• NEKRONIMLAR HAQIDA MA’LUMOT Aglamov Toxir Xusainovich
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1. 
    Hoshimov O‘. “Ikki eshik orasi” Toshkent: Sharq nashriyoti –2016-yil 
    bet-159. 
    2. 
    Hayitov H.A. “O‘tkan kunlar” romanida kulgiga asoslangan 
    diologlar” Til va adabiyot ta’limi jurnali – 2021-yil 7-son bet-22. 
    3. 
    Hayitov H.A. “Elements of folk square laughter in the first uzbek 
    novels” Multidisciplinary research jurnali – 2021-yil bet-119-122. 
    4. 
    Hayitov H.A. Hajviy-yumoristik asarlarda kulgi uyg‘otishda 
    makoronizmlarning o‘rni va roli. Qoraqalpog‘iston “Tamaddun nuri” 2021-yil bet 
    51-54.
    NEKRONIMLAR HAQIDA MA’LUMOT 
    Aglamov Toxir Xusainovich 
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
    O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi 
    Vafot etgan ajdodning sha'niga berilgan (qo‘yilgan) ism nekronim deb 
    ataladi. 
    Agar sizning ota-onangiz zamonaviy modaga xos ravishda sizga Moskva 
    yoki Buxoro degan nomlarni berishmagan bo‘lishsa ajablanmang, unda sizni yaqin 
    kishingizni nomi bilan atashgan.
    Ko‘p holatlarda ism – bu vafot etgan odamlar haqidagi xotiradir: ular vafot 
    etgan, ammo nomi yashaydi. Aynan shu sababli bunaqa ismlar – umumiy qilib, 
    g'ayritabiiy (vahimali) bo‘lgan atama – “nekronim” deb ataladi.
    Bu so‘z grekcha “nekros”- yoki o‘lik (o‘lgan), va onoma, ya'ni nom (ism) 
    degani. O‘lgan (vafot etgan, dunyodan o‘tgan) odamlarning ismlariga qanday 
    munosabatda bo‘lish haqida turli xalqlar turlicha fikrga ega. Masalan ba'zi xalqlar 


    211 
    o‘lgan odamlarning haqiqiy ismlarini hech qachon atashmaydi - bu ta'qiqlangan –
    “tabu”. Buning o‘rniga o‘lgan odamlar haqida ko‘chma ma'noda gapirishadi. 
    Boshqa halqlarda esa o‘lgan qarindoshlarining ismini bolaga berishadi.
    Ba'zan meros bo‘lib faqat narsalar emas, ismlar ham o‘tadi. 
    Nekronimlarning ishlatilishi, ko‘pincha, tarixchilarni chalg'itadi. Turli tug'ilganlik 
    to‘g'risidagi guvohnomalarda faqat bir xil ism turishi mumkin, ammo o‘tmishda 
    ish yuritilishining achinarli ahvolda bo‘lganligi sababli ilgari vafot etgan bir xil 
    ismli odamlarni bir-biridan ajratish bugungi kunda mushkuldir.
    Sigetiye Idzumi fikrimizga yorqin misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin: 
    ehtimol u 1865 yilda tug'ilib, 1986 yilda esa vafot etgan va «Ginnes rekordlar 
    kitobida» dunyodagi eng keksa odam sifatida qayd qilingan. Biroq bu yerda bir 
    emas, ikki kishi bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Idzumi 1880 yilda tug'ilgan 
    bo‘lishi va uni u tug'ilgan vaqtda vafot etgan akasining nomi bilan atagan 
    bo‘lishlari mumkin. 
    Fransuz etnologi Klod Lev -Strossning “Ibtidoiy fikrlash” nomli maqolasida 
    keltirilishicha, Borneo o‘lkasi xududlarida yashovchi «Penan» ko‘chmanchi 
    qabilasida yoshi yoki oilasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda penan uch turdagi 
    termin bilan nomlanishi (atalishi) mumkin.
    Jumladan, o‘zining nomi bilan, yoki teknonim (falonchining otasi, 
    falonchining onasi) bilan, yoxud sub'ektning vafot etgan qarindoshiga bo‘lgan 
    oilaviy aloqadorligini ifodalovchi (“otasi vafot etgan kishi”, “jiyani vafot etgan 
    kishi”) “nekronim” bilan atalishi mumkin.
    G'arbiy penanlar esa qarindoshlik darajasi, vafot etgan kishining yoshi, jinsi 
    va bolalarning tug'ilganlik navbatini (to to‘qqizinchisigacha) inobatga olgan holda 
    26 tadan kam bo‘lmagan nekronimlarga ega bo‘lishgan.
    Bu nomlarning ishlatilish qoidasi o‘ta murakkabdir. Sodda qilib aytganda
    to‘ng'ich avloddagi qarindoshlarning birortasi vafot etgunga qadar bolani shaxsiy 
    ismi bilan tanishadi.. Agar vafot etgan kishi uning bobolaridan biri bo‘lsa, bolani 


    212 
    bobosining ismi bilan, ya'ni Tupu deb atay boshlashadi. Mabodo otasining akasi 
    vafot etsa bolaning ismi Ilun bo‘ladi va boshqa qarindoshi vafot etgunga qadar 
    shundayligicha qolaveradi. Shunday qilib, u boshqa nom egasiga aylanadi.
    Penan uylanib, farzand ko‘rgunga qadar olti-etti va undan ham ko‘p qator 
    nekronimlarni boshidan kechiradi. Birinchi bola tug'ilgandan so‘ng bolaning ota-
    onasi ularning ushbu bolaga bo‘lgan aloqadorliklarini ifodalovchi bola nomi bilan 
    bog'liq bo‘lgan teknonimni olishadi. Ya'ni “Tama Auing”, Tinen Auing – “Auingni 
    otasi yoki onasi”. Agar bola vafot etsa teknonimning o‘rniga nekronim ishlatiladi: 
    “birinchi bo‘lib tug'ilgan bola vafot etgan”. Keyingi bolaning tug'ilishi natijasida 
    yuzaga kelgan yangi teknonim nekronimni siqib chiqaradi va h.k. 
    Aka-ukalarga nisbatan qo‘llaniladigan alohida dominant qoidalar ta'sirida 
    vaziyat o‘ta murakkab tus oladi. Jumladan, bolani barcha aka-ukalari va opa-
    singillari tirik bo‘lsa uni o‘z nomi bilan atashadi. Qachonki kimdir vafot etsa, bola 
    nekronimni qabul qilib oladi: “katta (yoki kichkina) sibling vafot etdi”, biroq ukasi 
    yoki singlisi tug'ilishi bilan nekronim to‘xtaydi va sub'ekt yana o‘z nomidan 
    foydalanishi mumkin bo‘ladi.
    Bu izohda tushunmovchiliklar ko‘p; bizda savol tug'ilishi mumkin: “Qanday 
    qilib turli qoidalar, o‘zaro funktsional bog'liq bo‘lib ko‘rinishga qaramasdan, bir-
    biriga ta'sir ko‘rsatishi mumkin?”.
    Umuman olganda ushbu tizim 3 tipdagi davriylik orqali aniqlanadi: vis-a-
    vis individ to‘ng'ich avlodga mansub qarindoshlari bilan nekronimdan nekronimga 
    harakatlanadi; vis-a-vis o‘zining aka-ukalari bilan avtonimdan (termin, ushbu 
    tizimdagi atoqli otlarni qaysi yo‘sinda belgilash qulay bo‘lishiga qarab) 
    nekronimga harakatlanadi; vis-a-vis o‘z farzadlari bilan, va nihoyat, — 
    teknonimdan nekronimga.
    Biroq uch turdagi terminlar orasida qanaqa o‘xshashlik bor? Va uch turdagi 
    davriylik orasida qanday mantiqiy bog'liqlik bo‘lishi mumkin? Teknonimlar va 


    213 
    nekronimlar qarindoshlik aloqalariga yo‘naltirilgan, shunaday ekan, bular "nisbiy” 
    terminlardir.
    Nekronimning asosiy xususiyati shundan iboratki – vafot etganlarning 
    nomlari tilga olinmaydi. 
    Misol uchun Nigeriyaning Dosso xududida yashovchi Zarma qabilasida 
    insoniyatni Taqdirning oldidagi kuchsizligiga nisbatan ismning ilohiy kuchga ega 
    ekanligiga qattiq ishonishgan. Juda kuchli o‘lat kasalliklari keng tarqalgan 
    zamonda bolalarning yashab qolishi ota-ona va jamiyat uchun jiddiy muammoga 
    aylangan. Bolalar orasidagi o‘lim darajasi juda yuqori bo‘lganligi sababli ota, ona, 
    bobo, buvi, tabibu hakimlar bolani o‘limdan qutqarib qolish uchun turli ayyorlik 
    yoki usullarni o‘ylab topishgan. Bolaga nom berish ham mana shunday 
    tadbirlardan biri hisoblangan.
    Hisoblarga ko‘ra qo‘yilgan ismlarning ¾ qismi to‘g'ridan-to‘g'ri o‘lim bilan 
    bog'liq ismlar bo‘lgan. Bolaning yashab qolishini ko‘rish umidida bolaga 
    tug'ilganidan darhol vafot etgan ota-onasiga tegishli bo‘lgan nekronimni 
    qo‘yishgan. Ya'ni agar ushbu nomning egasini ilgari o‘lim olib ketgan bo‘lsa, u 
    holda hozir tug'ilgan ushbu nomning egasini o‘lim avf etishi mumkinligini ko‘zda 
    tutgan holda bolaga vafot etgan ota yoki onasining ismini qo‘yishgan.
    Italiyada bolaga yoshligida vafot etgan opasi yoki akasining ismini qo‘yish 
    urf bo‘lgan. Ba'zan esa bolani qo‘shma nom bilan atashgan, ya'ni vafot etgan bir 
    nechta opasi yoki akalarining nomi bilan atashgan.
    Bunday holat XX asrning boshlarida Frantsiyada kuzatilgan. Jumladan 
    bunday holat Korsikada Napoleonning katta akasi vafot etganida uning nomini 
    berishgan bo‘lsa, uning opasi Elizani uning vafot etgan katta opalarining ismlari 
    bilan – Mariya-Anna deb ham chaqirishgan.
    Barcha dvoryan oilalarida uchragani kabi Napoleonning ota-onasining 
    hohishlariga ko‘ra, Napoleon ismi ham nekronim ta'siriga tushgan. Napoleon 13 
    farzandning ikkinchisi bo‘lgan. 13 farzandning 5 nafari yoshligida vafot etishgan. 


    214 
    Napoleondan tashqari uning 4 ta ukasi va 3 nafar singlisi yashab qolishgan. 
    Bo‘lajak imperatorning 1717 yilda tug'ilib, 17 avgust 1767 yilda vafot etgan katta 
    amakisini Napoleon deb atashgan. Ushbu Napoleonning akalarini - 31 may 1713 
    yilda tug'ilib, 13 dekabrь 1763 yilda vafot etgan akasini Iosif, imperatorning 8 
    yanvarь 1718 yilda tug'ilib, 16 oktyabrь 1791 yilda vafot etgan yana bir amakisini 
    Lyusьen yoki Lui deb chaqirishgan. Napoleonning ikki ukasiga amakilarining 
    nomlarini berishgan. Lyusьen Bonapart (1775-1840), Eliza Bonapart (1777-1820), 
    Lui Bonapart (1778-1846). 
    Fransuz yozuvchisi Fransua -Rene de Shatobrian u tug'ilishidan biroz oldin 
    vafot etgan akasi Fransuaning ismi bilan atalgan. Shuningdek, Fransiyaning sobiq 
    prezidenti Jak Shirakni ikkinchi ismi - vafot etgan opalaridan birining sharafiga 
    Rene deb atashgan.
    Ispaniyalik mashhur mo‘yqalam sohib Salьvador Dali (to‘liq nomi 
    Salьvador Domingo Felipe Xasinto Dali i Domenek, markiz Dali de Pubolь) ning 
    1901 yilda tug'ilib, 1903 yilda vafot etgan akasini ham, uning otasini ham xuddi 
    shu nom bilan atashgan va h.k.
    Afrika qit'asidagi Tanzaniya va Keniyada Suaxili qabilasida hamda 
    Amanzonda yashovchi Shimoliy Amerikaning mahalliy xalqi tlinkitlarda bolaning 
    ismiga «ish» (otasi) yoki «tla» (onasi) so‘zining qo‘shilishi orqali teknonimlar 
    hosil bo‘lgan.
    Shimoliy Alyaskadigi Qirolicha Sharlotta orollarida yashovchi Xayda 
    qabilasida yangi bola dunyoga kelishi bilan nafaqat ota-onasining, hatto bobosi va 
    buvisining nomlari ham o‘zgarganligi kuzatilgan.
    Arablarda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin. Jumladan, 
    arablarda Hasan o‘g'il farzand ko‘rsa va uning otini “Zayn” deb qo‘yishsa. Shu 
    kundan boshlab Xasanning nomi o‘zgaradi va uni Abu Zayn (Zaynning otasi) deb 
    atay boshlashadi. Agar birinchi farzandning nomi Malik bo‘lsa, uning onasini 
    Ummi Malik, ya'ni Malikning onasi deb atay boshlashgan va h.k.


    215 
    Bunday holat arablarda yoshi ulug'larga yoki jamiyatda yuqori mavqega ega 
    bo‘lgan shaxslarga nisbatan hurmat yuzasidan munosabatni ifodalagan bo‘lishi 
    mumkin.
    Buxoro yahudiylarida vafot etgan katta qarindoshlarning nomlarini tilga 
    olish ta'qiqlanganligi, nekronim sababli teknonimning qo‘llanilishi kuzatiladi: 
    „nane -Iosif“ („Iosifning onasi“), „dadi-Iosif “ (Iosifning otasi) v.h.k.
    Buxoro viloyati xududida yashovchi aholi orasida turmush o‘rtog'ining 
    nomini boshqalarga eshittirib aytish, begonalar orasida nomini aytib, chaqirish 
    odobsizlik yoki “maqsadga muvofiq emas” deb hisoblangan. Shu sababli ushbu 
    xududlarda hozirgi vaqtda ham teknonim qo‘llaniladi. Jumladan, er-xotinlar bir-
    birlarini “oni Anvar” (Anvarning onasi) yoki “dadi Anvar” (Anvarning dadasi) deb 
    chaqirishlarini kuzatish mumkin. 
    Markaziy Osiyo xalqlari orasida bola tug'ilishi bilan unga munosib ism 
    tanlashga jiddiy e'tibor qaratishadi. Ko‘pgina holatlarda bolaga uning ko‘p yillar 
    yashab, barakali umr ko‘rgan, hayoti davomida obro‘-e'tiborga, yuqori martabaga 
    erishib, vafot etgan bobosining nomini qo‘yish urfga aylangan. Nom qo‘yish 
    marosimining tantanali ravishda el orasida nishonlanishi turli xududlarda turlicha 
    misol uchun Toshkent shahri va atrofida “aqiqa” deb nomlanishi kuzatiladi.
    Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nekronimlarda yer 
    yuzidagi xalqlarning boy tarixi, urf-odatlari, uzoq o‘tmishda yashash tarzlari, 
    shaxslarning jamiyatda, aholi orasida tutgan o‘rni, mavqei, hayoti haqidagi 
    ma'lumotlar aks etgan. 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish