. maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy
etishni ragʻbatlantirish va muvofiqlashtiradi;
. maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
629
. milliy mustaqillik gʻoyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-
odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy barkamol yosh
avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini
ishlab chiqadi;
. oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarini oʻquv tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning
har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi;
. ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, shu jamladan, maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribalarni oʻrganadi,
umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga
joriy etadi;
. zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda
usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini tashkil
etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta’minlashga koʻmaklashadi;
. maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tarjibasini oʻrganish
maqsadida oʻquv safarlarini tashkil etadi. Kelgusi asr, o‘z navbatda, innovatsion
strategiyalar, raqobat kurashi asri bo‘ladi,bunda korxona va tashkilotlarining omon
qolishi, ularning rivojlanishi innovatsion faollik darajasi,amalga oshirilayotgan
innovatsion jarayonlar qay darajada bo‘lishi bilan belgilanadi. Amaliyot bizga
quyidagicha xulosa chiqarish imkon beradi: ta’lim muassasasi innovatsiyalarning
turli bosqichlarida, “Eski” holatdan yangilangan holatga o‘tish intensivligidadir.
Bu jarayonlarning barchasi ta’lim tashkilotlarining boshqaruv tuzilmasini
yangilash bilan bog‘liq, chunki agar boshqaruv tizimi isloh qilinmasa, demak,
innovatsiyalarni amalga oshirishda bir qator jiddiy to‘siqlar paydo bo‘ladi. Hozirgi
kunda O‘zbekiston Respublikasi Janubiy Koreya Respulikasi bilan hamkorlikda
maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash, sohada haligacha yechimi topilmay
kelgan
muammolarni
bartaraf
etish,
boshqaruv
infratuzilmasini
modernizatsiyalash, tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta bilimga ega
630
bo‘lgan raqobatbardosh kadrlarni ishlab chiqish yaxit tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shu
kundan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoiliyatining huquqiy-me’yoriy
asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta’lim tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatinining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarmog‘i kengaymoqda; ta’limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda.Moliya
institutlari ishtiroki va ko‘magida investitsion va tajriba-sinov ishlari sezilarli
darajada kuchaymoqda. Biroq, ushbu jarayonlarga muvofiqlashtirish, yaxlit tizim
sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun keng qamrovli natijalarining monitoring asosida
samaradorlik darajasini aniqlab borishning aptimal mexanizmini ishlab chiqish,
tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar ham maktabgacha ta’lim
tashkilotlardagi ta’lim jarayoni va uning samaradorligini ta’minlash yo‘nalishidagi
maxsus tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Fan, ta’lim, madaniyat va sport
masalalari qo‘mitasi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishini,
jumladan, bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinishini,
zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida ularni
tarbiyalash va o‘qitish darajasi hamda sifatini o‘rganishga, sog‘lom va har
tomonlama barkamol avlodni shakllantirishga doir bir qator qonun-hujjatlar,
farmoyishlar ishlab chiqildi. Hozirgi zamon talablari va standartlarini
inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga,
ularni qayta qurish va modernizatsiya qilishga, boshqaruv tizimida shaffoflik va
samaradorlikni ta’minlash, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini
oshirish, o‘z sohasining yetuk bilimlilarini tanlab olish va ularni rivojlantirish
masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohani samarali idora etish,
avvalombor, boshqarish tamoyil va mezonlari, usul va uslublarining ilmiy
asoslangani, qay darajada takomillashgani bilan belgilanadi. Shu bois ularning har
birini tavsiflash mohiyatini ifodalashga ehtiyoj tug‘ilishi tabiiy. Bu ustuvor
tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishda quyidagi
omillar alohida ahamiyat kasb etadi:
631
1) demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va Maktabgacha ta’lim tizimiga doir qonun hujjatlari asosida
ishlarni tashkil etish;
2) yakkaboshchilik tamoyili – ma’lum maqsadga qaratilgan ish usuli bo‘lib,
maktabgacha ta’lim muassasalari yillik ish rejasini to‘liq bajarishga qaratiladi;
3) aniqlik tamoyili –pedagogik, metodik va xo‘jalik ishlarini ma’lum maqsadga
qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish;
4) hamkorlik tamoyili –barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal
etishni nazarda tutadi;
5) tanqid va o‘z-o‘zini tanqid qilish –rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga
nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga
rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat;
6) farqlash tamoyili –ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarini
ko‘ra olish; 7) yangilikni his qila olish tamoyili -o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida
ta’lim sohasida o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va ilg‘or pedagogik texnologoyalarini o‘zlashtirish va ish
faoliyatida qo‘llay olish.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bugungi kunda jamiyat hayotining barcha
sohalarida,
shu
jumladan,
boshqarish
jarayonida
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari tatbiq etilmoqda. Zero, bugun
boshqaruv jarayonini ilmiy yondashuvga tayanishida namoyon etadi. Albatta,
rahbar shaxs muayyan sohani, korxona yoki tashkilotni samarali boshqarishi
uchun, avvalo,yetarli malaka va bilim, rahbarlik salohiyati, ko‘plab ma’naviy-
axloqiy xislat va fazilatlar sohibi yoki sohibasi bo‘lishi darkor. Ta’lim sohasi,
jumladan, tashkilotlardagi boshqaruv faoliyatida nazariy bilim va amaliy tajriba va
ko‘nikamalarni o‘zaro uyg‘un holda qo‘llash ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq
masalalarni talab darajasida hal etish, bu jarayonda foydalanadigan usul va
uzluksiz takomillashtirib borish, umuman olganda, maktabgacha ta’lim-tarbiya
632
tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu ma’noda, kadrlar tanlash,
tayyorlash, malakasini oshirish barobarida ularning rahbarlik salohiyati va
ma’naviyatini yuksaltirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
|