621
ahamiyatga ega. Jumladan, kommunikativ kompetensiya – muloqotchanlikni, o‘yin
kompetensiyasi – o‘yin orqali bolaning bilim, ko‘nikmasini rivojlantirish, ijtimoiy
kompetensiya – hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, bilish kompetensiyasi –
atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida amaliy
vazifalarni bajarish kabilar.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari jismoniy rivojlanish va
sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot,
o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanishni
talqin qiladi. Bunda turli buyumlardan foydalanish, kesma harflardan so‘z hosil
qilish, ertak qahramonlari sifatlariga e’tibor qaratish, harakatli o‘yinlar va qisqa
she’rlarni yod olish, audio va video materiallardan foydalanish hamda fanlar
integratsiyasiga e’tibor qaratish zarur. STEAM-ta’lim yondashuvida bolalar
nazariy bilimlarni amalda qo‘llash orqali idrok etish, bunda atrofimizdagi olamga
munosabat va tabiiy maxsulotlardan foydalanish, texnologiya asosida turli
maxsulotlardan yasash, chizish ko‘nikmasini hosil qilish, tasviriy san’at orqali
bo‘yash, ranglar tanlash, musiqa ostida mashg‘ulotni tashkil qilish hamda maqsadli
tarzda matematik tasavvurlar shakllantirish asos qilib olinadi. Shuningdek,
“STEAM forward” xalqaro konferensiyasida ko‘pgina olimlar bu yondashuvning
afzallik tomonlarini qayd etganlar va quyidagi xulosalar bildirilgan: