• (metallar), yarimo‘tkazgichlar
  • (monokristall)
  • Qattiq jismlar haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 0.84 Mb.
    bet3/10
    Sana01.03.2023
    Hajmi0.84 Mb.
    #43849
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    HUSNIDDIN
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    1.1 Qattiq jismlar haqida umumiy ma’lumotlar.
    Qattiq jisimlar tuzilishi, tarkibi, ularni tashkil etgan zarralari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari, mexanik, elektr, magnit, optik va boshqa xossalari jihatidan turli guruhlarga bo‘linadi.
    Masalan, elektr xossalari bo‘yicha qattiq jismlar yaxshi o‘tkazgichlar (metallar), yarimo‘tkazgichlar va dielektiriklar guruhlarini tashkil qiladi. Magnit xossalari jihatidan esa diamagnit, paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va ferritlar deb ataladigan qattiq jismlar turlari mavjud.
    Qattiq jismlar ularni tashkil qilgan zarralarning joylashish tartibiga ko‘ra kristall va amorf jismlar guruhlariga bo‘linadi. Amorf jismlarni (masalan, shishani) tashkil qilgan atomlar (ionlar, molekulalar)ning joylashishida qat‘iy bir tartib yo‘q. Bundan ularning fazalarini o‘zgartirishida (masalan suyuqlanishida) qat‘iy o‘tish nuqtalari (suyuqlanish xaroratlari) mavjud bo‘lmasliga kelib chiqadi: amorf jismlar bir holatdan ikkinchi holatga uzluksiz o‘tib boradi. Ammo, kristall jismlarni tashkil qilgan atom (ion, molekula)lar joylashishida muayyan tartib mavjud: ma’lum yo‘nalishlarda har qanday ikki qo‘shni atom oralig‘i bir xil. Shuning uchun ham kristall holatdagi qattiq jisimlarning fazalarini o‘zgarishi (suyuqlanish, qotish va xakozo) qat‘iy muayyan haroratda va bosimda sodir bo‘ladi.
    Modda qattiq holatda – kristall yoki amorf shaklda bo‘lishi mumkin.
    Kristallar doimiy shaklga ega, amorf jismlar esa doimiy shaklga ega emas, bu ularning nomlanishidan xam kelib chiqadi, “amorf” yunoncha so‘z bo‘lib, “shaklsiz” degan ma’noni anglatadi. Kristall moddalar bitta yaxlit kristaldan (monokristall) va juda ko‘p mayda kristalchalar (polokristall) va juda ko‘p mayda kristalchalar (polikristallar)dan iborat bo‘lishi mumkin.
    Bir moddaning o‘zi termodinamik sharoitga bog‘liq ravishda kristall yoki amorf holatida bo‘lishi xam mumkin. Masalan: oltingugurt kristall shaklda (sariq rangda) va amorf shaklda (to‘q qo‘ng‘ir rangda) bo‘ladi.
    Kvars – kristall, biroq kvars qumi eritilib, so‘ngra eritma tez sovutilsa, amorf kvars shisha hosil bo‘ladi.
    Metallurgiyada olinadigan temir kristall tuzilishga ega. Biroq, eritmani tez sovutish usuli bilan amorf temir olinadi.
    Moddaning kristall holatini amorf holatidan farqlovchi asosiy belgisi shundan iboratki, kristall moddalar erish holati deb ataluvchi muayyan haroratda suyuq holatga o‘tadi (eriydi). Amorf holatdagi modda isitilganda sekin-asta yumshab borib, so‘ngra suyuq holatga o‘tadi.
    Amorf jism ba‘zi sharoitlarda o‘z-o‘zidan ham kristall holatga o‘tishi mumkin. Bunga oltingugurtni misol sifatida keltirish mumkin. Juda qadimiy binolar oynasi va eskirib ketgan billur idishlar o‘zining yaltiroqlik xususiyatini yo‘qotadi.
    Bunday shishalarni tekshirish natijasida ularda yaltiroqlikning yo‘qolish sababi mayda kristallarchalarning hosil bo‘lishidir.
    Amorf jismlarda atomlarning eng yaqin qo‘shnilari o‘rtasida tartib va davriylik saqlanadi, uzoqlashgan sari tartib va davriyligi buzila boshlaydi. Qancha ko‘p uzoqlashsa, buzilish shuncha kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun amorf jismlarning yaqin tartibi saqlangan va uzoq tartib va davriyligi to‘la saqlanmagan qattiq jismlar deb qabul qilingan.
    Demak materiallar kristall va amorf jismlardan iborat bo‘lib, bir-biridan farq qiladigan xossalarga egadir.

    Download 0.84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qattiq jismlar haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 0.84 Mb.