• Komponentlar Metodik vositalar
  • Ushbu metodika yuzasidan respondentlarga quyidagicha ko‘rsatma berildi
  • Buxoro innovatsiyalar universiteti




    Download 256,46 Kb.
    bet25/34
    Sana08.10.2024
    Hajmi256,46 Kb.
    #273985
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34
    Bog'liq
    28.06.2024

    3.1.1-jadval
    Talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlanganlik darajasini aniqlovchi metodik vositalar



    Komponentlar

    Metodik vositalar

    1.

    Emotsional-diagnostik komponent

    Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi.

    2.

    Kognitiv- komponent

    Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi.
    Subyektiv nazorat darajasini aniqlash testi.

    3.

    Refleksiv-xulqiy komponent

    Refleksivlik darajasini aniqlash metodikasi. (V.V. Ponamaryova bo‘yicha)
    Rokichning “Shaxs qadriyatlarini aniqlash” metodikasi.

    Kommunikativ kompetensiyaning emotsional-diagnostik komponent “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi” yordamida tashxis etilib, ushbu metodika 27 savoldan iborat, ularning har biriga uch variantda javob berish mumkin.


    Bu metodika yordamida quyidagi shaxs yo‘nalganliklari aniqlanadi:
    1. O‘ziga yo‘nalganlik (Men) – introvertlik, xavotir, qo‘zg‘aluvchanlik, raqobatga moyillik, hukmronlik, statusga intilishdagi agressivlik, har sohada shaxsning o‘ziga yo‘nalganligidir.
    2. Muloqotga yo‘nalganlik (Muloqot) – har qanday sharoitdan qat’iy nazar insonlar bilan munosabatlarni saqlab qolishga intilish, o‘zaro hamkorlikka yo‘nalganlik, ijtimoiy ma’qullanganlikka yo‘nalganlik, insonlarga yordam berishga intilish, guruh bilan tez chiqishib ketish, insonlar bilan emotsional munosabatlarga va o‘zaro hamfikrlilikka ehtiyoj sezish.
    3. Faoliyatga yo‘nalganlik (Faoliyat) – faoliyat muammolarini hal qilishga qiziqishning kuchliligi, yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada bajarishga intilish, faoliyatda hamkorlik qilishga yo‘nalganlik, faoliyatni tashkil qilishda jamoa uchun samarali bo‘lgan g‘oyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatishga moyillikning kuchliligi kuzatiladi.
    Tadqiqot ishimiz doirasida kommunikativ kompetensiyaning ikkinchi tarkibiy qismi kognitiv komponent “Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘rganish” so‘rovnomasi hamda “Subyektiv nazorat darajasini aniqlash” testi yordamida tahlil etildi.
    “Subyektiv nazorat darajasini aniqlash testi” yordamida insonlar bilan sodir bo‘lgan va uni atrofida ro‘y berayotgan hodisalarni sabab va natijalarini shaxs qay darajada o‘z zimmasiga olishi aniqlandi. Sinaluvchiga 44 ta mulohazalar beriladi, ularga inson “qo‘shilaman” yoki “yo‘q” deb o‘z munosabatini bildiradi va shu asosda subyektiv nazorat qay darajada ekanligi aniqlanadi.
    Shunigdek, mazkur komponent “Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi” vositasida diagnostika qilindi. Tadqiqotni individual va guruhda o‘tkazish mumkin. Tadqiqotni o‘tkazish uchun metodika savolnomasi va javoblar varaqasini respondentlarga tarqatish lozim. Tekshiruvchilarga javob varaqalarini tarqatib bo‘lgach, qo‘llanmalarni o‘qib berish kerak. Yo‘riqnoma: quyida keltirilgan tasdiqlarni yaxshilab o‘qib chiqing va bu tasdiqlarga rozi bo‘lsangiz “+” belgisini, agar rozi bo‘lmasangiz “-” belgisini qo‘ying. Javob uchun ko‘p vaqt sarflamang, miyangizga kelgan birinchi tabiiy javobni bering. Savollarni qoldirmasdan, tartibi bilan javob bering. O‘z javoblaringizni yaxshi tasavvur etishga harakat qilmang, ular haqiqiy bo‘lishi lozim. Har bir savolga berilgan javob umuman ko‘rib chiqilmaydi, bizni faqatgina umumiy ko‘rsatgichlar qiziqtiradi. Mazkur metodika kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlarini aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, kasbiy proforientatsion yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan [54,374-379-b] bo‘lib, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarining past, o‘rtadan past, o‘rtadan yuqori va juda yuqori darajalarini aniqlab beradi.
    Kommunikativ kompetensiyaning navbatdagi tarkibiy qismi refleksiv-xulqiy komponent “Refleksivlik darajasini aniqlash metodikasi” (V.V.Ponamaryova bo‘yicha) yordamida tahlil etildi. Ushbu metodika yuzasidan respondentlarga quyidagicha ko‘rsatma berildi: So‘rovnomaning ta’kidlariga javob berishingiz lozim. Javoblar jadvalida savol raqami qarshisida javobingizga mos keluvchi raqamni qo‘ying: 1) butkul noto‘g‘ri 2) noto‘g‘ri 3) deyarli noto‘g‘ri 4) bilmayman 5) deyarli to‘g‘ri 6) to‘g‘ri 7) butkul to‘g‘ri. Javoblar ustida uzoq o‘ylanmang. Mazkur holatda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarning bo‘lishi mumkin emasligini yodingizdan chiqarmang. Hayolingizga birinchi bo‘lib kelgan fikr eng to‘g‘ri javob hisoblanadi. Metodika 1) faoliyatning retrospektiv refleksiyasi, 2) hozirgi (mavjud, ayni vaqtdagi) faoliyat refleksiyasi, 3) kelajak faoliyatni ko‘rib chiqish 4) muloqot va boshqa shaxslar bilan o‘zaro tasir refleksiyasini o‘rganishga mo‘ljallangan.

    Download 256,46 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




    Download 256,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro innovatsiyalar universiteti

    Download 256,46 Kb.