Fonatsiya-ovozning
pasayishi
yoki
kuchayishi,pauza
bilan
yoki
to‘xtamasdan, yo‘g‘on yoki ingichka gapirish so‘zlash jarayonida ma’lum axborot
beruvchi qo‘shimcha faktorlar sanaladi.
Okulesika – ko‘zlar orqali ifodalangan noverbal aloqa verbal aloqaga
nisbatan his-tuyg‘uga to‘la bo‘ladi. Faqatgina bir qarash orqali turlicha axborot
yetkazish mumkin.
Fiziologlar
ko‘zning
noyobligini
aniqlaganlar:
ko‘zning
birgina
rangpardasida egizaklarda ham takrorlanmaydigan 250 dan ortiq xarakter asoratlari
kombinatsiyasini sanash mumkin.
Charlz Darvin ko‘z harakati turli qalb holatlari bilan assotsatsiya hosil
qilishini aytib o‘tgan. Rus va yevropa millatlari orasida kommunikantlarning nutq
jarayonida bir-biriga tik qarab turishi ularning suhbatga bo‘lgan e’tiborini,
qiziqishini va, albatta, bir-biriga bo‘lgan hurmatini ifodalaydi. Janubiy Yevropada
207
istiqomat qiluvchilar uchun yuzga uzoq termulib qarash oddiy holat hisoblanadi,
yaponlarda esa bu holat haqorat hisoblanadi va ular aloqa-aralashuv jarayonida
yuzga emas, bo‘yinga qarashni afzal ko‘rishadi. O‘zbek xalqida ham
so‘zlovchining ko‘ziga tik qarab turish va termulish millat etikasiga zid
hisoblanadi. O‘zbeklarda ma’lum bir predmetdan ko‘z olmaslik adresantning unga
bo‘lgan qiziqishini, hayratini, savoliga javob kutayotganligini bildirib keladi:
ko‘zlar kuladi, xafa bo‘ladi, uyaladi, g‘azablanadi, hayratlanadi, yig‘laydi,
so‘raydi, javob beradi, imlaydi, izlaydi, kutadi, ko‘rsatadi, chaqiradi, gapiradi,
umidlanadi, orzu qiladi, eslatadi va yana ko‘plab ma’no-mazmunlarni ifodalab
keladi.
Aloqa-aralashuv jarayonida inson boshqa sezgi organlariga nisbatan ko‘ruv
analizatori orqali 80%ga yaqin taassurot oladi va bu taassurot uning xotirasida
uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Vizual kontaktning yana bir afzalligi mavjud: ko‘z
uchun hech qanday lug‘atning keragi yo‘q. Ko‘z orqali yetkaziluvchi informatsiya
barcha uchun, qaysi tilda so‘zlashmasin, tushunarli va his qilinishi osondir.
Kinesika – o‘z ichiga imo-ishora, mimika, pantomimika kabi muloqot
vositalarini birlashtiruvchi sistema. Paralingvistik kinesika faqatgina insonlarga
xos bo‘lgan til kommunikatsiyasining bir qismi sifatida qaraladi.
Kinemalarning
muloqot
jarayonida
qo‘llanilishi
barcha
paralingvistik vositalar singari nutqni to‘ldiradi ta’sirchanligini oshiradi, o‘rnini
bosadi.
Paralingvistik vositalar ekspressivlikni ta’minlashga yordam beradi.
o
Paralingvistik vositalar nutq jarayonida vaqtni tejaydi.
o
Paralingvistik vositalar ayrim hollarda lingvistik vositalar o‘rnini ham
egallaydi
Paralingvistik vositalar juda xilma-xil bo‘lib, turli vaziyatda rang-barang
kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik
qancha ko‘p bo‘lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko‘p ishlatiladi.
208
Fikr qarshiligi ham ikki xil bo‘ladi. Bu tashqi va ichki faktorlarga bog‘liq.
Masalan kommunikatsiya ochiqligida yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq
bo‘lsa, yoki o‘zaro masofa yaqin bo‘lib, kuchli shovqin suhbatga xalaqit bersa,
qo‘shimcha noverbal vositalarga imo – ishoralar va mimikalarga ehtiyoj kuchli
bo‘ladi.
Ichki sabablarga ko‘ra so‘zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari
bilan bog‘liqdir. Xususan, tinglovchi (mor) yaxshi eshitmasligi mumkin. Bunday
paytda ham imo – ishoralarning ishtiroki faollashadi.
2. Imo – ishoralarning nutq stillari bilan ham bog‘liqdir. Tantanali nutq,
so‘zga chiqishlarda imo - ishoralarning nutqni kuzatib borishi uning tasirchanligini
ta’minlaydi. Verbal va noverbal vositalarning bir – biriga o‘rinli bog‘lab olib
borilishi nozik (oratorning) yuksak maxorati belgisi hisoblanadi. Bunda
talaffuzdagi oxangorlik, intonotsiya xam muhum rol o‘ynaydi.
3. Nutq vaziyati ham belgilangan. O‘zaro fikr almash jarayonida yonidai
kishilarga, sheriklariga sezdirmaslik yoki xalaqit bermaslik uchun kinetik
vositalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi.
4. Kommunikatsiya ochiq bo‘shliqda sodir bo‘lsa va fikr almashadigan
kishilar o‘zaro uzoq masofada bo‘lib tovush etkazish imkoniyati qiyinlashishi
natijasida ham imo – ishoralardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunda
kommunikatsiyaning mazmuni va maqsadi oldindan belgilangan bo‘ladi. Faqat
ayrim aniqliklar kiritishi mumkin xalos.
Yuqorida k o‘rib o‘tganimizdek, imo - ishoralarning nutq tarkibidagi
bajaradigan vazifasi bir xil emas. Ba’zan paralingvistik vositalar nutq bilan birga
ishlatilib, uning ekspressiv stilistik ottenkasini kuchaytirish uchun xizmat qilsa,
ayrimlari tejamkorlikka uchragan nutq birliklaridan ba’zilarining o‘rnini egallash
(kompensatsiya qilish ) uchun ishlatiladi. Ya’ni bir gruppasi esa o‘zining kuzatib
borishi lozim bo‘lgan verbal asosida tamoman uziladi va shu vaziyatda verbal
vosita o‘rnida qo‘llaniladi.
209
Imo – ishoralarning bu uch vazifasi sinchiklab kuzatilganda, bir – biri bilan
chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rinadi va birinchi ikkinchisidan kelib chiqqan deb
hukum chiqarishga imkon beriladi.
Aniq nutq vaziyatida ma’lum bir ma’no ifodalovchi imo – ishoralar shu
nutq vaziyatini qayta hikoya qilib berish jarayonida ma’lum lingvistik birliklar
yordamida tasvir qilinadi. Demak, har bir tilda imo – ishoralarni ifodalovchi bir
qator fe’llar mavjud. Bu fe’llar semantik tomonidan ishora fe’llari deyiladi.
Masalan : ko‘z qisdi, labini burdi va boshqalar.
Insonning mimikalari, qo‘l harakatlari tabiiy va shartli xarakterga ega
bo‘ladi. Masalan: labga qo‘ngan pashshani haydash uchun qilingan lab harakati
yoki harakati tabiiy harakatdir. Chunki bu harakatlar tinglovchi uchun ham hech
qanday axborot bermaydi.
Tinglovchiga qarab turib boshning, ko‘z-qoshlar yordamida bir marta
o‘ngga (ba’zan chapga) silkishi uning bu yerdan chiqib ketishi kerakligini
bildiradi. Demak, ma’lum axborot beradi. Shuning uchun bu harakat shartli
harakatga egadir.
Shartli harakatga ega bo‘lgan imo-ishoralar belgi vazifasini bajaradi. Faqat
belgi vazifasini bajaradigan imo-ishoralargina paralingvistik belgilar hisoblanadi.
Imo-ishoralar ham ba’zan ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Uning qaysi ma’noda
ishlatilayotganligini nutq vaziyati orqali bilib olishimiz mumkin. Masalan: “ko‘z
qisish” harakati quyidagi ma’nolarni ifodalaydi :
1. I. –Moro bo‘lsin, poshsho qiz ! Zuhra kelin qop – qora ko‘zini qisib
qo‘ydi. (O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi” 159-bet).
2. U. “Hozir bir narsa ko‘rsataman” degandek ko‘zini qisib qo‘ydi-da, tuya
sandiq ustida taxlangan ko‘rpachalarni tushira boshladi. (O.Hoshimov. “Ikki eshik
orasi” 149 - bet).
210
Demak, badiiy adabiyot taraqqiyotida paralingvistik hodisalar muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, asarning badiiy qimmatini oshiradi. Kitobxonga estetik
zavq olishda yordam beradi.
|