• O‘ZBEK NASRIDA KULGI SAN’ATINING IFODALARI Xaitov Xamza Axmadovich BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”
  • Kalit so‘zlar
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Использованная литература: 
    1. 
    А. Грузберг, Л. Грузберг. «Пословицы и поговорки». Издательство: Литур. 
    2008 год.
    2. 
    В. Даль.
    «Пословицы и поговорки». Издательство: Искатель. 2020 г.
    3. О. Д. Ушакова. «Пословицы и поговорки и крылатые слова». Литера: 
    Словарик школьника. 2019 год. 
    O‘ZBEK NASRIDA KULGI SAN’ATINING IFODALARI 
    Xaitov Xamza Axmadovich 
    BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi” 
     kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d. 
     Azimova Gulmira Zokir qizi 
    BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asr nasrida askiya, lof, latifa kabi 
    janrlarga o‘xshash kulgi elementlarining ta’siri ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
    Kalit so‘zlar: milliy ruh, adabiy ta’sir, xalq og‘zaki ijodi, askiya, lof, latifa, 
    yumor, estetik hodisa, kinoya, satira, fel-atvor. 
    Har bir millatning qiyofasini belgilashda uning adabiyoti ham hal qiluvchi 
    ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki milliy adabiyot milliy ruhni aks ettiradi. Milliy 
    ruhni to‘la qonli aks ettirish va uni saqlab qolishda boshqa biror bir vosita adabiyot 
    o‘rnini bosa olmaydi. Inson go‘dakligidan boshlab xalq og‘zaki ijodining latif janri 


    197 
    – ertaklarni tinglab uyg‘onadi. Yana bir hayot mantig‘iga mos bir haqiqat mavjud; 
    istagan bir inson chaqaloqni qo‘liga olar ekan, uning kuldirish uchun turli 
    harakatlar qiladi. Demak, individlik davridayoq insonda latifa, askiya, kulgi, 
    yumor, hajvga bevosita ehtiyoj seziladi. “Kulgi kishilar bilan birga tug‘ilib, ular 
    bilan birga kamolotga erisha borgusidir. Albatta, kulgilik boshlanishida tor, siqiq 
    doirada bo‘lganligiga shubha yo‘q. Masalan, madaniyatda ibtidoiy bo‘lgan 
    xalqlarning kulgisini oddiy hazildan, vaziyat muzikasidan yuqori ko‘rib bo‘lmaydi. 
    Insonlar bir oz o‘sib orada sinflar tug‘ilgandan so‘ng kulgilik bir muncha o‘sgan, 
    ya’ni bir sinf ikkinchi bir sinfdan, boy kambag‘aldan, murid eshondan kula 
    boshlagan
    70
    .
    Xalq maydon kulgi san’ati insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, 
    turli makon va zamonda yuzaga kelgan katta siljishlar, g‘oyaviy-ma’rifiy 
    sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar orqali takomillashish jarayonini boshidan 
    kechirgan. Dunyo adabiyoting yozma namunalari taraqqiyotida ham xalq maydon 
    kulgi san’atining sintezlarini ko‘ramiz. Fikrimizning dalili sifatida qachon 
    yozilgani ma’lum bo‘lmasa-da, qadim zamonlarda yuzaga kelgan arab xalq 
    ertaklari “Ming bir kecha” ning 4-kitobidagi “Oshiq muallim”, “Savodsiz 
    muallim”, “Befarosat muallim” hikoyatlarini keltirishimiz mumkin
    71
    .
    Turmush faktlari asosida ta’sir kuchi yuqorilagan xalq maydon kulgi 
    san’ati sakkiz kitobdan iborat ushbu yirik badiiy asarning estetik qimmati va 
    yaratilishi uchun o‘ziga xos o‘ringa ega. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish 
    mumkin. Xalq maydon kulgisi inson tasavvur va tafakkur olamining sarchashmasi, 
    ijtimoiy hayot, yashash zavqi va mohiyati bilan bevosita bog‘liq holda XX asr 
    prozasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu o‘rinda ulug‘ fikrlar va buyuk g‘oyalar 
    muallifi Abdulla Qodiriyning quyidagi fikrlarini eslaymiz. “Kulgi jurnalida 
    ishtirok qilish biroz nazokat talab qiladi. Chunki, sizni nafratlantirgan, 
    istehzolantirgan masala yoki shaxsni o‘z hayotidan, o‘z xususiyatidan olib kulgi 
    70
    Qodiriy A Kichik asarlar.T., G’afur G’ulom.1969.-B.182. 
    71
    Ming bir kecha.T., O‘zbekiston. 2015. – B.379-382. 


    198 
    holiga qo‘yishingiz kerak. Yani siz bu kulgilikni yasagan bo‘lib ko‘rinmang, balki, 
    o‘zi yasalgan bo‘lsin. Toki o‘quvchingizgina emas, hatto kulgida qolgan 
    raqibingizning o‘zi ham siz bilan birgalashib kulishlikka majbur bo‘lsin. 
    Adabiyotda bir necha xil kulgi yo‘llari bo‘lsa ham (piching, kesatish, kinoya, 
    tag‘ofil v.b), lekin eng mo‘tabari xarakter kulgisidirki, ammo bunda quyidagi 
    shartlar topilishi kerak.
    1. Qahramonning xarakteri, ya’ni sizni olgan masalangiz va yoki 
    kishingizning o‘zidagina topilgan tabiat. Masalan, so‘z ish, fel-atvor. 
    2. Shu xarakteristika ichidan siz bermakchi bo‘lgan ma’no va ibratning o‘z-
    o‘zidan tomib turishi.
    3. Shu ikki turlik narsa ichidan istehzo va xoxoho moddasining tabiiy 
    sur’atda kelib chiqishi
    72

    Kulgi qanchalik serjilo bo‘lsa, uni o‘zbek prozasidagi inikosi ham 
    shunchalik xilma-xildir. Jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyotidagi ulkan 
    san’atkorlar ijodida yaqqol ko‘zga tashlanib turuvchi xalq maydon kulgi san’ati – 
    olamni estetik o‘zlashtirish va tasvirlash ta’siridagi o‘ziga xos usulga 
    aylanganligini ko‘ramiz. “Yumor-satira. Bu kulgining ikki qutbi. Ular orasida 
    kulgining olamjahon tovlanishlari va ma’nolari bor. Ezopning quvnoq va achchiq 
    masxaralovchi kulgisi, Fransua Rablening gulduros qahqahasi, Jonatan Sviftning 
    emiruvchi zaxarxandasi, erazm Rotterdamskiyning nozik kinoyasi, Volterning 
    dono estehzosi, Beranjening goh hazil goh satirik gulgusi, Bomarshening o‘ynoqi 
    yumori, Domenning karikaturasi, Goyanning shavqatsiz, dunyo dahshatlariga to‘la 
    groteski, Geynening nashtarli romantik kinoyasi, Anatol Fransning skentik 
    kesatig‘i, Mark Tvenning sho‘x yumori, Bernard Shouning kinoyali yumori, 
    Yaroslav Gashekning mug‘ombirona kulgisi, Gogolning ko‘z yoshlar ichra kulgisi, 
    Shchedrenning g‘azabnok tilkalovchi, fosh qiluvchi zaharxandasi, Chexovning 
    dilkash, ma’yus lirik yumori, V.Mayakovskiyning g‘olibona qahqahasi, 
    72
    Qodiriy A Kichik asarlar.T., G’afur G’ulom.1969.-B.187. 


    199 
    M.Gorkiyning optimistik satirasi, A.Tvardoskiyning xalqona, sho‘x-shodon 
    yumori”
    73
    fikrimizni asoslaydi.
    XX asr o‘zbek adabiyotining nodir namunalari “O‘tkan kunlar” 
    “Mehrobdan chayon”, “Sarob”, “Ikki eshik orasi”, “Tobutdan tovush”, “Shum 
    bola”, “Sinchalik”, “Yodgor”, “Yolg‘onchi farishtalar”, “Afandining 41 
    pashshasi”, “Qahqaha” kabi asarlarida xalq maydon kulgi san’atining bevosita aks-
    sadolariga guvoh bo‘lamiz. Dunyo adabiyotshunoslarining ba’zilari “Kulgining 
    so‘qmoqlari tragediyaga olib boradi
    74
    , degan farazni ilgari surishadi. 
    Taniqli adabiyotshunos B.Nazarov A.Qahhorning atrim komediyalarida 
    tragizm birliklari etakchilik qilishini ta’kidlaydi. “Tobutdan tovushning” 
    hujayralari, ayrim qahramonlardagi badiiy mantiq, hamda shu birinchi nomlanish 
    dramaturgning tub ijodiy niyyatida asar komediyadan ko‘ra ko‘proq tragikomediya 
    janrida yaratilishi mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, degan taxminni aytishga asos 
    beradi.
    75
    Demak kulgi va fojiaviylik, garchi bir biriga zid, qarama qarshi 
    tushunchalar bo‘lsa ham, shu tarzada adabiyot va san’atda ifodalanishi va hayotda 
    birgalikda mavjudligi ham qonuniydir.
    Dunyo va o‘zbek adabiyotshunosligining turli ilmiy nazariy qarashlariga 
    qo‘shimcha holda shuni aytish kerakki, XX asr o‘zbek prozasi bilan xalq maydon 
    kulgi san’atining uyg‘unlashuvi badiiy asarlarning estetik qimmatini oshirish bilan 
    bir qatorda millatimiz kitobxonining jo‘shqin ruhiyatiga xoslik va moslikni 
    ta’minlagan.
    Kulgi, hajv, yumor badiiy estetik hodisadir. Ular adabiyot va san’at 
    taraqqiyotida obektiv mavjud bo‘lib, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, 
    badiiy ijodning oliy ko‘rinishi roman va qissalarda ham voqelikka eng faol 
    munosabat tarzida namoyon bo‘ladi.
    73
    Борев Ю Комическое – Москва. 1970. Искуство. Стр.79. 
    74
    Вишневский В. Статьи, дневники, письма. Москва. Искуство. 1961. Стр.280. 
    75
    Nazarov B “Abdulla Qahhor badiiy haqiqati. O‘zbek tili adabiyoti jurnali. T., 2007.№.4.B.7 


    200 
    Xalq maydon kulgisi kinoya, satira va yumordagi kabi reallikni baholash 
    bilangina cheklanmaydi, u reallikni baholash prinsiplarining o‘zini ham taftishdan 
    o‘tkazadi va subektiv ibtidoning yetakchiligi bilan ajralib turadi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish