|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 24/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Uchinchi bosqichda shakllantiruvchi eksperiment natijalari statistik tahlili amalga oshirildi, talabalarda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi samaradorligini tasdiqlovchi nazorat eksperimenti o‘tkazildi, xulosalar shakllantirildi.
Biz tadqiqot mavzuimiz bo‘yicha ilgari surgan maqsad va vazifalarimizni tekshirish, talabalarda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga oid modelimizni samaradorligini tekshirib ko‘rish maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etdik. Ushbu tajriba-sinov ishlari asoslovchi, yakunlovchi va tahliliy umumlashtiruvchi bosqichlarda amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlarining asoslovchi bosqichida talabalarda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligi asoslandi.
Mavjud pedagogik jarayonning har tomonlama tahlil etilganligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yutuqlarni boyitish ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari davomida belgilab olindi. Shunga ko‘ra, amalga oshirilgan ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlarini samarali tashkil etish maqsadida maxsus ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olgan dastur ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu dastur asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining maqsadga muvofiqligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va tajriba-sinov ishlari metodikasi yoritildi.
Ushbu dastur maqsadi tadqiqot metodologiyasi, obyekti, predmeti, ilgari surilgan vazifalari va ilmiy farazlardan kelib chiqqan holda, tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshirishning amaliy jihatlarini aniqlash va eng maqbul shakl, metod va vositalarni belgilashdan iborat.
Tajriba-sinov ishlari davomida quyidagi pedagogik vazifalar hal qilindi:
1. Tajriba-sinov maydonchalari aniqlandi;
2. Tajriba-sinov muddati va bosqichlari belgilandi;
3. Respondentlar soni belgilab olindi, hamda tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi;
4. Tajriba-sinov materiallari sifatida ishlanmalar tayyorlandi;
5. Pedagogik-psixologik metodikalar: anketa, test, suhbat, intervyu, kuzatish kabi metodlar yordamida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarida deontologik kompetentlikning rivojlanganligi darajasi aniqlandi;
6. Ishlab chiqilgan metodika ta’kidlovchi tajriba-sinov jarayonida sinovdan o‘tkazildi hamda metodika samaradorligini aniqlash maqsadida tadqiqot obyektlarida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda ushbu metodikadan foydalanildi va uning samaradorligi aniqlandi [27,98-b].
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda quyidagi tajribaviy shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi:
– tajriba-sinov guruhlarining haqiqatdan mavjudligini hisobga olgan holda, ularning tajriba-sinov ishlari haqidagi ma’lumotlarga egaligi;
– tajriba-sinov ishlari jarayonida o‘zaro samarali muloqot va aloqaning o‘rnatilganligi;
– statistik metodlarning aniq tanlab olinganligi;
– tajriba-sinov materiallarini o‘rganilayotgan masalaga muvofiq tanlash va tizimlashtirish.
Tajriba-sinov ishimizning samaradorligi ilmiy-nazariy tomondan asoslangan g‘oyalarni amaliyotga tatbiqini ta’minlovchi metodika va so‘rovnomalarning to‘g‘ri tanlanganligi va qiymati bilan ifodalanadi[78]. Shu sababli tajriba-sinov ishlarini ilmiy-metodik va tashkiliy-texnologik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarur. Kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganlik darajasini tashxis etish maqsadida komponentlarga mos diagnostik metodlar tanlab olindi.
Dissertatsiyamizning 1.2-paragrafida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlari keltirib o‘tilgan (1.2.1-jadval). Ushbu kommunikativ kompetensiya komponentlari hamda talaba shaxsining kommunikativ sifatlarini tashxis etish imkonini beradigan diagnostik vositalarni keltirib o‘tamiz (3.1.1-jadvalda o‘z aksini topgan).
|
| |