|
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
|
bet | 31/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
1. Biz tadqiqot mavzuimiz bo‘yicha ilgari surgan maqsad va vazifalarimizni tekshirish, intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga oid modelimizni samaradorligini tekshirib ko‘rish maqsadida tajriba-sinov ishlarini tashkil etdik. Ushbu tajriba-sinov ishlari asoslovchi, yakunlovchi va tahliliy umumlashtiruvchi bosqichlarda amalga oshirildi.
2. Tadqiqot ishimiz doirasida asoslovchi tajriba-sinov ishlarini tashkil etish maqsadida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash imkoni beradigan metodik vositalar aniqlashtirib olindi: Shaxs yo‘nalganligini aniqlash metodikasi; Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘rganish so‘rovnomasi; Subyektiv nazorat darajasini aniqlash testi; Refleksivlik darajasini aniqlash metodikasi. (V.V. Ponamaryova bo‘yicha); Rokichning “Shaxs qadriyatlarini aniqlash” metodikasi.
3. Kommunikativ kompetensiya mazmunini ifodalovchi tarkibiy qismlarning qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlar asosida (emotsional-diagnostik mezon, kognitiv mezon, refleksiv-xulqiy mezon) darajalari (past,o‘rta,yuqori) shakllantirildi.
4. Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, tajriba guruhidagi sinaluvchilarning 13 nafarida kommunikativ kompetensiyaning past darajasi, sinaluvchilarning 17 nafarida o‘rtacha ko‘rsatkichi va 4 nafarida kommunikativ kompetensiyaning yuqori darajasi kuzatildi.
5. Yakunlovchi tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra respondentlarning 16 nafarida yuqori darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi, 11 nafarida o‘rtacha darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi qayd etildi. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning past darajasi 7 nafar sinaluvchida kuzatildi. Ya’ni tajriba guruhlaridagi o‘rta va yuqori darajadagi respondentlar sonining ortishi hisobiga past darajadagi sinaluvchilar sonining kamayganligi aniqlandi.
6. Natija tajriba-sinov ishlari samaradorligini baholovchi mezonning 1 dan, bilish darajasini baholash mezonining noldan kattaligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida tajriba guruhlariga tegishli natijalarning nazorat guruhlari natijalariga ko‘ra yuqori ekanligini ifodalaydi. Shunday qilib, statistik tahlil intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi.
|
| |