604
kunda yangi texnologiya elementi boʻlgan interfaol usullardan
keng
foydalanilmoqda.
Boshlangʻich sinf matematik darslarida ilgʻor pedagogik texnologiyadan
foydalanib dars oʻtilsa, oʻqitish jarayoni takomillashadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsiyon texnologiyalar, hamkorlikda
oʻqitish texnologiyalarini oʻquv jarayoniga qoʻllashga qiziqish kundan kun ortib bormoqda. Shu
vaqtgacha an’anaviy ta’limda oʻquvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga oʻrgatilgan boʻlsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib,
tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgandir.
Pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi pedagogik jarayon boʻlib, u oʻquvchi talabaning
ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yoʻnaltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan
natija boʻlishga qaratilgandir.
Hozirda mavjud boʻlgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarini
gapirishdan oldin shuni eslatib oʻtishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks bittagina
omildan, metoddan, tamoyildan foydalanmaydi, ya’ni quyida keltirilgan monotexnologiyalar aslida
mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ular tomoniga qaratilishi natijasida
ularni shu belgilari boʻyicha turlarga ajratiladi. Bu masalaga turlicha yondashuvlar mavjud boʻlib, ulardan
ayrimlarini koʻrsatib oʻtamiz.
Bilish faoliyatini boshqarish boʻyicha pedagogik texnologiyalarning quyidagi turlari ma’lum:
klassik ma’ruza;
texnika vositalari yordamida oʻqitish;