627
tashkil etish vazifalari yoritilgan.Hozirda maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda,bolalarni tarbiyalash va har tomonlama
kamol toptirish masalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan
rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash usul va vositalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Maktabgacha ta’lim
tashkiloti, boshqaruv, innovatsion,
texnologiya, situativ liderlik, kreativlik, tashabbus, ilgʻor tajriba, yetakchi, jamoa,
pedagogik mahorat, tashabbuskorlik, professional ta’lim-tarbiya
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor
qaratilmoqda. Ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimiga uzluksiz ta’limning
boshlang
ich fundamenti sifatida Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim
toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida tashkil etildi. Uning maqsadi – bola
shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish
maktabda muvaffaqiyatli oʻqish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlari bolalarning bilimi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish bilan birga,
ularni vatanparvarlik, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, tariximiz va boy me’rosimiz
va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan tasdiqlangan
2017-2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim
tizimini qayta koʻrib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab
berildi. Bu muammolarni toʻlaqonli hal etishda pedagog-kadrlarlarning intellektual
salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham
amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta’lim
tarbiyaviy
jarayonlarining samarali ta’minlash zarur.
Hozirgi davrda bir qancha sohalar tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Ilm-
fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari shular jumlasidandir. Mustaqil
Oʻzbekistonimiz bugungi kunda rivojlanib davr talablari darajasiga yetmoqda.
Barcha jabhalarda, yurtimiz yuqori choʻqqilarda erishmoqda. Maktabgacha ta’lim
tizimini olib qarasak, soʻnggi 5yil ichida misli koʻrinmagan darajaga yetdi. Sohada
628
haligacha yechilmay qolgan muammolar mavjud. Ularning yechimlari yil sayin hal
etilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi
2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga muvofiq Maktabgacha ta’lim
vazirligi tashkil etildi.
Vazirlikning oldiga bir qator vazifalarni oldi qoʻyildi.
. maktabgacha ta’lim boshqaruvini zamonaviy modernizatsiya asosida tashkil
etish;
. maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish;
. maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy,
estetik va jismoniy kamol toptirish uchun
sharoitlar yaratish;
. bolalarni maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni
ta’minlash;
. zamonaviy innovatsion
pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya
jarayoniga joriy etish;
. zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda bolalarni tarbiyalash va
har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori proffessional darajada hal
etishga qodir boʻlgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish;
. maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini
yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga tajribali, yuqori malakali va kasbiy
jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qilish;
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning
samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida: