Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/352
Sana10.01.2024
Hajmi9,63 Mb.
#134163
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   352
Bog'liq
BuxDUPI to\'plam

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 


645 
1. Ishmuhammedov R., Yuldashev M. Ta’lim tarbiyada innovatsion pedagogik 
texnologiyalar. T., 2017-yil. 
2. Bolalar Ensiklopediyasi. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi davlat ilmiy 
nashriyoti. T., 2018-yil. 
3. Sayyoramiz hayvonot olami. “G‘afur G‘ulom”, T., 2019-yil. 
4. Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. “G‘afur G‘ulom”, T., 2017-yil. 
 
ALISHER NAVOIY IJODIDA KOMIL INSON TARBIYASINI 
PEDAGOGIK TA’LIM INNOVATSION KLASTERI ASOSIDA 
O‘RGANISH 
Nilufar OYMATOVA,
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
erkin tadqiqotchisi 
nilufar.oymatova@gmail.com 
Alisher Navoiy dahosi, uning asrlar osha qimmatini yo‘qotmagan o‘lmas 
asarlari shoir tafakkurining betakror mahsulidir. Bugunga qadar jahon adabiyoti va 
madaniy hayoti doirasida maydonga kelayotgan va insoniyatni ezgulikka 
chorlovchi barcha ijod mahsullari ma’lum darajada Navoiyning insonparvarlik 
g‘oyalaridan oziqlangani shubhasizdir.
Bugungi kunda adabiyot ta’limida Navoiydek buyuk mutafakkir adabiy 
merosining yosh avlod dunyoqarashidagi ahamiyati va o‘rnini hyech narsa bilan 
tenglashtirib bo‘lmaydi. Chunki, shoirning butun ijod mahsulidagi bosh g‘oya 
komil inson tarbiyasi haqida bo‘lib, milliy ta’limning ilk jarayonlaridan boshlab, 
o‘rta va oliy ta’lim, shuningdek, undan keyingi bosqichlarda ham mana shu buyuk 
maqsad mujassamdir. 


646 
Mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini yaratishda ham Alisher 
Navoiy qarashlarini ta’lim-tarbiya, xususan, adabiy ta’lim tizimiga tatbiq etish 
hozirda eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. 
Alisher Navoiy ijodi adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan keng miqyosda 
tadqiq qilingan bo‘lsa-da, pedagogikada, xususan, umumta’lim maktablari 
doirasida metodik jihatdan yetarli darajada ilmiy-tadqiqiy ishlar amalga 
oshirilmagan. 
Dastur bo‘yicha umumta’lim maktablarining 6-sinfida Alisher Navoiyning 
“Mahbub ul-qulub” asaridan parchalar berilgan. 
Bilamizki, “Mahbub ul-qulub” shoirning deyarli umrining oxirida, hayot 
tajribalaridan olingan xulosalari sifatida yozilgan falsafiy didaktik asari 
hisoblanadi. 
Alisher Navoiy umri davomida kamolot sari intilishni targ‘ib etgan bo‘lsa, 
umr xulosalarida, ya’ni “Mahbub ul-qulub” asarida, komillik sari olib boriladigan 
ulug‘ yo‘lni ko‘rsatadi. 
Garchi bu asar falsafiy-didaktik xarakterga ega bo‘lsa-da, 6-sinf o‘quvchilari 
uchun ularning yoshi imkoniyatidan kelib chiqib, matnlar va ularning nasriy 
bayonlari tanlangan. Asarning yana bir xarakterli jihatidan biri nasriy turga 
mansubligidir. 
O‘qituvchi e’tibor qaratadigan tomoni asarning nasriy bayonida Porso 
Shamsiev tomonidan yaratilgan variantdan foydalanilgan. 
“Adabiyot” darsligida Navoiy ijodini o‘rganish yuzasidan shoirga 
mustaqillikdan keyingi berilgan yuksak e’tirof, 20 jildlik asarlar nashri, “Xamsa” 
yozgan ijodkorlar haqidagi ma’lumotlardan tashqari “Mahbub ul-qulub” asaridan 
“Saxovat va himmat” bobida, “Hilm zikrida” (108, 110) “Safarning foydalari 
to‘g‘risida”
100
(1, 12, 18, 22, 30, 48, 49, 50 - tanbih) kabi parchalar keltirilgan. 
Matn bilan tanishishda o‘quvchilarga saxovat so‘zi tanish bo‘lsa-da, hilm, himmat, 
100
AhmedovS. Qo‘chqorov, Rizayev Sh. Adabiyot darsligi. 6-sinf. 
“Ma’naviyat” 2017. 32-bet.


647 
abr, royiha, maxzan, sayd, shaqovat, tundbod kabi so‘zlarning ma’nosini izohlash 
lug‘at ustida ish olib borishni taqozo etadi. Garchi darslikda izohtalab so‘zlar 
lug‘ati berilmagan bo‘lsa-da, o‘quvchilar so‘zlar ma’nosini nasriy bayon bilan 
tanishish jarayonida o‘zlashtiradilar.
Mavzu yuzasidan berilgan “Mahbub ul qulub” iborasi qanday ma’noni 
anglatadi va u necha qismdan iborat? Saxiylik va himmat tushunchalariga shoir 
qanday ta’rif beradi va qanday o‘xshatishlar qo‘llaydi? “Saxiy” so‘zi bilan “axiy” 
so‘zining farqi haqida so‘zlang va shunga oid o‘z fikringizni bildiring
101
kabi savol 
va topshiriqlar ustida ishlash ham o‘zlashtirishning muhim omili sanaladi. Shu 
o‘rinda darslikdagi ba’zi savol-topshiriqlarning tahliliga to‘xtalishni lozim topdik. 
Darslikning 46-betida berilgan Sharqda adabiyot so‘zining ma’no-mazmuni va 
undan ko‘zlangan maqsad nima? Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asari 
qanday an’analar asosida va nima maqsadda yaratilgan? Alisher Navoiyga qadar 
shu yo‘nalishda kimlar tomondan qanday asarlar yaratilgan? kabi savollar aslida 
to‘g‘ri tuzilgan. Lekin o‘quvchining yoshi va bilim darajasi hisobga olinmagan. 12 
yoshli o‘quvchi uchun bunday savollarga javob berish qiyinchilik tug‘diradi. 
Alisher Navoiyning “Mahbub ul qulub” asari qanday an’analar asosida va nima 
maqsadda yaratilgan? savoliga o‘qituvchining o‘zi ham qiynalib javob topadi. 
Adabiyot mashg‘ulotlarida ko‘zlangan natijaga erishishda yurtimizda 
o‘tkazilayotgan treninglar, ma’lum mavzuga bag‘ishlangan konferensiyalarda 
o‘qituvchilarga metodik ko‘rsatmalar berilishi ta’lim tizimida olib borilayotgan 
islohotlarning bir ko‘rinishidir. Quyida shunday metodik tavsiyalar asosida darsda 
tashkil etilayotgan texnologiyalar mazmunini yoritishga harakat qildik. 

Download 9,63 Mb.
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   352




Download 9,63 Mb.
Pdf ko'rish