UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR




Download 256,46 Kb.
bet32/34
Sana08.10.2024
Hajmi256,46 Kb.
#273985
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
28.06.2024

UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Sohaga doir adabiyotlarni o‘rganish natijasida quyidagi xulosaga kelindi: kommunikativ kompetensiya ma’lumotlarni almashish, qabul qilish, tahlil qila olish, zaruriy axborotlarni qidirib topish hamda ularda foydalana olish ko‘nikmalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi talaba shaxsining integral sifatidir.
2. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari, pedagogik-psixologik xususiyatlari hamda tarkibiy qismlari o‘rganish natijasida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagicha belgilab olindi: emotsional-diagnostik, kognitiv hamda refleksiv-xulqiy komponentlar.
3. Intensiv ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim degan xulosaga kelindi: talaba shaxsining bilimlilik darajasi, talabaning kreativ fikrlay olish ko‘nikmalariga egalik, aqliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, talabaning individual xususiyatlari, talabaning u yoki bu sabablarga ko‘ra fanni o‘zlashtira olmasligi, talabaning muayyan fanga qiziqishi.
4. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni quyidagi funksiyalariga e’tibor qaratishni taqozo etadi: tolerantlik, kommunikativ, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, prognostik funksiyalar.
5. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining modeli uchta bir-biri bilan bog‘liq bosqichlardan iborat: 1) motivatsion-diagnostik; 2) mazmunli-faoliyatli; 4) natijalarni baholovchi.
6. Tadqiqot ishimizda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni quyidagi pedagogik sharoitlarni aniqlashtirishni talab etadi: talabalarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish; talabalarda konfliktologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ularning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
7. Yakunlovchi tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra respondentlarning 16 nafarida yuqori darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi, 11 nafarida o‘rtacha darajadagi kommunikativ kompetensiyaning rivojlanganligi qayd etildi. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning past darajasi 7 nafar sinaluvchida kuzatildi. Ya’ni tajriba guruhlaridagi o‘rta va yuqori darajadagi respondentlar sonining ortishi hisobiga past darajadagi sinaluvchilar sonining kamayganligi aniqlandi. Shunday qilib, statistik tahlil intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqladi.
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olish lozim.
2. Talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
3. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish lozim.


Download 256,46 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Download 256,46 Kb.