|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 27/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.20243.1.3-jadval
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlari
Mezonlar
|
Ko‘rsatkichlar
|
Emotsional-diagnostik mezon
|
Kommunikativ munosabatlarda shaxsning o‘ziga yo‘nalganligi; muloqotga yo‘nalganligi; faoliyatga yo‘nalganligi hamda intensiv ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda talaba shaxsining individual xususyatlarini hisobga olish
|
Kognitiv mezon
|
Doimiy kommunikativ munosabatlar mazmunida o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini-o‘zi takomilashtirishga intilish; muloqot jarayonida javobgarligini o‘z zimmasiga olish; mas’uliyatini atrofdagilar bilan teng taqsimlash, jamoada o‘zini erkin tutish; tashabbuskorlik hamda o‘z fikrini axloqiy tamoyillar asosida himoya qila olish.
|
Refleksiv-xulqiy mezon
|
Kommunikativ munosabatlarda o‘z-o‘zini nazorat qilish; faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilish, hayotiy va shaxs xususiyatlari bilan bog‘liq qadriyatlarning shakllanganligi.
|
Ajratib ko‘rsatilgan mezonlar va ko‘rsatkichlar asosida talabalarning komunikativ kompetensiyasining rivojlanish darajasiga umumiy tavsif beramiz.
Kommunikativ kompetensiya mazmunini ifodalovchi tarkibiy qismlarning qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan mezonlar asosida (emotsional-diagnostik mezon, kognitiv mezon, refleksiv-xulqiy mezon) darajalari (past,o‘rta,yuqori) shakllantirildi. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish darajasini mazmun jihatidan quyidagicha izohlash mumkin:
Kommunikativ kompetensiyaning yuqori darajasi. Pedagogik muloqot strategiyalaridan yuqori darajada xabardorlik, yuksak axloqiy fazilatlarning rivojlanganligi, pedagogik jamoada axloqiy me’yor va tamoyillarni yuqori darajada anglash hissining mavjudligi; kommunikatsiya va kommunikabillik tushunchalari mazmunini yuqori darajada anglashning mavjudligi.
Kommunikativ kompetensiyaning o‘rta darajasi. Pedagogik faoliyatda axloqiy me’yor va tamoyillarni to‘liq amalga oshirishida qiyinchiliklar mavjudligi, pedagogik jarayonda kommunikativ munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda mavhum, mantiqsiz harakatlarning kuzatilib turishi, kommunikatsiyaga oid bilim ko‘nikmalari to‘liq shakllanmagan va tizimlashtirilmagan; kasbiy muloqot ahamiyatini yetarlicha tushunmaslik; kasbiy-pedagogik muloqot jarayonida axloqiy o‘zini -o‘zi nazorat qilishning individual elementlari shakllanganligi bilan izohlanadi.
Kommunikativ kompetensiyaning past darajasi. Ma’naviy asosda samarali pedagogik munosabatlarni o‘rnatishda doimiy qiyinchiliklarga duch kelish, pedagogik muloqotda axloq normalari va tamoyillar mazmunini noto‘g‘ri anglash, o‘zlashtira olmaslik yoki o‘z foydasiga qo‘pol ravishda moslashtirish; kommunikativlik sohasida bilim, ko‘nikma va tajriba orttirish motivlarining kuzatilmasligi, kasbiy-pedagogik muloqotda o‘zini-o‘zi axloqiy nazorat qilishning sustligi bilan xususiyatlanadi.
|
| |