Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 5,55 Mb.
bet31/32
Sana18.03.2021
Hajmi5,55 Mb.
#13263
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
3-bob yuzasidan xulosalar

  1. O‘smirlarning o‘ziga xos psixologiyasini aniqlashda va oilada olgan tarbiyasi inobatga olingan holda o‘smirlarda emotsional zo`riqish holatini o‘zgarishlari yordamida olish psixologik moduli ishlab chiqildi.

  2. Trening guruhida o‘smirlar bilan nohush holatlarning oldini olish maqsadida, ular o‘rtasida jipslikni, bir birini tushunish, ijobiy ta’sir ko‘rsatishga etibor qaratildi.

  3. Trening guruhida, o‘smir o‘zini qulay va yengil his etish uchun: ishtirokchilarga bo‘lgan ijobiy munosabatni yaqqol ko‘rsatish, har bir ishtirokchining muhimligi; guruhda rahbarlik qilishda demokratiyaga rioya qilish; faol ishtirokchilarini ruhan qo‘llab quvvatlash; o‘smirlarning ijobiy potensial resursiga tayanish; muammoli holatlarda o‘zini tuta bilish va tajriba amlashishning sharoitini yaratishga erishildi.

  4. O‘kazilgan tajribalardan kelib chiqib quyidagi o‘smirlarda salbiy emotsional holatlarini oldini olish psixologik modeli ishlab chiqildi. Psixologik yordam ko‘rsatish maqsadi salbiy emotsional tip diagnostikasi individual psixologik holatdagi o‘smirlar va oilaviy tarbiya tiplari o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan ishlash va metodlarini tanlash emotsional holatda kuzatish o‘smirlarga takroriy psixologik yordam ko‘rsatishni tashkil qilindi.


XULOSA

Mazkur ish jarayonida o‘smirlarining emotsional zo‘riqish holatlari bilan bog‘liq fikr mulohazalar chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi. Ayniqsa, o‘smirlarining mashg‘ulotlar davomida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatlarini oldini olmasak, bu holatlar o‘smirlarimizning o‘quv faoliyatlariga salbiy ta’sir qilishiga amin bo`ldik. Shuningdek, aqliy salohiyatga ega bo‘lgan o‘smir shaxsini tarbiyalashda ham ma’lum kechinmalar hisobga olinishi lozim. Jumladan, intellektual kechinmalar asosida o‘smir bilish jarayonida katta qiyinchiliklarni yengish, uning azoblari va quvonchlarini boshdan kechirish, chinakam baxtiyor bo‘lish, kashfiyot qilish imkonini beradigan haqiqatga nisbatan umumlashgan ishtiyoq tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Haqiqatni qidirish, unga bo‘lgan ishtiyoq pirovard natijada olamda yuz berayotgan barcha narsalarga chuqur hissiy munosabat tug‘dirgan holda uning e’tiqodlari bilan qo‘shilib ketadi, inson aql-idrokining chinakam qudratini qaror toptiradi.

O‘smirlarimizni o‘quv faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi emotsional zo‘riqish holatlarini bartaraf qilishni, ta’lim berish jarayonida intellektual tuyg‘ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish masalasini murabbiylarimiz hamisha dolzarb hisoblashlari darkor. Tadqiqodning natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlardagi emotsional zo‘riqish, shu holatni boshqara olishlariga qarab ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladi.

O‘smirlarda emotsional zo‘riqish holatlarini o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslariga bag‘ishlangan ushbu bob tahlilidan ko‘rinadiki:

Psixologik zo‘riqishlar organizmning turli funksional tizimlaridagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘lsa, uning jadalligi yoki kuchi kayfiyatning buzilishidan tortib, oshqozon yarasi yoki yurak infarktigacha olib kelishi mumkin. O‘quv faoliyati bilan bog‘liq stresslarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, kelajakda bo‘ladigan holatlar – qo‘rqish, stressning yuqori darajadagi tajovuzkorlik, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, depressiv (tushkun) kayfiyat, tinchlik bermaydigan fikrlar, o‘zini ojiz his qilish kabi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkinligi kuzatildi.

Bu o‘z o‘rnida tadqiqot ishimizda ko‘tarilgan muammoni atroflicha o‘rganish lozimligini, bugungi kunda o‘smirlardagi emotsional zo‘riqish holatlarini psixokorreksiya qilish muhim psixologik muammo ekanligini, mazkur muammo bo‘yicha fundamental psixologik tadqiqotlar olib borilishi, chuqur taxlil qilinishi hamda kerakli xulosalar chiqarilishi zarur ekanligini taqozo etadi.

Ishlab chiqilgan psixokoreksiya dasturlari asosan umumiy maktab o‘quvchilariga tegishli bo‘lib, mualliflar tomonidan berilgan psixologik ishlanmalar modeli aynan psixoterapevt dispanseri ro‘yxatida turgan o‘smirlarning psixologik emotsional xulq-atvori buzulishga ko‘p hollarda maktab dezadaptatsiya hollariga qaratilgan.

O‘smirlarning o‘ziga xos psixologiyasini aniqlashda va oilada olgan tarbiyasi inobatga olingan holda o‘smirlarda emotsional zo`riqish holatini o‘zgarishlari yordamida olish psixologik moduli ishlab chiqildi.

Trening guruhida o‘smirlar bilan nohush holatlarning oldini olish maqsadida, ular o‘rtasida jipslikni, bir birini tushunish, ijobiy ta’sir ko‘rsatishga etibor qaratildi.

Trening guruhida, o‘smir o‘zini qulay va yengil his etish uchun: ishtirokchilarga bo‘lgan ijobiy munosabatni yaqqol ko‘rsatish, har bir ishtirokchining muhimligi; guruhda rahbarlik qilishda demokratiyaga rioya qilish; faol ishtirokchilarini ruhan qo‘llab quvvatlash; o‘smirlarning ijobiy potensial resursiga tayanish; muammoli holatlarda o‘zini tuta bilish va tajriba amlashishning sharoitini yaratishga erishildi.



Download 5,55 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 5,55 Mb.