|
-rasm. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalari
|
bet | 29/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.20243.2.1-rasm. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalari
Tajriba guruhidagi sinaluvchilarning 4 nafarida kommunikativ kompetensiyaning yuqori darajasi aniqlanib, ushbu daraja quyidagicha xususiyatlanadi. Pedagogik muloqot strategiyalaridan yuqori darajada xabardorlik, yuksak axloqiy fazilatlarning rivojlanganligi, pedagogik jamoada axloqiy me’yor va tamoyillarni yuqori darajada anglash hissining mavjudligi, kommunikatsiya va kommunikabillik tushunchalari mazmunini yuqori darajada anglashi bilan tavsiflanadi.
Tajriba guruhidagi sinaluvchilar bilan maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlardan keyin intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan modelimiz va belgilab olgan maqsad, vazifalarimiz samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida yakunlovchi tajriba-sinov ishlari tashkil etildi. Tajriba va nazorat guruhlari bo‘yicha tajribadan avvalgi va keyingi holatlar qiyosiy tahlil qilindi (3.2.2-jadval).
Yakunlovchi tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra respondentlarning 16 nafarida yuqori darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi, 11 nafarida o‘rtacha darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi qayd etildi. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning past darajasi 7 nafar sinaluvchida kuzatildi. Ya’ni tajriba guruhlaridagi o‘rta va yuqori darajadagi respondentlar sonining ortishi hisobiga past darajadagi sinaluvchilar sonining kamayganligi aniqlandi.
3.2.2-jadval
Asoslovchi va yakunlovchi tajriba-sinov ishlari natijalari
T/r
|
Darajalar
|
Tajriba guruhi (nafar)
|
Nazorat guruhi (nafar)
|
Tajriba-sinov boshida
(n1 = 34)
|
Tajriba-sinov oxirida
(n2 = 34)
|
Tajriba-sinov boshida
(n1 = 33)
|
Tajriba-sinov oxirida
(n2 = 33)
|
1.
|
Past
|
13
|
7
|
12
|
11
|
2.
|
O‘rta
|
17
|
11
|
16
|
17
|
3.
|
Yuqori
|
4
|
16
|
5
|
5
|
Asoslovchi va yakunlovchi tajriba-sinov ishlari natijalarini quyidagi diagrammada ifodaladik (3.2.2-rasm).
|
| |