• Ikkinchi usulda
  • To’rtinchi usul
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 2.75 Mb.
    bet50/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
    Birinchi usulda:multimedia–proektor orqali «Tutashmalar» haqidagi ma`lumotlar ekranga chiqarilib, kerakli ko’rgazmalar talabalarga tushuntirildi.

    Bu usulni qo’llaganda,

    a) mavzuni talabalar ongiga etkazish vaqti tejaldi, chunki an`anada tutushma doskaga bo’r bilan chizib tushuntirilardi, unda barcha amallar bir xil rangda, chizg`ich va tsirkulda bajarilganligi uchun talabalar ularni ajratib olishlari va jarayonni tushunishlari qiyinroq kechadi. Elektron ko’rgazmalarda rangning bir–biridan ajratib ko’rsatilganligi talabaning diqqatini tortadi, har bir chiziqni nima ekanligini anglab olishni tezlatdi.

    b) tayyor chizmani ekranga uzatish bilan doskaga chizmani chizish vaqti tejaldi.

    v) qisqa vaqt ichida katta materialni o’zlashtirish imkoni bo’ldi

    Ikkinchi usulda: “Tutashmalar”ga oid elektron ko’rgazmalarni skaner orqali kompyuter xotirasiga o’rnatib, uni printer yordamida slaydga chiqarib oldin ko’rgazmalarni kodoskop yordamida ekranga uzatildi va ekrandagi har bir ko’rgazma tushuntirib berildi;

    Uchinchi usul: elektron ko’rgazmalarni proektorga ulangan video – ko’z orqali ekranga tushirib, ularni kerakli kattalikka va yoritilgan holga keltirib, talabalarga tushuntirildi. (elektron ko’rgazmalar, video – ko’z orqali kompyuterga ulangan televizorda ham ko’rsatilishi mumkin);

    To’rtinchi usul: kompyuter sinfida “Server–kompyuter”ga kompakt diskni o’rnatib, undagi kerakli elektron ko’rgazmalar tanlandi va lokal tarmoqka ulangan boshqa kompyuterlar ekraniga uzatildi. Sinfdagi har bir kompyuter ekranida «Tutashma» mavzusiga oid ko’rgazmalar namoyon bo’ldi. Talabalarning har biri mustaqil ravishda ko’rgazmalar bilan tanishdi, unda yozilgan qoida va formulalarni o’rganishdi. O’zaro fikrlashuvda o’rgangan materiallarini mushohada qilishdi. Har bir ko’rgazma fikrlashuvi o’qituvchi tomonidan to’ldirib borildi.

    Olib borilgan 1– 2 – 3 – 4 – usullardan, 1 – 2 – 3 usullarda faqatgina vaqt tejalgan, katta materialni o’zlashtirish imkoni bo’lgan va talabalar diqqatini ko’proq tortgan bo’lsak, 4 – usulda esa: vaqt tejaldi; katta materialni o’zlashtirish imkoni bo’ldi; talabalar diqqat e`tibori fakatgina mavzuda ya`ni o’z kompyuteri ekranidagi tasvirlarda bo’ldi; mavzu mustaqil o’rganildi; fikrlashuv–munozara orqali fikrlar boyitildi; o’z fikrlarini bayon qilish, o’qituvchi tomonidan yaxshi baho yoki yaxshi olqish olishga intilish paydo bo’ldi.

    Bu bizga “O’zim bajarib, anglab etaman” degan Xitoy maqolini eslatadi. Jumlani shunday davom ettirish mumkin: “Aytsang unutaman, ko’rsatsang eslab qolaman, o’zim bajarib, anglab etaman”.

    Ya`ni bu bilan talabada yanada bilim olish ishtiyoqi oshdi, fanga qiziqishi ortdi, mavzuni o’zlashtirishi tezlashdi, darsning sifat va samaradorligi oshdi.

    Elektron turkumdan foydalanishning ushbu to’rt usuli tasviry san`at va muhandislik grafikasi bakalavr ta`lim yo’nalishi talabalarida qo’llab ko’rildi. Natijalar bu usullar ichida 4 – usul eng ustuvor ekanligini isbotladi, u 3.1.3 – jadvalda olib borilgan tajriba sinov ishlari natijalari keltirildi. Natijalarga ko’ra, nazorat guruhida talabalar soni 21 ta bo’lib, shulardan 8 tasi “5”, 6 tasi “4”, 4 tasi “3” va 3 tasi “2” baho olganlar. O’zlashtirish 85,7 foizni tashkil etdi. Sifat ko’rsatkichi esa 66,7 foizni ko’rsatdi.





    Download 2.75 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




    Download 2.75 Mb.