Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Багомедов М.Р. Структура и семантика топонимических единиц
даргинского языка. - Махачкала, 2001. - 216 с.
2. Бушуева Е.Н. Словарь географических терминов и других слов,
встречающихся в топонимии ДаГЭСтанской АССР. - М., 1972. - 268 с.
216
3. Маёров М.В. Некронимы и некротопонимы как объекты ономастического
исследования // Проблемы региональной ономастики. Материалы
Всероссийской научной конференции. - Майкоп, 2006. - С. 177-181.
4. Меусишинский М. Шейх Мухаммад из Мега / сост. Багомедов М.Р. -
Махачкала, 2005. - 64 с.
5. Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии. - М.,
1988. -192 с.
BUXORO VILOYATI GEOURBANISTIKASIDA G‘IJDUVON
SHAHRINING O‘RNI
A.M.Mavlonov
BuxDU PI Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri, g.f.n.
O.J.Abdujabborova
BuxDU PI Geografiya va
iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi
1GIQ-21 guruhi talabasi
Buxoro viloyati hududi qadimiy aholi manzilgohlari shakllangan
mintaqalardan hisoblanadi. Xususan viloyat shaharlari juda boy tarixga ega.
Ayniqsa, bu borada qadimiy G‘ijduvon alohida ajralib turadi. shakllanishining
asosiy davri sobiq Sovet hokimiyati yillariga to‘g‘ri keladi. 1917 yil ma'lumotiga
ko‘ra O‘rta Osiyoda 50, shu jumladan O‘zbekistonda 29 manzilgoh shahar
maqomini oldi [4]. Ushbu shaharlar qatoriga Buxoro va G‘ijduvon ham kirgan.
Ammo oradan o‘n yil o‘tib, 1926 yilgi aholi ro‘yxati davrida G‘ijduvon
shaharchalar qatoriga kiritildi. 1926 yil sentyabrda G‘ijduvon tumanining tashkil
qilinishi bilan qadimiy G‘ijduvon tuman markazi etib belgilandi [2]. O‘sha vaqtda
u qo‘shni Qiziltepa tumani uchun ham markaz vazifasini bajargan. Shundan keyin
shaharda sanoat va boshqa tuman aholisi uchun xizmat ko‘rsatish sohalariga oid
ob'ektlar ishga tushdi. Bularning natijasida shaharning salohiyati asta-sekin
yuksalib borib, u 1938 yilda viloyatga bo‘ysunuvchi shahar maqomiga ega bo‘ldi.
217
XX asrning ikkinchi yarmidan keyin ayrim aholi manzilgohlarini maqomini
o‘zgarishi oqibatida mamlakatimizning ba'zi shaharlari (Denov, Chust) singari
1956 yilda G‘ijduvon ham shaharchalar qatoriga tushib qoldi. Mazkur davrda
shaharcha aholisi 10,0 ming kishiga teng edi (01.01.1959 y).
XX asrning 70-yillarida O‘zbekiston geourbanistikasida o‘ziga xos "to‘lqin"
yuz berdi. O‘zbekiston Oliy Sovetining 1972 yilda aholisi 7 mingdan ortiq
manzilgohlarga shahar maqomini berish to‘g‘risida qarori bunga asosiy sabab
bo‘ldi. Aynan ana shu huquqiy hujjat shaharlar sonining oshishiga turtki bo‘ldi.
Masalan, respublikada 1970 yil 124 shahar manzilgohi qayd etilgan bo‘lsa, 1979
yilga kelib ular 59 taga ko‘paydi va 183 tani hosil qildi. Vujudga kelgan shahar
manzilgohlarining 78 foizini shaharlar tashkil etdi. Shaharchalar esa atigi 13 taga
ortib, 95 taga etdi [1].
Qaror chiqqan 1972 yilning o‘zidayoq qadimiy G‘ijduvon O‘zbekiston
shaharlari qatoriga kirdi. Shundan keyin G‘ijduvon shahri aholisi doimiy ortib
ravishda bordi. Agar 1970 yilda shahar aholisi 15,5 ming kishini tashkil qilgan
bo‘lsa, 1989 yilga kelib qariyb ikki barobar oshdi va 29,7 ming kishiga teng bo‘ldi.
O‘zbekistonning barcha shaharlarda bo‘lgani kabi mustaqillik yillarida shahar
aholisining soni nisbatan sekin ko‘paydi. Jumladan, 1995 yilda G‘ijduvon shahri
aholisi 35,3 ming kishini, 2000 yil - 37,1, 2016 yil - 43,4 ming kishiga etdi.
Bugungi kunda G‘ijduvon nafaqat Buxoro viloyatining balki
mamlakatimizning eng yirik savdo markazlaridan biri. G‘ijduvon shahrining
o‘tmishi, buguni va kelajagini uning bozorisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu
bozor viloyatimizdagi eng yirik bozorlardan biri bo‘lib, u nafaqat Buxoro viloyati,
balki qo‘shni Navoiy viloyati aholisi uchun ham xizmat qiladi.
Qolaversa, G‘ijduvon shahrining qulay geografik o‘rni, ishlab chiqarish
infrastrukturasi va investision jozibadorligi erkin iqtisodiy zonalarni (EIZ)
shakllantirish uchun asos bo‘ldi. Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi
218
Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931-sonli farmoniga binoan G‘ijduvon
76
,
EIZ faoliyat olib bormoqda. EIZ ning samarador faoliyati nafaqat mazkur
shaharning balki viloyat va mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol
o‘ynamoqda.
Hozirda Buxoro viloyatida 11 shaharlar mavjud bo‘lib, ular orasida
G‘ijduvon demografik salohiyati jihatidan 3-o‘rinda (Buxoro va Kogon
shaharlaridan keyin) turadi. Shaharlar klassifikasiyasida "birinchi" va "ikkinchi"
shahar tushunchalari mavjud. Masalan, Buxoro viloyatining 1-shahri uni markazi –
Buxoroi Sharifdir. Aholi soni bo‘yicha ko‘ra viloyatning ikkinchi shahri – Kogon
hisoblanadi. Lekin Kogonni to‘la-to‘kis viloyatning ikkinchi shahri deb atab
bo‘lmaydi. Chunki uning viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni, eng avvalo, temir yo‘l
darvozasi ekanligi bilan baholanadi va u Buxoroga juda yaqin joylashgan.
Darhaqiqat, Kogon hozirgi mavqeiga viloyatning bosh temir yo‘l tuguni
bo‘lganligi uchun erishgan. Biroq, Kogon G‘ijduvon singari viloyatning ma'lum
bir qismi uchun markaz vazifasini bajara olmaydi. U Buxoro shahriga nisbatan
janubi-Sharqda joylashgani bois, uni ta'sir kuchi viloyatning katta qismini egallab
olmaydi va Kogonning ta'sirini kuchayishiga Buxoro shahri "to‘sqinlik" qiladi.
Boz ustiga, u joylashgan hudud asosan XX asrda o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu qismda
viloyat aholisining atigi 8,1 foizi yashaydi [3].
Garchand G‘ijduvon shahri aholi soniga ko‘ra Kogonga nisbatan kichik
bo‘lsada, ammo u viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, uning bunday mavqei Buxoro vohasining shimolida yaqqol seziladi.
G‘ijduvon voha shimolida o‘ziga xos markaz sanaladi. Shaharning ta'sir kuchi
nafaqat G‘ijduvon tumanida, balki unga yondosh bo‘lgan Vobkent, Shofirkon,
hatto Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ham sezilib turadi.
Afsuski, bunday xususiyatlarni Kogon shahri misolida ko‘rib bo‘lmaydi.
Ana shuni hisobga olib, G‘ijduvonni, garchi aholisi soni Kogonga nisbatan biroz
76
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 12 январдаги "Ургут, Ғиждувон, Қўқон, Хазорасп
ЭИЗларини ташкил қилиш тўғрисида"ги 4931-сонли фармони.
219
kam bo‘lsada, Buxoro viloyatining tom ma’nodagi "ikkinchi" shahri deb atash
mumkin [5].
Buxoro viloyatida ham juda ko‘p shaharlar, jumladan, G‘ijduvon ham
agroindustrial yo‘nalishga ega, ya'ni ularda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta
ishlovchi sanoat korxonalari mavjud. Chunonchi, paxta tozalash zavodi,
tikuvchilik va to‘qimachilik birlashmalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari shular
jumlasidandir. Qolaversa, shaharda mahalliy sanoat tarmoqlarining rivojlanganligi
bilan respublikada mashhur. Ayniqsa, G‘ijduvon kulolchiligi va noni (kulchasi)
bilan Dong chiqargan.
Bundan tashqari, shaharning bugungi mavqeiga, uning iqtisodiy geografik
o‘rni bosh omil bo‘lgan. Ayni vaqtda G‘ijduvon shu nomdagi tuman va uning
atrofi uchun xizmat ko‘rsatuvchi, moliya markazi vazifasini ham bajaradi.
G‘ijduvon shahri Buxoro vohasining shimolida o‘ziga xos markaz hisoblanadi. Shu
bilan birga, G‘ijduvon Buxoro va Navoiy shaharlaridan deyarli bir xil uzoqlikda
joylashib, ularni bog‘lovchi "ko‘prik" bo‘lib xizmat qiladi. Geografik o‘rnining
qulayligi bois, shaharda qo‘shni tuman markazlariga ko‘ra aholi qariyb 3 barobar
ko‘proq yashaydi. Hozirda G‘ijduvon shahrida 50 ming kishiga yaqin aholi
yashamoqda.
Umuman olganda, G‘ijduvon shahri Buxoro viloyati geourbanistikasida
munosib o‘rin tutadi. Shahar Buxoro vohasining Shimoliy darvozasi hamda asosiy
savdo markazi hisoblanadi. Yaqin kelajakda G‘ijduvon shahrining rivojlanishi eng
avvalo, EIZ asosida kechadi. Shuningdek, agroindustrial yo‘nalish va mahalliy
sanoat shahar tarqqiyotida muhim rol o‘ynashda davom etadi. An'anaviy savdo-
sotiq va xizmat ko‘rsatish sohalari ham shaharning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘lib
qolaveradi.
|