• Ikkinchi bosqichda
  • Buxoro innovatsiyalar universiteti




    Download 256,46 Kb.
    bet23/34
    Sana08.10.2024
    Hajmi256,46 Kb.
    #273985
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
    Bog'liq
    28.06.2024

    III BOB. INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI EMPERIK O‘RGANISH
    3.1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni va metodikasi
    Dissertatsiyaning birinchi va ikkinchi boblarida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish muammosini nazariy tahlil etish natijalari yoritildi va tadqiqotlarimiz natijasida mazkur rivojlantirish jarayonining tarkibiy funksional modeli hamda pedagogik shart-sharoitlari takomillashtirildi.
    Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajriba-sinov ishlari 2023-2024-o‘quv yili davomida Buxoro innovatsiyalar universitetining 2-kurs Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari bazasida tashkil etildi. Tajriba-sinov ishimizga 67 nafar respondent-talabalar jalb etildi.
    Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida (2022-2023-yillar) muammoning pedagogika fanida ishlanganlik darajasi o‘rganildi. Talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga doir nazariy yondashuvlar, talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish muammosining pedagogik-psixologik tadqiqotlarda o‘rganilganligi, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni mazmuni o‘rganildi, tadqiqotning asosiy nazariy tushunchalari tahlil etildi va ularning o‘ziga xosligi hamda o‘zaro aloqadorligi tahlil qilindi, tadqiqotning tushunchalar apparati aniqlashtirildi, pedagogik eksperimentning qayd etuvchi va shakllantiruvchi bosqichlari mazmuni va metodikasi ishlab chiqildi.
    Ikkinchi bosqichda (2023-2024-yil ) qayd qiluvchi eksperiment o‘tkazilib, unda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlanganlik darajasi, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda tizimli yondashuvning ahamiyati o‘rganildi, talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan metodikasi ishlab chiqildi va ilmiy asoslandi, talabalarda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini tekshirish maqsadida shakllantiruvchi eksperiment o‘tkazildi.

    Download 256,46 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




    Download 256,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro innovatsiyalar universiteti

    Download 256,46 Kb.