|
-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlanganligining qiyosiy ko‘rinishi
|
bet | 30/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.20243.2.2-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlanganligining qiyosiy ko‘rinishi
Nazorat guruhlaridagi respondentlarda tadqiqot avvali va oxirida deyarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga doir ishlarning samaradorligi to‘g‘risida qat’iy xulosaga kelish uchun Styudent-Fisher metodini qo‘llash orqali asosiy g‘oya, ya’ni tajriba va nazorat guruhlarida qayd etilgan ko‘rsatkichlar X>Y ga tengligi tasdiqlanishi taqozo etiladi.
Diagramma grafiklaridan tajriba va nazorat guruhlarida qayd etilgan ko‘rsatkichlarning tanlanma modal qiymatlari mos ravishda Mt5 va Mn3 ga tengligini, ya’ni ular orasida keskin farq mavjudligi (matematik nuqtai nazardan MtMn ga teng)ligini anglash mumkin.
Bu holat belgilangan tanlanmalar uchun mos bo‘lgan o‘rtacha qiymatlar XY shartni qanoatlantirishdan dalolat beradi. 3.2.2-jadval ko‘rsatkichlar yordamida Styudent-Fisher metodi formulasiga muvofiq statistik tahlil amalga oshirildi:
Hisob-kitob natijalari tajriba guruhlarida qayd etilgan ko‘rsatkichlarning nazorat guruhlariga tegishli bo‘lgan ko‘rsatkichlardan katta ekanligini tasdiqladi. Bu matematik nuqtai nazardan XY ga tengligidan dalolat beradi.
Tanlangan metod mohiyatiga ko‘ra navbatdagi bosqichda har ikki guruh uchun tarqoqlik koeffitsientlarini topish talab etiladi. Buning uchun avvalo tanlanma dispersiyalarini aniqlab olish lozim. Tanlanma dispersiyalar quyidagi formula yordamida topiladi:
Tanlanma dispersiya qiymatlari asosida o‘rtacha kvadrat chetlanishlar aniqlanadi. Ya’ni:
O‘rtacha kvadrat chetlanishlarning ko‘rsatkichlari esa o‘z navbatida tajriba va nazorat guruhlari uchun variatsiya qiymatlarini belgilash imkoniyatini yaratadi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Statistik alomatning qiymatdorlik darajasi 0,05 deb qabul qilinadi hamda Laplas funksiyasi jadvali bo‘yicha statistik tahlil uchun kritik nuqta (tkr) aniqlanadi. An’anaga ko‘ra kritik nuqta
tenglikdan topilib, (tkr) 1,67 ga teng bo‘ladi. Kritik nuqta qiymatidan foydalangan holda baholashning ishonchli chetlanishlari aniqlanadi. Olib borilgan hisoblashlar natijasida baholashning ishonchli chetlanishlari tajriba guruhlarida 0,04 ga, nazorat guruhlarida esa 0,06 ga tengligi ma’lum bo‘ldi. Bu qiymatlar quyidagi formulalar yordamida aniqlandi:
Baholashning ishonchli chetlanishlarini ifodalovchi qiymatlar yordamida har ikki guruh uchun ishonchli intervallar aniqlanishi talab etiladi va hisoblash ishlari quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:
Natijada tajriba va nazorat guruhlari uchun qiymatlar hosil bo‘ladi.
Tajriba guruhlari uchun:
Nazorat guruhlari uchun:
3,93
Tajriba va nazorat guruhlariga tegishli bo‘lgan ishonchli intervallar geometrik tasvirni ifodalashga imkon beradi. Ya’ni:
4,47
а
Bundan = 0,05 qiymatdorlik darajasiga ko‘ra tajriba guruhlariga tegishli o‘rtacha baho ko‘rsatkichlari nazorat guruhlarining ko‘rsatkichlariga qaraganda yuqori va hosil bo‘lgan intervallar ustma-ust tushmaydi.
Styudent-Fisher metodi mazmuniga ko‘ra tajriba-sinov ishlari samaradorligini belgilovchi sifat ko‘rsatgichlarini ham topish talab etiladi. Buning uchun tajriba va nazorat guruhlariga tegishli bo‘lgan o‘rtacha qiymatlar hamda baholashning ishonchli chetlanishlarini ifodalovchi ko‘rsaktichlardan foydalaniladi. Hisoblashlar jarayonida ularning =4,3; =3,8; ga tengligi ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu qiymatlarga tayangan holda sifat ko‘rsatkichlari quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:
> 0;
Natija tajriba-sinov ishlari samaradorligini baholovchi mezonning 1 dan, bilish darajasini baholash mezonining noldan kattaligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida tajriba guruhlariga tegishli natijalarning nazorat guruhlari natijalariga ko‘ra yuqori ekanligini ifodalaydi. Shunday qilib, statistik tahlil intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlanganligining qiyosiy ko‘rinishi
|