• O‘QUV LUG‘ATLARI VA ULARNING ONA TILI TA’LIMIDAGI AHAMIYATI M. O‘rinova BuxDUPI o‘qituvchisi M. Bozorqulova
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet215/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Adabiyotlar roʻyxati: 
    1. 
    Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion 
    pedagogik texnologiyalar. – T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.
    2. 
    Tolipov Oʻ., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy 
    asoslari. – T.: 2006.
    3. 
    Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion 
    texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog–oʻqituvchilari uchun amaliy 
    tavsiyalar). – T.: Iste’dod, 2008.
    4. 
    Jumаyеv М.E., Z.G.Tadjiyeva. Bоshlаngʻich sinflаrdа mаtеmаtikа oʻqitish 
    mеtоdikаsi. –  Т.: “Fan va texmologoya”, 2005. 
    5. 
    Jumаyеv М.E. Mаtеmаtikа oʻqitish mеtоdikаsidan praktikum. – Т.: 
    “Oʻqituvchi”, 2004

    O‘QUV LUG‘ATLARI VA ULARNING ONA TILI TA’LIMIDAGI 
    AHAMIYATI 
    M. O‘rinova
    BuxDUPI o‘qituvchisi 
    M. Bozorqulova
    BuxDUPI talabasi 
    Hozirgi kunda o‘zbek tilining o‘quv lug‘atlari ona tili ta’limida muhim 
    ahamiyat kasb etmoqda, ularni tuzish esa leksikografiyaning alohida tarmog‘iga 
    aylanmoqda. Buning sababi shuki, lug‘at til va olamning dunyoqarash bilan 
    bog‘liq manzarasi haqidagi bilimlarni umumlashtirish va qayd qilishning eng qulay 
    shakli bo‘libgina qolmay ta’lim berishning eng muhim vositasi hamdir. Modomiki 


    608 
    o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi 
    ekan, ularni turli lug‘atlar bilan tanishtirish va bu lug‘atlardan foydalanish 
    malakalarini shakllantirish muhim masala hisoblanadi. Lug‘at imlo savodxonligini 
    oshirish, so‘z boyligini oshirishning muhim manbayi, o‘quvchining asosiy 
    maslahatchisidir. 
    O‘quv lug‘ati nima? O‘quv lug‘atchiligining umumiy (akademik) 
    lug‘atchilikdan farqi nimada? O‘quv lug‘atchiligi akademik lug‘atchilikka nisbatan 
    kichik shakllar va ko‘proq ta’limiy yo‘naltirilganlikka ega bo‘lgan lug‘atchilik 
    sifatida ta’riflanadi. O‘quv lug‘atlari o‘qish - o‘qitish maqsadi bilan tuziladi, 
    talabalar yoki maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallanadi. Bunday lug‘atlar 
    tanlangan leksik materialning hajmi, tanlash yo‘li, muayyan o‘quv dasturini 
    nazarda tutishi, o‘quvchi kitobxonlarning bilim darajasini hisobga olishi kabi 
    xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
    Biroq ba’zan “o‘quv lug‘atchiligi” tushunchasining hajmi kengaytiriladi: 
    unga faqat maxsus o‘quv lug‘atlari (kichik hajmdagi) emas, darsliklardagi 
    yordamchi lug‘atchalar, shuningdek leksik minimumlar, ya’ni muayyan bosqichda 
    o‘rgatish tavsiya etiladigan so‘zlar ro‘yxati, hatto o‘zlashtirish qiyin so‘zlarni 
    o‘rgatishga mo‘ljallangan lug‘at ko‘rinishidagi o‘quv qo‘llanmalari ham kiritiladi. 
    Shunday qilib o‘quv lug‘ati termini ikki ma’noda ishlatiladi: 1) ta’lim berishga 
    mo‘ljallangan har qanday turdagi lug‘at ma’nosida, 2) har bir so‘zga o‘quvchiga 
    tushunarli izoh, grammatik tavsif, asosiy paradigmatik va sintagmatik aloqalari 
    berilgan leksika bo‘yicha har qanday qo‘llanma. 
    Shundan kelib chiqib o‘quv leksikografiyasiga “leksikani ta’limiy 
    maqsadlarda nazariy va amaliy jihatdan tavsiflaydigan alohida lingvometodik 
    soha” (V. V. Morkovkin) deb ta’rif berish mumkin.
    Bu ta’rif o‘quv leksikografiyasining eng muhim jihatlariga e’tibor qaratishga 
    imkon beradi: o‘quv lug‘ati oddiy lug‘atdan nimasi bilan farq qiladi, bunday lug‘at 
    uchun so‘zlarni qay tarzda tanlash kerak, so‘zni izohlashning qaysi usullari o‘quv 


    609 
    lug‘atining vazifalarga ko‘proq javob beradi va h.k. Yuqoridagi ta’rif o‘quv 
    lug‘atlarini shunchaki umumiy leksikografiya tarkibiga kiritibgina qolmay, balki 
    uning chegaraviy xususiyatini, ya’ni u ikki fan: an’anaviy leksikografiya va til 
    o‘qitish metodikasi tutashgan joyda tug‘ilganini ham aks ettiradi.
    Shunday qilib o‘quv lug‘atlari bir qator o‘ziga xos belgilarga ega: 1) 
    metodik yo‘naltirilganligi va qat’iy ravishda ta’limining muayyan bosqichiga 
    mo‘ljallanganligi, 2) til materialini o‘quv-metodik maqsadga muvofiqlik mezoniga 
    javob berishi lozim bo‘lgan tarzda o‘ziga xos tanlab olish, 3) nutqiy amalning 
    barcha siklini qamrab olishi, nutqiy faoliyatning barcha turini o‘rgatish.
    Binobarin o‘quv lug‘atlarini tuzish “katta” lug‘atlarni mexanik tarzda 
    qisqartirishdan iborat emas, u aytib o‘tilgan barcha leksikografik tushunchalarni 
    qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
    Yuqorida aytilganidek, didaktik (ta’limiy) element har qanday lug‘atga, 
    ayniqsa, me’yoriy lug‘atga xos, biroq maxsus o‘quv lug‘atlarida u juda kuchayadi, 
    chunki unda ko‘rsatma berish, qat’iy belgilash jihati ma’lumot berish jihatidan 
    ustunlik qiladi. O‘quv lug‘atining barcha turida lug‘atning pedagogik nutqiga
    ya’ni didaktik yo‘naltirilgan leksikografik nutqqa katta e’tibor beriladi. Bunday 
    lug‘atning tili o‘qituvchining pedagogik nutqi yoki darslikning didaktik tili bilan 
    bir xil tabiatga ega bo‘ladi.
    Har bir o‘quv lug‘atining asosiy muammolaridan biri so‘zlikni 
    shakllantirishdir. Bunday lug‘at o‘zbek tilining ko‘p qo‘llanadigan va muhim 
    leksikasini aks ettirishi kerak: unga tilning leksik yadrosini tashkil qiluvchi so‘zlar 
    bilan birga turli nutq vaziyatini qamrab oladigan, turli mavzuda va har qanday 
    holatda muloqot qilish uchun yetarli bo‘lgan so‘zlar, zarur leksik minimum ham 
    kiradi. 
    O‘quv lug‘atining o‘ziga xosligi leksik birliklarni izohlashda ham namoyon 
    bo‘ladi. U sodda, tushunarli, qisqa va aniq bo‘lishi kerak. So‘z ma’nosini o‘quv 
    maqsadida izohlashning bir necha juda samarali usuli mavjud: umumiy 


    610 
    tushunchani xususiy, soddaroq tushuncha orqali izohlash ( hasharot ‒ ari, chumoli, 
    qo‘ng‘iz), mazmunan yaqin tushunchalarni o‘ziga xos farqli belgisi orqali 
    chegaralash (qalin ko‘ndalang ‒ o‘lchami katta, yo‘g‘on ‒ ko‘ndalang kesimi 
    katta), ma’noni surat, chizma yordamida izohlash, so‘zlar birikuvchanligi orqali 
    izohlash (yashirin izohlash) va h. k.
    O‘quv lug‘atida so‘zning paradigmatikasi (sinonim, atonim, leksik-semantik 
    va mavzuviy guruhlari) muntazam va aniq ko‘rsatilishi lozim. Shuning uchun 
    o‘quv leksikografiyasida mavzuviy (ideografik) lug‘atlar tuzish dolzarb masaladir. 
    O‘quv lug‘atining so‘z maqolasi tuzilishi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Unda 
    so‘z haqidagi lingvistik ‒ grammatik, semantik, orfoepik va h.k. axborot yanada 
    qat’iyroq bir xillikka olib kelinishi lozim. O‘quv lug‘atining lug‘at maqolasida 
    so‘z, uning shakllari, nutqda qo‘llanishi haqida, ya’ni o‘quvchiga o‘zbek tilidan 
    faol foydalanishga yordam beradigan barcha narsa haqida to‘liq ma’lumot berilishi 
    lozim.
    Shunday qilib o‘quv lug‘ati metodik talablarga javob beradigan, odatda 
    kichik formatdagi bitta jild ko‘rinishida tayyorlanadigan va ma’lumotni tez va oson 
    olishni ta’minlaydigan u yoki bu tamoyil asosida tartib berilgan so‘zlarning ular 
    haqida lisoniy ma’lumot berilgan ro‘yxatidir. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish