e’tibor beriladi.
Tarbiyachi figurani ko‘rsatadi, uning nomini aytadi, xuddi shunday figurani ko‘rsatishlarini boialardan so‘raydi, keyin esa bolalarni «havoda» o‘zi bilan birga harakat qilishga jalb ctib, figura tasvirini ko‘rsatkich barmog i bilan bir necha marta aylantirib chiqadi.
|
| |