TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA TABAQALASHTIRILGAN TA’LIM
ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISH
Xasanova Mehrangiz Mashrabovna
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
1-bosqich magistranti
Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim hamda san’at
maktablarida tasviriy san’at darslarining samaradorligini yanada oshirish,
tabaqalashtirilgan holda o‘qitish orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari xususida so‘z yuritilgan.
636
Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, maktab ta’limi, ijodiy tafakkur, ijodiy
qobiliyat, metodika, tabaqalashtirish, individual yondashuv.
So‘nggi olti olti yillikda mamlakatimizda tasviriy san’at sohasini
rivojlantirish maqsadida yanada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
2020-yilda “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga
doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida
ham “Iqtidorli yosh professional san’at namoyondalarining bilim va ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali
pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda
ta’lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta’minlash” masalasiga ham
alohida e’tibor qaratilgan.
98
Tasviriy san’at darslarini tabaqalashtirib o‘qitish – zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning eng samarali turlaridan biri bo‘lib, ushbu ta’limda o‘quvchilar
individual yoki guruhlarga ajratib o‘qitilishi mumkin. Bu esa sinfdagi barcha
o‘quvchilarning bilim va malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars
samaradorligini yanada oshiradi. Tasviriy san’at o‘qitishda o‘qituvchi yangi
pedagogik texnologiyaning interfaol usul va texnologiyalarini qo‘llagan holda,
tabaqalashtirib
o‘qitish texnologiyasi prinsiplardan foydalansa, darslar
samaradorligini oshirib boradi.
Bugungi kunda pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta’limning
ikki turi ishlab chiqilgan:
1. Darajali tabaqalashtirish;
2. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.
Darajali tabaqalashtirish o‘za navbatida ikki turga bo‘linadi.
Individual ta’lim. Bunda o‘quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab
har bir o‘quvchi bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
98
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori.
637
Guruhli ta’lim. Bunda o‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab
ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o‘qitiladi. Ixtisoslashtirilgan
tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o‘rgatish, o‘zlashtirishga qaratilgan
bo‘ladi. Bular qatoriga tasviriy san’atni chuqur o‘rgatadigan to‘garaklar kiradi.
Ta’limning bu turlarida o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarning
qobiliyatini, qiziqishini, imkoniyatini, layoqatini hisobga olib dars samaradorligini
oshirishga harakat qilishi lozim. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va
malakalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tabaqallashtirilgan ta’lim
haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga
yega bo‘lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib o‘qitishning ijobiy
jihatlari haqida to‘xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:
– Sinfdagi barcha o‘quvchilar dastur materiallarini o‘zlashtirishga erishadilar.
– Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o‘sish
kuzatiladi va u o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlari oshadi.
– Sinfdagi barcha o‘quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past
o‘zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o‘quvchi yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhiga
o‘tishiga harakat qiladi. Yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhidagi o‘quvchilar esa past
o‘zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.
– O‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatiga qarab bilimlar berilayotganligi
sababli, ular tomonidan o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirishda zo‘riqish hollari ro‘y
bermaydi.
– Sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo‘lgan
ehtiyojlari ham qondiriladi.
– Tabaqallashtirilgan ta’lim uni demokratiyalashtirish va
insonparvarlashtirishga yordam beradi.
Lekin masalaning yana bir tomoni borki, tabaqaga ajratib o‘qitish nofaolroq
bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Yuqori o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilar esa, o‘zlariga ortiqcha baho berib, faol bo‘lmagan o‘quvchilarga
638
nisbatan mensimaslik xislatlari kuzatilishi mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchining
pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi
masalaning bu jihatlarini hisobga olib, o‘quvchilarga yuqori, quyi so‘zlari o‘rniga,
birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.
Tabaqalashtirib o‘qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qatorda uning
murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning
murakkabligi o‘qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg‘ulot olib
borishi bilan bog‘liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san’atdan alohida
darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika vositalari kerak
bo‘ladikim, ularsiz mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etib bo‘lmaydi. Bu esa
quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanadi:
– Tabaqlashtirilgan tasviriy san’at ta’limining ilmiy asoslarini puxta egallagan
bo‘lishlik;
– Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik majmualar bilan
qurollangan bo‘lishlik;
– Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy
bazaga ega bo‘lishlik;
– O‘qituvchi o‘quv fanidan o‘quvchilarning bilim va malakalari haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lishi va boshqalar.
Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R. Hasanov maktab
tasviriy san’at o‘qituvchisiga ta’rif berar ekan, quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:
“Mahoratli o‘qituvchi bo‘lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo‘lishi, har
qanday og‘ir sharoitda ham o‘zini tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli,
ijodkor, mehnatsevar, halol, pok, insofli, iymonli, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi kabi
yuksak ma’nodagi hislatlarni o‘zida mujassam etgan pedagog-rassom bo‘lishi
kerakligini bildiradi”.
99
99
Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o‘rgatish metodikasi. – Toshkent: Fan, 2004. – B.188.
639
Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san’at o‘qituvchisi
yuksak tasavvurga ega, tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o‘z fanini a’lo
darajada biladigan, ijodkor rassom, pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur
o‘rgangan, tasviriy san’at metodikasi bilan yaxshi qurollangan, tasviriy san’at
darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy san’at
o‘qituvchisi bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarni har jihatdan bilish uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar
orasida pedagogik va psixologik tashxis o‘tkazishi zarur bo‘ladi. Bu ish bevosita
quyidagilar bilan bog‘liq: o‘quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi
fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va
fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda
mashg‘ulotlar uchun bo‘lgan shart-sharoitlari va boshqalar.
Shuningdek, o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari,
qaysi san’at turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi
muhim. Chunki o‘quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga
samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu sifatlardan tashqari o‘qituvchi,
o‘quvchilarning tasviriy san’atga doir xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada
o‘qituvchi har bir o‘quvchining dars jarayonida bilim va malakalaridagi o‘sishni
bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta’limni amalga oshirishda, birinchidan, o‘quvchilarga
tasviriy san’atdan beriladigan bilim va malakalarning me’yori, topshiriqni
bajarishga ketadigan vaqt, o‘quvchilarning bu topshiriqqa bo‘lgan layoqatini
o‘qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi lozim. Ikkinchidan, ta’lim mazmunini
bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to‘g‘ri tanlash hamda bu metodikani
amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni yaratish muhimdir.
Buning uchun o‘qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi
lozim. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va malakalaridagi
o‘zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega.
640
XXI asr ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish asri
desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bo‘lajak mutaxassislarni har tomonlama zamon
talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbga nisbatan
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish lozim. Shundagina ular kelgusi
faoliyatlaridan unumli foydalanishga erishishi mumkin.
|