Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ahmedova N. Boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirish usullari. // Ta`lim
jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari. O‘zbek tili doimiy
anjumani beshinchi yig‘ilishi tezislar to‘plami (1999 yil 29-30 aprel) –
Toshkent.: Sharq, 1999. – 76-77 b.
2. Bobojonov Sh., Islomov I. O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv
lug‘ati (maktab o‘quvchilari uchun).— Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007 ‒ 51
b.
611
MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN
BOLALARDA NUTQ KAMCHILIKLARINING SABABLARI VA UNI
BARTARAF ETISH USULLARI
G.T.Boymurodova,
BuxDUPI dotsenti,
pedagogika fanlari doktori (DSc),
Xolova Dilovar Faxridinovna,
BuxDUPI magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar
nutqining to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq
holatidan
kelib
chiqqan
holda,
o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq
rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv
imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtayi nazar asoslanadi. Nutqning to‘liq
rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kamba‘alligi,
agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatilishi haqida fikr, mulohazalar va uni
bartaraf etish usullari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, etilogiya, yagona pedagogik yondashuv,
ilg‘or nuqtai nazar, agrammatism , talaffuz, pedagogik mahorat, profeesional
ta’lim-tarbiya, nutqiy nuqsonlar, tayyorlov, ilgʻor tajriba.
Nutqning faol ishtiroki tufayli inson tevarak - atrof, borliq haqida
ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga nutq bolaning rivojlanishida, uning
ta’lim tarbiya olishida asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bolaning nutqi kattalar
nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga,
nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma
qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan
bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola
612
nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini,
nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga
g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq
holatidan
kelib
chiqqan
holda,
o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq
rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv
imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi.
Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz.
Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari
yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt
tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi
shakllanadi. M.I. Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini
ifodalashi – muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi. Bola nutqining yuzaga
kelishi va rivojlanishida muloqotning hal qiluvchi rolini gospitalizm tekshiruvlari
isbotlaydi. Rag‘batlantiruvchi insoniy muhit (oila, bolalar guruhi va h.k.) dan
bolani ajratib qo‘yish deprivatsion vaziyat sifatida o‘rganiladi. Bu vaziyat bolaning
psixik rivojlanishiga sekinlashtiruvchi omil sifatida ta’sir qiladi. Agar bu vaziyat
uzoq davom etsa psixik deprivatsiya holati yuzaga keladi.
L.S. Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va
tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik
tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko‘p
doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional
va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari. Bolaning ona qornida
rivojlanishi, tug‘ruq (tug‘ruq travmasi, asfiksiya) va hayotining dastlabki yillarida
ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil zararli omillar nutqning to‘liq rivojlanmaganligiga olib
kelishi mumkin. Nutq buzilishlari, shu jumladan nutq to‘liq rivojlanmaganligining
613
yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o‘rin tutadi. Nutq to‘liq rivojlanmaganligi
etiologiyasi va patogenezi turli- tumandir, ammo klinik nuqtai nazardan qaraganda
markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to‘liq
rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini R.YE. Levina uch daraja bilan
belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-
fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega
bo‘lgan mukammal nutq buzilishigacha. Nutq to‘liq rivijlanmaganligining 1
darajasi nutqning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz
bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug‘at boyligi kambag‘al, noaniq
bo‘ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan
bo‘ladi. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar birbiri bilan
almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo‘ladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 2 darajasi - dastlabki keng qo‘llanadigan
odatdagi nutqning bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan
foydalana biladilar, ma’lum lug‘at boyligiga ega bo‘ladilar. Ular narsalar,
xodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing
qo‘pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Ular ikki-uch
so‘zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos
keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo‘lgan bolalar
bo‘g‘inlar o‘rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni
qisqartiradilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3 darajasi - nutqda leksikgrammatik va
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa
ega bo‘lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona
(tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar.
Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz
qilishda ularni bir biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan
614
osonroq bo‘lgan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz
qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo‘ladi,
lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning o‘ziga xosligi ko‘rinadi. Tekshirishda
gaplarni, gaplarda so‘zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg‘un grammatik xatolar
kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda ular qo‘shimcha qo‘shilish bilan so‘z ma’nosining
o‘zgarishini tushunib yetishmaydi.
Nutqning to‘liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda o‘qitishning birinchi
bosqichi bir so‘zdan va morf-o‘zak so‘zdan iborat gaplar bolalarning taqlidiy
nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.
Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish
extiyoji xali bo‘lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu
jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in
kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.
Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega bo‘ladilar, ular ota-onasi,
logoped va boshqalar iltimosiga ko‘ra og‘zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va
turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-
onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani tushunadilar, biroq
gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo‘ladi.
Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega
ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo‘shimcha tekshiruvlar orqali shu
yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini
aniqlashga erishiladi.
Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy
tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan)
o‘tkazish lozim. yetakchi mashg‘ulot shakli o‘yindir. Mashg‘ulotlar ayniqsa
ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi
zarur. Logopedik ta’sirida aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va
gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit
615
hisoblanadi. Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko‘rinishni rag‘batlantirish
muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt,
takrorla kabi so‘zlardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga
negativ ta’sirlanish yuzaga keladi. Bu so‘zlarni mos keluvchi savollarga yoki
so‘zlarga almashtirish foydalidir (o‘ylab ko‘rchi, topchi). Yoki bir tomonlama
dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o‘zi
javob beradi. Bola tomonidan xozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini bir-ikki
takrorlash ham yaxshi natija beradi. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to‘liq
rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug‘ati passiv predmet lug‘atidan bir muncha
kam bo‘lishi mumkin. O‘ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi
saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib
boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko‘p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi.
Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalarning passiv lug‘atini
chalg‘ituvchi so‘zlar bilan to‘ldirish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulotni o‘tkazishda
o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko‘rgazmali material bo‘lib
xizmat qiladi.
Nutqiy taqlidni faollashtirishda bolalar bilan olib boriluvchi logopedik
ishda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas’uliyatli vazifa
hisoblanadiaBu davrdan «sakrab o‘tib ketishga» urinish noto‘g‘ri bo‘lardi. Biroq
bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq
so‘z kombinatsiyalariga o‘tish muhim. Bunda bolada hech bo‘lmaganda
so‘zlarning ayrim qismlarini taqlid bo‘yicha amalga oshirish zarur.
Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning
amaliy faoliyati o‘yin, ko‘rgazmali vaziyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim.
Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy
aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida,
taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko‘p narsa o‘yinlarning qanchalik qiziqarli
tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalarning ijobiy hissiyotlariga qanchalik
616
chuqur ta’sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bog‘liqdir. Taqlidiy
nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni
rivojlantirishni umuman olganda «Men kabi bajar» dan boshlash kerak. Bolalarni
predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo‘l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid
qilishga o‘rgatish lozim. Logoped o‘zi va bolalarning xatti-harakatlarini so‘zlar
bilan, agar iloji bo‘lsa she’riy shaklda to‘ldirib turadi.
Qo‘l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga ayniqsa jiddiy
yondashish tavsiya etiladi (mayda qo‘l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo‘l
harakatlariga taqlid rivojlantiriladi). Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib
boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va
xarakatlarni ularning so‘z belgisi bilan taqqoslashga o‘rganishlari lozim.
Bolalarda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur. So‘z
taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutq-
tovushlarda ifodalanib namoyon bo‘ladi.
|