|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 26/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Natijalar tahlili. Mazkur 27 ta’kiddan 15 tasi to‘g‘ri (1,3,4,5,9,10,11,14,15,19,20,22,24,25 raqamli ta’kidlar). Qolgan 15 tasi teskari (noto‘g‘ri) ta’kiddan iborat.
Barcha bo‘limlarni 4 ta guruhga ajratish mumkin:
1) faoliyatning retrospektiv refleksiyasi (1,4,5,12,17,18,25,27 raqamli ta’kidlar);
2) hozirgi (mavjud, ayni vaqtdagi) faoliyat refleksiyasi (2,5,13,14,16,17,18,26 raqamli ta’kidlar);
3) kelajak faoliyatni ko‘rib chiqish (3,6,7,10,11,14,15,20 raqamli ta’kidlar);
4) muloqot va boshqa shaxslar bilan o‘zaro tasir refleksiyasi (8,9,19,21,22,23,15,22,26 raqamli ta’kidlar).
Shuningdek, ushbu tarkibiy qismni Rokichning “Shaxs qadriyatlarini aniqlash metodikasi” yordamida ham tahlil etdik. Ushbu metodika ikkita javoblar varaqasidan iborat bo‘lib, birinchisi varaqa hayotiy maqsadlar (qadriyatlar) mazmunini ikkinchisi shaxs xususiyatlari (qadriyatlar sifatida)ning mazmunini diagnoz qilish imkoniyatiga ega.
Mazkur so‘rovnomani o‘tkazishda eng avvalo qadriyatlar orientatsiyasi psixologik mexanizmining shakllanganlik darajasi, ya’ni sinaluvchilarning qadriyatlarni tanlay olishga qodirligini aniqlash kerak. O‘quvchilarning bunday qobiliyati ularning qadriyatlarga qo‘ygan baholari xilma-xilligida namoyon bo‘ladi.
Agar sinaluvchilar qadriyatlarni baholashda 5 balli tizimdagi barcha ballardan foydalansalar, demak ularda differensiatsiyalashning psixologik mexanizmi shakllangan, bordi-yu, ular qadriyatlarni baholashda asosan 2 ta ballni (masalan 4 va 5ni) qo‘llasalar, bu differensiatsiyalashish mexanizmi hali shakllanishning ilk bosqichida ekanligini anglatadi. Agar sinaluvchilar baholashda umuman, faqat bitta balldan foydalansalar, ularda qadriyatlar orientatsiyasining psixologik mexanizm sifatida differensiatsiya qobiliyati shakllanmaganligini anglatadi. Shu tariqa psixologik mexanizmning shakllanganligiga ko‘ra sinaluvchilar guruhlarga ajratilishi mumkin. Ushbu metodika tadqiqot ishimizda qadriyatlar yo‘nalishining differensiatsiyalashgan tarkibi shakllangan, differensiatsiyalashgan tarkib endi shakllana boshlagan va shakllanmaganligini[18,73-78-b] ko‘rsatib bera oluvchi shkalalarga egaligi bilan ham ahamiyatlidir.
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun, avvalo, uning mezon va darajalarini aniqlashtirib olish talab etiladi.
Mezon – o‘lchov. Taqqoslash yoki baholash uchun o‘lchov, andoza[67].
Ko‘rsatkich – 1. Ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv. 2. Biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi. 3. Biror kategoriyaga taaluqlilikni ko‘rsatib turuvchi belgi[67].
Mezon – bu shunday belgiki, shu belgi asosida rivojlantirilayotgan jarayon baholanadi, belgilanadi va tasniflanadi, ya’ni bu bahoning o‘lchamidir. Har bir belgilangan mezon sifatning u yoki bu darajasida namoyon bo‘lishi mumkin va baholanayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichlari ahamiyatini ayni ko‘rsatkichlarning bazaviy (eng yaxshi, ideal va hokazo) ahamiyati bilan solishtirishga asoslangan tegishli xususiyatini o‘zida aks ettiradi. Ko‘rsatkich – bu jarayonning rivojlanishi va kechishi to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan o‘lcham. Daraja esa – mavjud holatning ko‘lami, rivojlanganligi va ahamiyatliligi o‘lchovidir [44,727-b].
Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatini tahlil qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlarini o‘rganish talabalarning kasbiy faoliyatidagi kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish darajasini aniqlash imkonini berdi.
Ilmiy tadqiqot ishlari va pedagogik-psixologik adabiyotlarni o‘rganish natijasida, intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning komponentlariga mos ravishda mezonlar ishlab chiqildi. Darajalarni belgilashda, ushbu mezon va ko‘rsatkichlar hisobga olindi (3.1.3-jadvalga qarang).
|
| |